Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana08.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1755145
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Извлеченные страницы из Gistologiya Zufarov K. 2005

Gurmagtig (lacis polkissen) hujayralari glomerulyar arterio-lalar va macula densa orasida hosil 
bo’luvchi konussimon may-donda yotadi. Bu hujayralar mezangial hujayralarga tegib yotadi. 
SHunday qilib, Gurmagtig hujayralari bir vaqtning o’zida yukstaglomerulyar kompleksning barcha 
hujayralari bilan kontaktda bo’luvchi, ularni o’zaro birlashtiruvchi yagona kompo-nentdir. 
Gurmagtig hujayralari uzunchoq bo’lib, yadrosi yirik va cho’-ziqdir. Kam sonli organellalari 
tcitoplazmasida tekis tarqal-gan. Hujayralar orasida bazal membrana strukturasiga ega bo’lgan modda 
qatlamlari yotadi. Bu hujayralarning ul’trast-rukturasini o’rganish ularning topografik, genetik va 
funktcio-nal jihatdan mezangial hujayralarga yaqinligini ko’rsa-tadi. 
Mezangial hujayralar kapillyarlar to’rlar aro joylashgan bo’lib, Gurmagtig hujayralari bilan birgalikda 
tomirli chi-galni ushlab turuvchi o’zakni hosil qiladi. Bu hujayra yadrosi-ning qobig’ida ko’p sonli 
invaginatciyalar bo’lganligi sababli, u noto’g’ri shakldadir. Mitoxondriyalarning shakli oval, ular ko’p 
hollarda yadro ustida yotadi. Gol’ji kompleksi yaxshi rivojlan-gan bo’lib, ko’p sonli tcisternalar, 
vezikulalar va vakuolalar-dan iboratdir. Donador retikulum tcitoplazma bo’ylab bir tekis tarqalgan. 
Mezangial hujayralarning o’simtalarida ko’pgina ribosomalar, yakka-yakka mitoxondriyalar va 
vakuolalar yotadi. Uning’ har xil tanachalarni qon tarkibidan fagotcitoz qilish qobiliyati, buzuvchi 
agent ta’sirotkga kollagen hosil qilish bilan javob berish kabi xususiyatlari o’rganilgan. 
Prostaglandin ishlovchi hujayralar buyrakda bir necha xil bo’lib, ularning ichida interstitcial 
hujayralar alo-hida o’rin tutadi. Bu hujayralar tanasi cho’zilgan, undan bir necha o’siqlar chiqib, bu 
o’siqlarning bir qismi nefron qovuzlog’i naychalarini o’rasa, boshqalari qon tomir kapillyarlarini 
o’ray-di. Interstitcial hujayralarning tcitoplazmasi yaxshi rivoj-langan hujayra organellalarini va lipid 
(osmiofil) donalarni tutadi. Bu hujayralarda ishlangan prostoglandin antipertenziv ta’sir ko’rsatadi, 
ya’ni qon bosimni pasaytiradi. 
SHunday qilib, buyrakda bir necha xil endokrin hujayralar bo’lib, ular umumiy va buyrakdagi qon 
bosimni boshqaradi va shu yo’l bilan siydik hosil bo’lishga ta’sir qiladi. 
Buyrakda qon aylanishi. Buyrak qon bilan intensiv ta’min-langan organlar qatoriga kiradi. Buning 
uchun yurakdan bir minut davomida o’tgan qon hajmining choragi buyrak orqadi o’tishini aytish 
kifoyadir. Bir sutkada bu «chorak» ming litrni tashkil etadi. 
Buyrak arteriyasi qorin aortasidan ajraladi. U buyrak darvozasidan kirib, mayda arteriyalar-
bo’laklararo arteriya-larga (arteria inferlcbularis) tarqaladi. Buyraklararo arte-riyalar piramidalar 
orasidan o’tib borib, po’stloq va mag’iz modda chegarasida bo’linib, vy arteriyani (a. arcuata) tashkil 
qiladi. 
YOY 
arteriya buyrak yuzasiga parallel yotadi va po’stloq hamda miya moddalariga mayda 
tarmoqchalar beradi. Bu arteriya-lar po’stloq 
moddada 
bo’lakchalararo 
arteriya 
(a. 


373 
interlobularis) ho-sil qilsa, mag’iz qismida to’g’ri arteriya (a. recta) nomi bilan yuritiladi. 
Interlobulyar arteriyalardan buyrak tanachalariga qon olib keluvchi tomirlar (vas afferens) boshlanadi. 
Har bir qon olib keluvchi arteriya o’zaro anastomoz hosil qiluvchi kapil-lyarlarga bo’linib so’ngra, 
ular qon olib ketuvchi tomirni (vas efferens) tashkil etadi (232-rasmga q.). Bu arteriolaning dia-metri 
olib keluvchi arteriolaning diametridan ikki marta ki-chiqroqdir. SHunday qilib, qon kapillyarlar 
tugunchasi (buyrak koptokchasi) sistemasida ikkita xususiylikni ko’rish mumkin: 1) tuguncha 
kapillyarlari yig’ilib, venulani hosil qilmaydi. balki arteriolani hosil qiladi, ya’ni kapillyarlar ikki arte-
riolalar orasida joylashadi. Kapillyarlarning bunday o’ziga xos joylashishiga ajoyib to’r deyiladi (rete 
mirabile) 2) olib chiquvchi arteriolaning diametri kichik bo’ladi. Bu holat tugun kapillyarlarida qon 
bosimni oshishga olib keladi va intensiv fil’tratciya bo’lishini ta’minlaydi. 
Olib ketuvchi arteriola yana ikkinchi marta kapillyarlarga tarmoqlanadi va po’stloq hamda miya 
zonasida buyrak kanalcha-larini o’rab oziqlantiradi. So’ngra kapillyarlar qo’shilib, yul-duzsimon 
venoz sinuslarni hosil qiladi. Bu sinuslardan bo’lak-chalararo venalar boshlanadi. Ular birikib yoy 
venalarini ho-sil qiladi. Bulardan boshlangan bo’laklararo venalar buyrak venasiga quyiladi. 
YOY 
arteriyasidan mag’iz qismiga borgan to’g’ri arteriyalar kapillyarlarga bo’linib, mag’iz qism va 
so’rg’ichda joylashgan kanallarni o’raydi. SHu erda kapillyarlar venulalarga aylana-di va to’g’ri 
venalarni hosil qiladi. Bular esa yoy venalariga borib quyiladi. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling