Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana08.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1755145
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Извлеченные страницы из Gistologiya Zufarov K. 2005

Bosh hujayralar kubsimon'"bulib; "tcitoplazmasida bir tekis tarqalgan kam sonli mitoxondriyalar, 
tcisternalar, vakuolalar va vezikulalardan iborat plastinkasimon kompleks, endoplaz-matik to’rning 
mayda profillari, erkin ribosomalar va poli-somalar uchraydi. 
YON 
yuza membranasida ko’p sonli 
kalta o’sim-talar bo’ladi. 
:
Oraliq (qoramtir) hujayralar oqish hujayralardan ul’t-rastruktur tuzilmalarning ko’pligi bilan 
farqlanadi. Oralik hujayralarda elektron zich gialoplazma kuzatilib, mitoxon-driyalarning soni 
anchagina mo’ldir. Mitoxondriyalarning ko’p son-li kristalari zich joylashadi. Oraliq hujayralarda 
mitoxon-driyalar tcitoplazma bo’ylab deyarli tekis tarqalgan bo’lib, ba’zan hujayra apikal qismnda 
ko’proq uchraydi. Muntazam ravishda tcitoplazmasida silliq devorli vezikula hosil bo’li-shi, ularning 
apikal qismga siljishi oraliq hujayralarga xarakterlidir. Apikal yuza ko’p sonli, noto’g’ri shaklli mikro 
vorsinkalar hosil qilishi mumkin. Bunday holat bosh hujay-ralarda kuzatilmaydi. Bulardan tashqari, 
bir qator oraliq hujayralarda hujayra ichki kanalchasi borligi aniqlangan. Silliq devorli vezikulalar 
shakllanish davrida bu kanalcha aniqlashib, ko’payishi kuzatiladi. Bu hujayralar tuzilishi va faoliyati 
jihatidan me’da bezlarining parietal hujayra-sini eslatadi. 


370 
237- rasm. Buyrax taiachasi va yukstaglomerulyar apparat^tuzilishi (sxema). 
1 - afferent arteriola; 2 -efferent arteriola; 3 - tomirli koptokcha kapillyarlarn; 4 -sh vndoteliy 
hujayrasi; 5 - kapsula ichki varag’ining kapsulasi; 6 - bazal meibrana; 7 - me-vengial hujayra; 8 - 
kapsula bo’shlig’i; 9 - kapsulaning tashqi varag’i; 10 -* nefron distal nayi; II - zich dog’; 12 - 
yukstaglomerulyar hujayralar (endokrinotcitlar); 13 - yukstavas-kulyar hujayralar; 14 -buyrak 
stromzsi (YU. I. Afanas’evdan, 1983). 
Har xil tajribalarda bu ikki a’zo hujayralari bir xil ravishda o’zgaradi. Bu -ular xususiyatlarining bir 
xilligini hamda N+ ionining sekretciyasida ishtirok eti-shini ko’rsatadi. Siydikning atcidifikatciya 
qilinishi (kislota-li sharoitga ega bo’lishi) yig’uv naylarining oraliq hujayralari faoliyati bilan 
bog’liqdir. 


371 
Buyrakning endokrin funktciyasi. Buyrakning endokrin funk-tciyasini bajaruvchi hujayralarida asosan 
ikkita modda - re-nin va prostoglandin hosil bo’ladi. 
Renin buyrakning yukstaglomerulyar apparatida (YUGA) da. hosil bo’lib, u organizmda angiotenzin 
hosil bo’lishini ta’min-laydi. YUGA eritropoetin hosil bo’lishida ham muhim o’rin tutadi. 
(YUkstaglomerulyar apparat quyidagi 4 xil element: 1) buyrak tanachalariga kiruvchi va undan 
chiquvchi arteriolala-ri devorida joylashgan maxsus yukstaglomerulyar (YUG) hujay-ralar; 2) distal 
nayning shu arteriyalar orasida joylashgan qismida mavjud bo’lgan «zich dog’» (macula densa); 3) 
distal nay hamda arteriolalar orasidagi uchburchaksimon maydonda joy-lashgan yukstavaskulyar 
(Gurmagtig) hujayralar va 4) buyrak tanachalari kapillyarlariaro hujayralar - mezangiumlardan tashkil 
topgandir (237-rasm). 
Afferent va efferent arteriolalar devorida joylashuvchi yukstagomerulyar hujayralar arteriolalar 
endoteliysi bazal membranasining ostida, donador mioepitelioid hujayralar ko’rinishida bo’ladi. Bu 
hujayralarning soni faqatgina YUGA funktcional holatiga bog’liq bo’lib qolmasdan, balki hayvon-
larning turiga ham bog’liqdir. Mioepitelioid hujayralar oval shaklida bo’lib, yumaloq yadro va 
tcitoplazmani to’ldirib turuv-chi ko’p sonli organellalarga ega. Bu hujayrada donador endo-plazmatik 
to’r - eng rivojlangan organelladir. Ular yadro atrofida joylashgan bo’ladi. Mioepitelioid hujayraning 
eng spetcifik strukturalari bo’lib renin saqlovchi sekretor donalar hisoblanadi (238-rasm). Etilgan 
sekretor donalar elektron zich bo’lib, elementar qobiqqa o’ralgan. Mioepitelioid hujay-ralarda renin 
ishlab chiqariladi va qon tarkibiga qo’shiladi. Reninning anchagina qismi olib keluvchi arteriolaning 
atrof to’qimasiga - interstitciyga ham o’tib, limfaga quyiladi. Re-nin moddasining ta’siri natijasida 
qon bosimi ortadi. Bun-day ta’sir asosida qondagi angiotenzinogen moddasining renin ta’sirida 
angiotenzin I ga aylanishi va nihoyat u moddaning qon bilan o’pka orqali o’tishi natijasida tomirlarga 
kuchli ta’sir etish xususiyatiga ega bo’lgan angiotenzin I ga aylanishi yotadi. Renin - angiotenzin 
sistemasi tana qon tomirlarigagina emas, balki buyrak qon tomirlariga ham ta’sir qilib, buyrak-da 
fil’tratciya jarayonini va qon aylanish tezligini o’zgartira-Di. Renin va angiotenzin buyrak usti 
bezining gormoni - al’-desteron sintezi va sekretciyaga ta’sir etadi. Distal naylardagi siydik 
tarkibidagi natriy kontcentratciyasining kamayishi o’z 
238-r.asm. Olib keluvchi arteriyaning elektrom mikrofotografiyasi. xYU. 000. 
I I- endoteliy xujayrasi; 2 - mioepitelioid hujayra; a - sekretor donachchlar; 3 - bazal membrana; 4 - 
podotcit hujayra. ' - 


372 
navbatyda endoteliy hujayralari orqali seziladi-da, YUGA ning ish faoliyatini kuchaytiradi. 
YUGAning barcha elementlari nerv oxirlari bilan hamkor-likda buyrak faoliyatining mukammal 
bo’lishini ta’minlab tu-radi. 
YUkstaglomerulyar kompleksning «zich dog’» hujayralaridan iborat tarkibiy qismiga nefron distal 
nayining buyrak tanacha-si arteriolalari orasida Gurmagtig hujayralariga qaragan yuzasida yotuvchi 
qism kiradi. Nefron distal nayi devoridagi hu-jayralarning ul’trastrukturasi solishtirilganda «zich 
dog’» hujayralarining o’ziga xos tomonlari yaqqol namoyon bo’ladi. Bunda macula densa hujayralari 
bo’ychan tcilindrsimon bo’lib, tcitoplazmasining matriksi zich, yadrolari hujayraning o’rtasi-da 
yotadi, Gol’ji kompleksining inversiyasi kuzatiladi. Distal nayning odatdagi hujayralarida bu 
organella hujayralarning apikal qismida yotsa, «zich dog’» hujayralarida yadro ostida hujayra bazal 
qismida joylashadi. «Zich dog’» hujayralarining yana bir muhim farqlaridan biri - hujayraning tubida 
bazal plazmolemmaning ko’p sonli burmalarining yo’qligidir. Macula densa ning bazal membranasi 
nihoyatda yupqadir, shuning uchun boshqa hujayralar bilan uning kontakti ancha engil bo’lsa ke-rak. 
Ko’pnncha, Gurmagtig hujaGfalari orasida yotuvchi bazal 
tcitoplazmatik o’simtalar ham uchrab turadi. Bazal membrana bu o’simtalarni o’rab turadi. 
SHunday qilib, «zich dog’» hujayralari distal nayning odat-dagi hujayralaridan o’ziga xos bir qator 
muhim tomonlari bilan ajralib turadi. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling