Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana08.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1755145
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Извлеченные страницы из Gistologiya Zufarov K. 2005

YUkstamedullyar nefron tanachalari ma’lum darajada o’ziga xos tuzilishga ega. U barcha buyrak 
kanalchalarining o’rtacha 15-20% ini tashkil etadi. Bu tanachalarda olib ketuvchi arte-riolalar 
diametri olib keluvchilarga nisbatan bir oz kattadir. Olib ketuvchi arteriolalar o’zaro anastomoz hosil 
qiladi va piramidalar orasiga kiradi, so’ngra venoz tomirlariga quyila-di. Bundan tashqari, bu 
tanachalarda olib keluvchi va olib ke-tuvchi tomirlar orasida anastomozlar mavjud. YUkstamedullyar 
tanachalar faqatgina fil’tratciya apparati hisoblanmasdan balki drenaj sistemasi sifatida ham xizmat 
qiladi. 
Nefronning gistofiziologiyasi. Hozirgi davrda buyrakda eiydik ajralishi haqidagi keng tarqalgan 
nazariyalardan biri fil’tratcion-rezorbtcion nazariyadir. Bu nazariyaga muvofiq 
buyrak tanachasidagi kapillyarlarda oquvchi qondan tanacha kap-sulasining bo’shlig’iga qon 
plazmasining barcha tarkibiy qism* lari fil’trlanadi. Bu tarkib mikropipetka yordamida tanacha 
kapsulasi punktciya qilinib, so’ngra ul’trafil’tratni mikroxi-miyaviy tekshirish o’tkazish orqali 
aniqlangan. Bunday qon plaz-masining ul’trafil’trati birlamchi siydik deb nomlanadi. 
Bir sutkada odamning har bir buyragida 100 litrgacha bir-lamchi siydik hosil bo’ladi. Fil’tratciya 
jarayonida plazmaning barcha tarkibiy qismlari kapillyarlarning endoteliy va podo-tcit 
hujayralarining orasida yotuvchi uch qavatli bazal membra-nalardan o’tib, podotcitlarning o’simtalari 
orasidagi tirqish-simon yoriqlarga tushadi. SHunday qilib, qon va kapsulalarara fil’tratcion bar’er 
rolini kapillyarlarning endoteliy hujay-ralari, 3 qavatli bazal membrana, kapsula ichki varag’ining 
pobotcit hujayralari tashkil qiladi. Siydik fil’tratciya bo’li-shida buyrak tanachasidagi qonning yuqori 
bosimi (70-90 mm simob ustuni) hal qiluvchi omildir. Bu bosim olib keluvchi va olib ketuvchi 
arteriolalar diametrining turli xilda bo’lishi-dan kelib chiqqandir. Qon bosimi 40-50 mm simob 
ustunidan pasaysa, buyrak tanachasidagi fil’tratciya to’xtab, birlamchi siydik hosil bo’lmaydi. 
SHuning uchun bosimlari past bo’lga» buyrak tanachasida (yukstamedulyar zonada) birlamchi siydik 
hosil bo’lishi po’stloq nefron zonalariga nisbatan sustdir. Bir-lamchi siydik buyrak tanachasining 
kapsula bo’shlig’idan nefron-ning quyi qismlarigacha oqib o’tadi. 
Bu naylarda birlamchi siydik jiddiy o’zgarishlarga uchrab, ikkilamchi siydikka aylanadi. Siydik 
naylarida qaytadan ko’p miqdorda suv, oqsil, glyukoza, tuz ionlari so’riladi. Suvning ko’p miqdori 
qayta so’rilgani uchun ikkilamchi siydikning miq-dori 1,5 litrga kelib qoladi. Buning natijasida siydik 
kon-tcentratciyasi oshadi (masalan, mochevina 70 marta, ammiak 40" marta oshadi). Nefronning 
proksimal bo’limida suv, oqsil, glyukoza va boshqa moddalarning asosiy qismi (50%) aktiv so’rila 
boshlanadi (obligat reabsorbtciya). Nefronning ingichka bo’limida suv bilan bir qatorda ba’zi bir 
tuzlar so’rilsa, distal bo’limda asosan suv va 
natriy so’riladi (fakul’tativ reabsorbtciya). 


374 
Proksimal va distal kanalchalardagi obligat va fakul’ta-tiv reabsorbtciya orasidagi son va sifat farqlari 
ularning struktur va gistofermentativ har xilligi bilan ta’minlanadi. So’rilishning asosiy qismi 
proksimal bo’lim hujayralarining apikal yuzasidagi, uning maydonini kengaytiruvchi mikrovor-
sinkalar hisobiga bo’ladi. Mikrovorsinkalar hisobiga kengay-gan proksimal kanalchalarning jami 
maydoni odamning buyra-gida 50 m
2
ga yaqindir. 
SHunday qilib, buyraklarda siydikning hosil bo’lishi ikk» bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda 
siydikning ul’trafil’tra-TCiyasi buyrak tanachalarida ro’y beradi. Ikkinchi bosqich nefron-
kanallaridagi rezorbtciyani va sekretciyani o’z ichiga oladi. Fa- 
kul’tativ rezorbtciya jarayoniga gipofizning antidiuretik gir-moni bilan buyrak usti bezining po’stloq 
moddasida ishlab chiqariluvchi aldosteronning ta’siri kattadir. 
Qonga buyrak tanachasi devoridan fil’trlanmaydigan ba’zi bir kolloid bo’yoqlar kiritilsa, ular siydik 
tarkibida paydo bo’ladi. Mikropunktciya va gistologik tekshirishlar yordamida bunday bo’yoq 
moddalarning kapsula ichidagi suyuqlikda bo’lmas-ligi, lekin nefron naylaridagi suyuqlikda va nay 
hujayrasida ularning bo’lishligi aniqlangan. SHu asosdan nefron naylari epiteliylari faqatgina 
ikkilamchi siydik mahsulotlarini re-absorbtciya qilib qolmay, balki sekretor faoliyatga ham ega deb 
xulosa chiqarish mumkin. 
Naylarda yuz bergan sekretciya shu bo’lim epiteliysining mod-da almashinuvi jarayonidagi aktiv 
faoliyatining natijasidir. Ba’zi bir sudralib yuruvchilarda va qushlarda nay sekretciyasi siydik hosil 
bo’lishida etakchi rol’ o’ynaydi. YUqori tabaqa hayvonlarda va odamda siydik hosil bo’lishida kanal 
sekretciya-sining ahamiyati kam. Ammo kanallarning sekretor faoliyati orqali buyrak tanachalarida 
fil’trlanmaydigan moddalar or-ganizmdan tashqariga chiqariladi. Bundan tashqari, qonda ba’zi bir 
moddalarning miqdori haddan tashqari ko’paysa ham (masa-lan, mochevina) u moddalar kanal 
hujayralaridan sekretciya bo’la boshlaydi. Bu esa nefron nayi sekretciyasining siydik ho-sil bo’lishida 
rezerv omillardan biri sifatida xizmat qili-shini ko’rsatadi. 
Buyrakning yoshga qarab o’zgarishi. Tekshirishlar postembrio-nal davrda buyrakda ancha 
o’zgarishlar bo’lib o’tishini ko’rsatadi. Po’stloq moddaning qalinligi yangi tug’ilgan buyrakning 20-
25% ini tashkil etsa, voyaga etgan vaqtda 1/2, va 1/3 qismini tashkil etadi. Ammo bu davrda buyrak 
massasining ko’payishi yangi nefron-lar hosil bo’lishi bilan bormay, balki mavjud neyronlarning 
o’sishi va differentciallanish hisobiga bo’ladi. YAngi tug’ilganlar-da proksimal naychaning qalinligi 
18-36 mkm bo’lsa, voyaga etgan organizmda 40-60 mkm dir. 
YOSH 
oshib borgan sari neyronning 
uzunligi o’zgarib boradi, ya’ni uzayadi. Qarilarning buyrakla-rida sklerozga uchragan neyronlar ham 
bo’ladi. Bu davrda buy-rak hujayralarining proliferativ aktivligi susayib, mitotik bo’linish deyarli 
bo’lmaydi. 
Innervatciyasi. Buyrak simpatik va parasimpatik nervlar bilan va orqa miyaning orqa ildizchasi - 
afferent nerv tolala-ri bilan ta’minlanadi. Nervlar buyrakka, asosan, tomirlar bilan kirib, nerv oxirlari 
barcha katta-kichik arteriya, vena, arteriola va venulalarning hamma qavatlarida joylashadi. Ham 
simpatik, ham parasimpatik nerv oxirlari endoteliy ostidagi bazal membrana ostida tarmoqlanadi. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling