Ilmiy izlanuvchining metodologik madaniyati


Download 39.5 Kb.
bet5/9
Sana21.04.2023
Hajmi39.5 Kb.
#1371684
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ILMIY IZLANUVCHINING METODOLOGIK MADANIYATI

Kuzatish - bu bilishning shunday bir metodiki, bunda sub’ekt (tadqiqotchi) ob’ektning tuzilishi va rivojlanishiga aralashmaydi. U tadqiqot ob’ekti mavjud bo’lgan sharoitlarni o’zgartirmaydi, chunki unga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Asboblar, ilmiy moslamalar va mexanizmlar olimlarga ularning kuzatishlarida yordam beradi hamda ehtimol tutilgan kuzatishlar doirasini kengaytiradi, masalan, infraqizil teleskoplar va radioteleskoplar yordamida astrofizik olimlar yulduzli osmonni nafaqat ko’rinadigan holatda, balki elektromagnit to’lqinlar doirasining infraqizil va radio chastotali sohalarida ham ko’rishga muvaffaq bo’ldilar.
Kuzatishning ilmiy bilish metodi sifatida afzalligi shundaki, u o’rganilayotgan hodisaning ancha ob’ektiv manzarasini berishi mumkin. Ilmiy kuzatish bu chinakam ijod, haqiqiy mahorat va san’atdir, zotan, kuzatish ob’ekti o’zining barcha xossalari va sirlarini kuzatuvchiga oshkor etishga intilmaydi. SHuning uchun ham olim kuzatish jarayonida yangi, qiziqarli va hali bilinmagan narsani ko’rish uchun o’z aql idroki, xotirasi, intuitsiyasi va sezgisining bor ijodiy imkoniyatlarini safarbar etadi. Har bir fanda ob’ekt haqida imkon qadar ko’proq haqqoniy ma’lumotlar va faktlar to’plash uchun o’z kuzatish metodlari ishlab chiqiladi. Kuzatish jarayonida olimning faoliyati ikki yoqlama xususiyat kasb etadi: u ob’ektga nisbatan pas­siv, kuzatish jarayonini tashkil etish, buning uchun muvofiq shart sharoitlar yaratishga nisbatan esa faol, ijodiy bo’ladi.
Eksperiment va tajriba — ob’ektni va uning xulq - atvorini kuzatishni zarur komponent sifatida o’z ichiga oluvchi, ammo ob’ektning belgilari, tuzilishi va funksiyalarini o’rganish maqsadida unga faol ta’sir ko’rsatishni nazarda tutuvchi ilmiy bilish metodlari. Tajriba va eksperimentlar jarayonida olim­lar eksperimental moslamalarda ilmiy tadqiqot maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur shart -sharoitlarni ongli ravishda yaratadi, modellashtiradi, o’rganilayotgan hodisaning oqimini o’zgartiradi va mazkur tajriba uchun zarur yo’nalishga buradi. Eksperiment jarayonida ob’ektning mavjudlik shart- sharoitlari faol o’zgarib boradi.
Eksperiment tadqiqotchiga bilish uchun kuzatishga qaraganda kengroq imkoniyatlar ochadi. Olimlar eksperiment o’tkazib, ob’ektga dadil va ijodiy yondashib, tajriba ob’ektini teran tushunib yetadi, uning xossalarini va ob’ekt mavjud bo’lgan muhitni o’zgartiradi.
Kuzatishlar, tajribalar va eksperimentlar jarayonida olingan ob’ekt xaqida ma’lumotlar puxta qayta ishlanadi va saralab olinadi, shundan so’ng olingan ma’lumotlarni tavsiflash bosqichi boshlanadi. Olingan empirik axborotni tavsiflash bu ilmiy ijodning o’ta mas’uliyatli va qiziqarli bosqichidir. Xo’sh, ob’ektning xossalarini qanday tavsiflash, tavsiflashga qanday yondashish kerak, tavsiflashda tadqiqotchi qaysi mezonlarga tayanadi? Bu yerda olimning ijodiy faolligi, fikrlash uslubi, yuksak darajadagi ilmiy mahorati va umumiy madaniyati, uning xolisligi va ob’ektivligi katta rol o’ynaydi.
Tavsiflash turlari xilma -xildir. Har bir fan o’z tavsif­lash turlariga ega bo’lib, bunda o’z tushunchalar apparati va metodologiyasiga tayanadi. Jumladan, tavsiflashning quyidagi turlarini ajratish mumkin: tartibsiz va izchil; to’liq va noto’liq; sifati va soniga qarab tavsiflash; tuzilishiga qarab tav­siflash; funksional, genetik tavsiflash va h.k.
Tavsiflash tavsiflanuvchi xossalarni tizimga solish va turkumlashni nazarda tutadi. Bunda ob’ektning o’rganilgan xos­salarini qabul qilingan tadqiqot dasturi va tamoyillariga muvofiq tartibga solish va dastlabki anglab yetish amalga oshiriladi. Bundan empirik darajada olingan ilmiy ma’lumot­larni yaxshiroq va teranroq tushunib yetish maqsadi ko’zlanadi. Tizimga solish deganda, masalan, botanikada o’simliklarning xossalarini, kimyoda kimyoviy elementlarning xossalarini (D.I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar sistemasi), mikroolam kvant fizikasida elementar zarralarning xossalarini tartibga solish tushuniladi.
Shundan so’ng ob’ektning tavsiflangan xossalari va belgi­lari turkumlanadi. Mazkur xossalar va belgilar tanlangan yondashuvga muvofiq guruhlarga, turkumlarga ajratiladi. Turkumlash tavsiflash usuli sifatida voqelik xaqida oddiy ti­zimga solishga qaraganda ko’proq bilim beradi.

Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling