Insonning faoliyati bir qolipga tushib qolgan, bir yoqlama xususiyat kasb etgan joyda ijodga o’rin ham bo’lmaydi. Inson o’z ishiga, o’z kasbiga butun qalbini, iste’dodini, qobiliyatini baxsh etgan, odamlarga imkon qadar ko’proq foyda keltirishga intilgan joyda esa, aksincha, ijodiy, norasmiy, ilhom bilan yonda shish hollariga duch kelamiz. Ijodkor shaxs g’ayrat shijoat, bilan ba’zan dam olish va uyquni unutib, o’zi haqida, o’zining foydasi va manfaati haqida emas, boshqalar, o’z iste’dodi va ijodini kimga baxshida etayotgan bo’lsa, usha odamlar xaqida o’ylab ijod qiladi. - Insonning faoliyati bir qolipga tushib qolgan, bir yoqlama xususiyat kasb etgan joyda ijodga o’rin ham bo’lmaydi. Inson o’z ishiga, o’z kasbiga butun qalbini, iste’dodini, qobiliyatini baxsh etgan, odamlarga imkon qadar ko’proq foyda keltirishga intilgan joyda esa, aksincha, ijodiy, norasmiy, ilhom bilan yonda shish hollariga duch kelamiz. Ijodkor shaxs g’ayrat shijoat, bilan ba’zan dam olish va uyquni unutib, o’zi haqida, o’zining foydasi va manfaati haqida emas, boshqalar, o’z iste’dodi va ijodini kimga baxshida etayotgan bo’lsa, usha odamlar xaqida o’ylab ijod qiladi.
- Insonning tabiatni bilish jarayonida, biluvchi sub’ekt tabiatning jozibali, sirli, jumboqli, ba’zan hatto xavfli kuchlari bilan yakkama -yakka qolganida odamlarning ijodiy qobiliyatlari, ayniqsa, yorqin namoyon bo’ladi. Bilish jarayonidagi ijodda insonning barcha ma’naviy kuchlari: ong, aql idrok, tasavvur, fantaziyalar, xotira, intuitsiya, sog’lom fikr va hayotiy tajriba bevosita faol ishtirok etadi.
Metodologiya bu fanda foydalaniladigan bilish vositalari, usullarining majmui, shuningdek, fanning ijodiy bilish va amaliy o’zgartirish faoliyatini tashkil etish vositalari, shart sharoitlari va prinsiplarini o’rganuvchi ilmiy falsafiy bilim sohasidir. Ilmiy bilish ob’ektiv voqelik olamini mexanika, fizika, astronomiya, kimyo, biologiya, ijtimoiy bilish qonunlari ko’rinishida ijodiy yaratadi. - Metodologiya bu fanda foydalaniladigan bilish vositalari, usullarining majmui, shuningdek, fanning ijodiy bilish va amaliy o’zgartirish faoliyatini tashkil etish vositalari, shart sharoitlari va prinsiplarini o’rganuvchi ilmiy falsafiy bilim sohasidir. Ilmiy bilish ob’ektiv voqelik olamini mexanika, fizika, astronomiya, kimyo, biologiya, ijtimoiy bilish qonunlari ko’rinishida ijodiy yaratadi.
- Fan metodologiyasi va mantig’i yangi bilim olish shartlari va usullarini o’rganadi. Fan metodologiyasi (epistemologiyasi) bu yangi bilim tuzish prinsiplari va bunday bilimni olish usullarining falsafiy analizi, ilmiy bilishning umumiy va maxsus metodlari tizimidir. Fan metodologiyasi ilmiy ijod uchun, yangi haqqoniy bilimni ongli ravishda va izchil olish uchun zarur bo’lgan ilmiy bilish apparati, mexanizmining asoslarini ishlab chiqishni o’z oldiga maqsad qilib ko’yadi. Fan metodologiyasi va epistemologiyasi u yoki bu jamiyatdagi dunyoqarash, fanning gnoseologik, etik, xatto estetik qoidalari va an’analari asosiga quriladi.
- Hozirgi zamon fan metodologiyasi va epistemologiyasi ilmiy bilishning tabiatini, uning genezisini, tarixini va hozirgi holatini, ilmiy bilishning haqqoniyligi asoslari va mezonlarini o’rganadi. Uchinchi to’lkin silivizatsiyasi hozirgi zamon postmodernistik falsafasining har bir yo’nalishi o’z epistemologiyasiga ega, ammo hozirgi zamon ssiyentistik yunalishlari (neopozitivizm, germenevtika, tanqidiy ratsionalizm, neorealizm, fan falsafasi)da epistemologik tadqiqotlarning ahamiyati antissiyentistik yo’nalishlar (ekzistensializm, falsafiy antropologiya va boshqalar)dagidan ancha kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |