Ilmiy izlanuvchining metodologik madaniyati
Download 39.5 Kb.
|
ILMIY IZLANUVCHINING METODOLOGIK MADANIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodologiya
- Fan metodologiyasi (epistemologiyasi)
Metod va metodologiya
Olimlar va tadqiqotchilar o’z ilmiy ijodida juda ko’p ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Metod - bu bilimga erishish usuli, olimning ma’lum tarzda tartibga solingan, ongli va izchil faoliyatidir. Grekchadan so’zma so’z tarjimada «metod» biror narsaga olib boradigan yo’lni anglatadi. Metod bilish usuli sifatida o’rganilayotgan ob’ektning jixatlari va xossalarini laboratoriyada, ilmiy tadqiqot moslamasida, sinov stendida, shuningdek, tadqiqotchining miyasida aks ettirish usulidir. Ilmiy bilishning epistemologiyasi va metodologiyasi ilmiy bilishning zarur sharti sifatida ilmiy asoslangan metodlardan tadqiqotchilik faoliyatida ongli ravishda foydalanishga xizmat kiladi. Metodologiya bu fanda foydalaniladigan bilish vositalari, usullarining majmui, shuningdek, fanning ijodiy bilish va amaliy o’zgartirish faoliyatini tashkil etish vositalari, shart sharoitlari va prinsiplarini o’rganuvchi ilmiy falsafiy bilim sohasidir. Ilmiy bilish ob’ektiv voqelik olamini mexanika, fizika, astronomiya, kimyo, biologiya, ijtimoiy bilish qonunlari ko’rinishida ijodiy yaratadi. Fan metodologiyasi va mantig’i yangi bilim olish shartlari va usullarini o’rganadi. Fan metodologiyasi (epistemologiyasi) bu yangi bilim tuzish prinsiplari va bunday bilimni olish usullarining falsafiy analizi, ilmiy bilishning umumiy va maxsus metodlari tizimidir. Fan metodologiyasi ilmiy ijod uchun, yangi haqqoniy bilimni ongli ravishda va izchil olish uchun zarur bo’lgan ilmiy bilish apparati, mexanizmining asoslarini ishlab chiqishni o’z oldiga maqsad qilib ko’yadi. Fan metodologiyasi va epistemologiyasi u yoki bu jamiyatdagi dunyoqarash, fanning gnoseologik, etik, xatto estetik qoidalari va an’analari asosiga quriladi. Hozirgi zamon fan metodologiyasi va epistemologiyasi ilmiy bilishning tabiatini, uning genezisini, tarixini va hozirgi holatini, ilmiy bilishning haqqoniyligi asoslari va mezonlarini o’rganadi. Uchinchi to’lkin silivizatsiyasi hozirgi zamon postmodernistik falsafasining har bir yo’nalishi o’z epistemologiyasiga ega, ammo hozirgi zamon ssiyentistik yunalishlari (neopozitivizm, germenevtika, tanqidiy ratsionalizm, neorealizm, fan falsafasi)da epistemologik tadqiqotlarning ahamiyati antissiyentistik yo’nalishlar (ekzistensializm, falsafiy antropologiya va boshqalar)dagidan ancha kattadir. Download 39.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling