Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana08.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1755145
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Извлеченные страницы из Gistologiya Zufarov K. 2005

SIYDIK CHIQARUV YO’LLARI 
Siydik chiqaruv yo’llari buyraklarda uzluksiz hosil bo’lib^ turadigan siydikni tashqi muhitga chiqarib 
turadi. Siydik chi-qaruv yo’llariga buyrak kosachalari va jomchalari, siydik nayi, siydik pufagi 
(qovuq) va tashqi siydik chiqaruv yo’li kiradi. 
Buyrak kosachalari va jomchalari, siydik nayi va qovuqning umumiy tuzilishi o’xshash bo’lib, ularda 
4 pardani farq qilnsh. mumkin: shilliq, shilliq osti, mushak va adventitciya. Buyrak kosachalarida bir 
qavatli epiteliy asta-sekin ko’p qavatli: o’zgaruvchan epiteliyga almashadi. Buyrak jomlarini siydik 
nayining buyrak ichida joylashgan qismi deb qarash mumkin. U ham boshqa siydik yo’llari kabi ko’p 
qavatli o’zgaruvchan epite-liy bilan qoplangan. Epiteliy ostida siyrak tolali birikti-ruvchi to’qimadan 
iborat shilliq pardaning xususiy qavati yotib, u shilliq osti pardada davom etadi. SHuni qayd qilish 
kerakki, "siydik chiqaruv yo’llarining hamma qismlarida shilliq parda-ning mushak plastinkasi 
bo’lmagani uchun shilliq pardaning xu-susiy 
qavati va shilliq osti pardasi orasida aniq 


375 
chegara yo’q. Mushak parda jomlarda 2 qavat: ichki - bo’ylama, tashqi - aylana bo’lib joylashgan 
silliq mushak hujayralaridan iborat... Buyrak so’rg’ichlari sohasida faqat aylana joylashgan mushak. 
tutamlari bo’lib, ularning qisqarishi siydikni piramidadan-ajralib chiqishiga yordam beradi. 
SIIDIK NAYLARI 
Siydik naylarida shilliq, shilliq osti, mushak va adventi-tciya pardalari aniq ajraladi (239-rasm). 
SHilliq pardada o’z-garuvchan epiteliy bilan qoplangan bo’lib, unda bo’ylama joy-lashgan burmalar 
bo’ladi. Burmalar siydik nayi kengaygan-vaqtda tekislanadi. Siydik nayining pastki qismida, siyrak, 
biriktiruvchi to’qimadan iborat shilliq osti pardasida prostata beziga o’xshash tarmoqlangan bezchalar 
bo’ladi. Siydik nayishshg mushak parda.si yuqorida ikki, pastki qismida esa uchta qatlam joylashgan 
silliq mushak tolalaridan iborat. Mushak tutamla-ri ichki va tashqi qatlami bo’ylama, o’rtada esa 
aylanma yo’na-lishga ega. Siydik nayining siydik pufagi devorida joylashgan qismida mushak parda 
faqat bo’ylama mushaklardan iborat. Bu mushaklarning qisqarishi qovuq mushaklarining holatidan 
qat’-iy nazar, siydik nayining teshigini ochib, siydikning pufakka o’tishini ta’minlaydi. Siydik 
nayining adventitciya pardasi; atrofdagi to’qimalar bilan qo’shilib ketadi. 
QOVUQ 
Qovuqning shilliq pardasi o’zgaruvchan epiteliy va siyrak-tolali shakllanmagan biriktiruvchi 
to’qimali xususiy qatlam-dan iborat (240-rasm). Biriktiruvchi to’qimali qatlam qon va 
239- rasm. 32-29 Siydik nayining ko’ndalang kesimi. x26. 
1 - nay bo’shlig’i; 2 - o’zgaruvchan epiteliy; 3 - biriktiruvchi to’qima; 4 - sslliq mushak hu-jayralari; 
5 - qon tomir va sg’to’qima tutgan snyrak biriktiruvchi to’qima. 
32-30. 32-29 dagi kvadratiing kattalashtirilgan ko’rinishi. Siydik nayining 
elektron mikrofotogrammasi. x1860. 
I - bo’shliq; 2 - o’zgaruvchan epiteliy hujayralarining yadrosi; 3 - biriktiruvchi to’qima: 
4 - kapillyar bo’shlig’i; 5 - kollagen tolalar tutami. 6-fibroblastlar; 7 - si-gliq mushak 
hujayralarining yadrolari; 3 -mushak parda kapillyarining bo’shlig’i; 9 -mielinsiz nervlar; 
10 - arteriolalar; 11 - venulalar; 12 - semiz hujayra (Rodindash. 
limfa tomirlariga boy. Mayda qon tomirlar epiteliyga juda yaqin yotadi. Qovuq shilliq pardasi siydik 


376 
yo’q vaqtda burmalar hosil qilib, bu burmalar qovuq siydikka to’lganda tekislanadi. Qovuqning 
uchburchak sohasining shilliq pardasida burmalar bo’lmaydi. Bu sohada shilliq osti pardasi yo’q 
bo’lib shilliq pardaning xususiy qavati mushak parda bilan birlashib ketadi. Bu sohada siydik nayining 
pastki qismidagi bezlarga o’xshash bezlar joylashgan. Qovuqning boshqa qismlarida shilliq parda 
240-rasm. Qovuqning yuqori qismch. Gematoksilin-eezin bilan bo’yalgan. 
06. 3, 5, ok, 10. 
1 - shilliq parda; 2 - o’zgaruvchan epiteliy; 3 - xususiy qatlam; 4 - shilliq osti pardasi; 5- 
mushakparda; a - ichki buylama qasat; b - o’rta ko’ndalang va tashqi bo’ylama mushaklar. 
ostida siyrak biriktiruvchi to’qimadan iborat shilliq osti parda joylashadi. 
Qovuq mushak pardasi ichki, tashqi qatlami bo’ylama va o’r-ta-aylanma yo’nalgan mushak 
hujayralaridan iborat. Qovuqning tashqi siydik chiqaruv yo’liga davom etish qismida (qovuqning 
bo’yin qismi) aylana joylashgan mushak tutamlari sfinkter hosil qiladi. Mushak tutamlarini o’rab 
turuvchi biriktiruvchi to’qima qatlamlari qovuqning tashqi adventitciya pardasiga, qo-vuqning tub 
qismida esa seroz qavatga o’tib ketadi. Qovuqning tub qismi seroz parda bilan o’ralgan. 
Qovuq simpatik, parasimpatik va spinal (sezuvchi) nervlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari
qovuqda ko’p miqdorda 
nerv tugunchalari va nerv sistemasinnng neyronlari topilgan. Bu neyronlar, ayniqsa, siydik 
naylarining qovuqqa quyilish erida ko’p bo’ladi. Bundan tashqari, qovuqning seroz, mushak va shilliq 
pardalarida ko’p miqdorda retceptor nerv oxirlari ham uchraydi. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling