Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Download 1.59 Mb.
|
26-son konf tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- OYBEKNING “NAVOIY” ROMANI BADIIY QIYMATIDA TARIXIY SO’ZLARNING AHAMIYATI
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:1. Quvvatova D. Keyingi yillar o‘zbek poemachiligining taraqqiyot xususiyatlari// “O‘zbek tili va adabiyoti”, 2009 yil, 6-son, 61-64-b. 2. Hasanov SH. O‘zbek dramatik dostoni. NDA. Samarqand, 1995. –B.21 3. Hasanov SH. Dostonlarda shoir shaxsiyati talqini// “O‘zbek tili va adabiyoti”, 2001, 3-son, 40-b. www.academiascience.uz 43 “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI OYBEKNING “NAVOIY” ROMANI BADIIY QIYMATIDA TARIXIY SO’ZLARNING AHAMIYATISayfiyeva Mohichehra Isroilovna Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani 25 – umumta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada yozuvchi Oybekning “Navoiy” romanida Navoiyning siymosini, insoniy sifatlarini yoritishga qaratilgan bo’lib, asarning tarixiy so’zlariga alohida to’xtalib o’tilgan. Kalit so’zlar: Qofiya, Hoshiya, Shamsiya, Arabiyot, Aqli salim-sog’lom aql. Alisher Navoiy … Bu nom VI asrdan buyon ilm ahlini, san’at ahlini qiziqtirgan va qiziqtirib kelmoqda. O’qigan sari yangidan yangi qirralarini namoyon etayotgan bu mavzu asrlar silsilasida ortda qolmay, yanada mavjlanib bormoqda. Navoiy so’z dahosi, adabiyot dahosi. Uning so’zlari kechagi kun uchun asqotgan, bugun ham asqotmoqda, shubhasiz, ertaga ham asqotadi. Unda qoloq fikrlar, eskirgan jumlalar yo’qligi uchun har bir jumla davr uchun mos va xosdir. Shuning uchun u dunyo ilm ahlini qiziqtirib kelgan. Jumladan, o’zbek ahli adabiyotining zabardast ijodkori Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek Alisher Navoiyni kuchli mehr va ehtirom bilan o’rgandi. 30 –yillarda Navoiy siymosini ijodiy talqin qilish ustida ish boshladi.40 - yillarda roman ustida ishlay boshladi. 42- yilning oxirida yozib tugalladi. Nihoyat, roman hayot chig’iriqlaridan o’tib, 1944- yilda nashr etildi. O’zbek xalqi tarixida XIV – XV asrlar buyuk rivojlanish, yuksak madaniyat, adabiyot va san’atning keng taraqqiy etish asri bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu yuksalishlar negizida Amir Temurning qudratli davlati, Alisher Navoiyning buyuk asarlari mujassam bo’lgan.Oybekning asosiy maqsadi - Navoiyni ulug’ inson, shoir, davlat arbobi sifatida shakllantirib, uning obrazini yaratish. Yozuvchi uchala qirralarini uyg’unlashtirib uning insonparvarliligiga alohida urg’u berdi va shu 46 www.academiascience.uz “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI bo’yoq ostida Navoiy siymosini kitobxonga yetkazdi. Oybek tarixiy shaxslar bilan birga badiiy to’qima obrazlardan foydalanib tarix haqiqatiga suyandi. Shoir va tarjimon A.Naimov Oybekni“Navoiy” romani haqida qilgan suhbatlarini shunday eslaydi: “-Yozishdan avval men qahramonlarimni aniq - tayin ko’rganman, ular mening xayolimda, bir paytlar tarix shudgoriga tashlangan urug’lar o’sib chiqqan edilar. Mening shunday stolim ustida o’rta asrlardagi Hirotning o’zim chizgan xaritasi yotardi. Men Hirotda uyqu og’ushiga ketib, Hirotda uyg’onar edim, faqat kechalarigina men yashayotgan Toshkent tushimga kirardi.” Oybek ulug’ shoirga bag’ishlangan romanini shunday shohi ipaklar bilan tikkanki, bunda adibning tanlagan mavzu va qahramonga bo’lgan muhabbati yaqqol sezilib turibdi. “Biz o’z muhabbatimiz bilan narsalarga go’zallik bag’ishlaymiz”- degan edi mashhur fransuz yozuvchisi Anatol Frans. Shunday ekan, Oybek Navoiyga bo’lgan muhabbati, hurmatini unga bag’ishlagan asarida to’la aks ettirgan. Oybek 16 yil maboynida Navoiy romani ustida ish olib bordi. O’qidi, o’rgandi, izlandi, Navoiy yashagan davrni, Navoiyning botiniy va zohiriy qirralarini kitobxonga to’la - to’kis yetkazishga harakat qildi va bu harakatlari besamar ketmadi. Oybek tarixiy so’zlardan ustamonlik bilan foydalanib o’sha davr ruhini yaratdi. Davr bilan, qahramonlar bilan uyg’unlashtirib Navoiyning falsafiy, madaniy, ma’naviy, qolaversa uning insoniylik xususiyatlarini boshqa navoiyshunoslardan farqli o’laroq katta iste’dod va mahorat bilan ochib berdi. Oybek tarixiy so’zlardan unumli va o’rinli foydalandi. Tarixiy so’zlar o’sha davrning ko’zgusi bo’lib, asarning badiiy qiymatini oshirib turadi. Alisher Navoiyni Navoiy qiyofasida to’laligicha tasavvur va tasvir etgan 47 www.academiascience.uz “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI navoiyshunos olim Oybek maqsadini ado etdi. “Navoiy” romani orqali XIV asrda yashab ijod etgan so’z dahosini kitobxonga mohirlik bilan, hech bir xususiyatini nazardan chetda qoldirmay yetkazdi. Kitobxon uning ijodini mazmunidan hayratda qolsa, chin insoniy sifatlariga tahsinlar o’qiydi.. “Navoiy” romani 37 bobdan tashkil topgan. Har bir bobning tarixiy so’zlari mazmun, mohiyati bilan birgalikda kitobxonga havola etiladi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling