Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.59 Mb.
bet17/71
Sana28.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1237641
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71
Bog'liq
26-son konf tayyor

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR


Ma'lumki, tibbiyot atamalari ilmiy – nazariy va amaliy xulosalar natijasi bo‘lib, ular ifodalanayotgan yoki nomlanayotgan tibbiy hodisalarning mohiyatini juda aniq aks ettirib berishi kerak. Terminologiya va maxsus leksika masalalari bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslar bir necha o‘n yillardan buyon mavjud ilmiy adabiyotlardagi tibbiyot terminologiyasi va maxsus birliklari holati, umuman, ularning lug‘at tarkibidagi vazifasi va o‘rni borasida bahs-munozara olib bormoqdalar. S.M.Velichkova, D.A.Povalyuxina, Ye.N.Maligina, M.Yu.Visoskiy, A.N.Kudryasheva, G.A.Abramova, Ye.V. Pikalova, O.V.Maxinova, V.Ya. Golota tadqiqotlarida ginekologiyaga oid terminlarning turli qirralari yoritilgan.
Tibbiyotning muhim tarmoqlaridan hisoblangan ginekologiya sohasida yangi termin va tushunchalar vujudga kelayotganligi bois shifokor-mutaxassislarning o‘zaro axborot almashishida, ilmiy tadqiqotlarida hamda kundalik muloqot jarayonlarida ularni to‘g‘ri qo‘llay olishlari ham davr talabi ekanligini alohida ta'kidlash lozim bo‘ladi.
Terminologiyada sinonimiya - bu istalmagan hodisa, lekin muqarrar. Terminologik tizimda sinonimlarning mavjudligi uni murakkablashtiradi, ilmiy tushunchalarning toʻgʻri ifodalanishi va tavsiflanishiga yordam bermaydi, bu esa, o‘z navbatida, turli mamlakatlar olimlari o‘rtasidagi muloqotni qiyinlashtiradi, ilmiy monografiyalar, maqolalarni tarjima qilishda muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi. [4]
Shuni ta'kidlash joizki, Abu Ali Ibn Sinoning 1012-1023 yillarda yozilgan tabobatga oid eng yirik shoh asari “Kitob alqonun fi-t-tibb” (“Tib qonunlari”) asarining 3-jildi ginekologiya va akusherlik masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda sohaga oid homiladorlik (bo‘yida bo‘lish), to‘lg‘oq (dard), hayz (oy ko‘rish), sham (dori ko‘tarish) kabi sinonimik termin va tushunchalar keng qo‘llangan.
Shu bilan birga, ginekologiyaga oid termin va tushunchalar sinonimiyasini o‘zbek xalqi og‘zaki ijodi materiallarida ham uchratish mukin. Fikrimizni quyidagi parchalar yaqqol tasdiqlaydi:
“Boybichalarga shunda to‘lg‘oq vaqti yaqin yetdi. Ne kampirlar kelib, tulkini inlatgan toziday bo‘lib, boybichalarni angnib, o‘rtaga olib turibdi. Biylar shu vaqtda
40
www.academiascience.uz
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
ovdan qaytdi. Bu yoqdan farzandlar yer yuziga tushdi. Bir nechalar biylarning oldiga chiqib, suyunchi oldi [2, 60]
“Bibi Hilolning o‘lganiga uch oy, to‘qqiz kun, to‘qqiz soat, to‘qqiz daqiqa o‘tdi. Ravshanbekdan olti oylik gumona qolgan edi. Bibi Hilol o‘lgan bo‘lsa ham, bolasi o‘lmagan ekan. Xudoning rahmati bilan asrovda edi. Shu vaqtda tug‘moqchi bo‘ldi. Momo Havo, Anbar ena, Fotma buvi keldi. Bibi Hilolning o‘ligi go‘rda tebrandi, o‘lik badanini to‘lg‘oq tutdi...” [3, 51]

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling