Ilmiy izlanuvchining metodologik madaniyati
Download 235.56 Kb.
|
ILMIY IZLANUVCHINING METODOLOGIK MADANIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy bilish metodlari
Ilmiy tadqiqot bosqichlarini tavsiflash va analizdan o’tkazish, hozirgi zamon kompyuterlashtirilgan fanining tilini analizdan o’tkazish, ilmiy tadqiqotning alohida tartibi va usullarini qo’llash mumkin bo’lgan sohalarni aniqlash ham ilmiy bilish metodologiyasining vakolatlari jumlasiga kiradi. Fan bu o’sib boruvchi bilim tizimi bo’lib, quyidagi komponentlarni o’z ichiga oladi: ilmiy faktlar, maxsus ilmiy tushunchalar, atamalar va sxemalar, g’oyalar, gipotezalar va nazariyalar, shuningdek, fan qonunlari va ilmiy bilish metodlari.
Eksperiment va tajriba — ob’ektni va uning xulq - atvorini kuzatishni zarur komponent sifatida o’z ichiga oluvchi, ammo ob’ektning belgilari, tuzilishi va funksiyalarini o’rganish maqsadida unga faol ta’sir ko’rsatishni nazarda tutuvchi ilmiy bilish metodlari. Tajriba va eksperimentlar jarayonida olimlar eksperimental moslamalarda ilmiy tadqiqot maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur shart -sharoitlarni ongli ravishda yaratadi, modellashtiradi, o’rganilayotgan hodisaning oqimini o’zgartiradi va mazkur tajriba uchun zarur yo’nalishga buradi. Eksperiment jarayonida ob’ektning mavjudlik shart- sharoitlari faol o’zgarib boradi. Download 235.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling