Ilmiy izlanuvchining metodologik madaniyati


Download 39.5 Kb.
bet6/9
Sana21.04.2023
Hajmi39.5 Kb.
#1371684
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ILMIY IZLANUVCHINING METODOLOGIK MADANIYATI

Tushuntirish ilmiy bilish va ijodning tavsiflashga qaraganda yuqori bosqichidir: tavsiflash ob’ekt qanday, tuzilishga ega va qay tarzda mavjud degan savollarga javob bersa, tushuntirish ob’ektga yanada chuqurroq kirib boradi va ob’ekt nega shunday, u yoki bu hodisaning sababi nimada, degan savollarni qo’yadi. Ijodiy fikrlaydigan tadqiqotchi odatda ob’ektni tavsiflash bilan cheklanmaydi, balki ilmiy tadqiqot ob’ektini tushuntirish va tushunishga yanada chuqurroq ki­rib boradi.
XX asrning mashhur faylasufi, postpozitivizmdagi tanqidiy ratsionalizm asoschisi Karl Popper tushuntirishning o’z notrivial, ijodiy original sxemasini taklif qilgan. Boshqa ko’pgina neopozitivistlar va postpozitivistlar qatori K.Popper ham ilmiy va noilmiy bilimni chegaralash yoki de­markatsiya qilish muammosi bilan faol shug’ullangan. Neopo­zitivistlar bunday demarkatsiya qilishda verifikatsiya atamasidan foydalanadi. Tushuntirish, basharti u faktlar bilan qo’llab - quvvatlangan bo’lsa, haqqoniydir. Neopozitivistlarning Vena to’garagi vakillari M. SHlik, O. Neyrat, G. Reyxenbax, R. Karnap ilmiy bilishning haqqoniyligi va to’g’riligini tajriba, eks­periment tekshiradi, verifikatsiya qiladi, deb hisoblagan. Analitik falsafa vakillari J. Mur, G. Frege, B. Rassel, L. Vitgenshteyn ham fanda tushuntirish muammosiga shunga yaqin nuqtai nazardan qaragan. Ammo postpozitivist K. Popper ilmiy bilishni «Verifikatsiya qilish imkoniyatiga emas, bal­ki falsifikatsiya qilish imkoniyatiga demarkatsiya mezoni deb qarash kerak», deb hisoblaydi.
K. Popper epistemologiyaga ilmiy bilimni boshqa har qanday bilimdan ajratishni nazarda tutadigan falsifikatsiya (lotincha qalbakilashtirish) tushunchasini kiritadi. Uning fikricha, eksperiment yo nazariyani tasdiqlash, mustahkamlashga, yo uni falsifikatsiya qilish, bilimning asossizligi, xatoligini ko’rsatishga qodir. Ilmiy bilimning noilmiy bilimdan farqi mana shundadir, zotan, noilmiy bilim ishonch va fikrga asoslanadi, demak, uni falsifikatsiya qilish mumkin emas. Binobarin, falsifikatsionizm sub’ektga xaqqoniy ilmiy bilimni ko’rsatib beradi, ilmiy bilim bilan noilmiy bilim o’rtasida chegara o’tkazadi.
K. Popperning ilmiy tushuntirish sxemasiga ko’ra, falsi­fikatsiya qilish metodi fanga bir muammodan ikkinchi muammoga, teran muammodan yanada teranroq muammoga rivojlanish imkonini beradi. K. Popper konsepsiyasi bo’yicha tuzilgan bi­limning o’sishi modeli quyidagi ko’rinishga ega:
fan muammodan boshlanadi;
gipotezalar muammolarni ilmiy tushuntirishga xizmat qiladi;
gipoteza, basharti uni falsifikatsiya qilish mumkin bo’lsa, ilmiydir;
gipotezalarni falsifikatsiya qilish aniqlangan xatolarni bartaraf etish imkonini beradi;
tanqidiy munozara jarayonida yangi va yanada teran muammolar va gipotezalar ilgari suriladi;
muammolar va gipotezalar (nazariyalar)ning teranlashishi ilmiy bilimning barqaror o’sishini ta’minlaydi.
Popperning ilmiy tushuntirish modeli, mohiyat e’tibori bilan, ilmiy bilishni ob’ektiv haqiqatga asta sekin, qadam baqadam, izchil yaqinlashtirish metodi va an’anasini ilmiy ijod epistemologiyasida qo’llash demakdir. Fanda empirik bilimlarni tushuntirish tushunishning epistemologik muammosining qo’yilishiga olib keladi. XX asrda falsafiy germenevtika vakillari V. Diltey, G. Gadamer va M. Xaydegter mana shu muammoni chuqur ishlab chiqish bilan shu­g’ullangan.
Ilmiy bilishda tushunish muammosi ilmiy ijod metodologiyasini ilmiy tadqiqotning yanada yuk ori pog’onasiga, fan­da kuzatish, tajriba, eksperimentdan bilishning nazariy darajasiga ko’taradi. Agar empirik darajada biz predmet hodisasini, ya’ni yuzada turgan narsani o’rgansak, nazariy bilish predmet va hodisaning mohiyatini tushunib yetishni nazarda tutadi. Mohiyat esa hodisaning tubida yotadi, tashqi nigohlardan yashirin bo’ladi.
Nazariy bilishning maqsadi o’rganilayotgan ob’ektning qonuni, qonuniyatlarini ochib berishdir. Ilmiy eksperimentlarning natijalarini tavsiflash, tushuntirish, talqin qilish nazariy umumlashtirishlarga olib boradi, bilishni hodisalarni kuzatishdan ularning mohiyatini tushunib yetish va analizdan o’tkazishga yo’naltiradi. Hodisalarning mohiyatini bilish — bu il­miy bilishdagi tushunish demakdir, ya’ni biluvchi sub’ekt tomonidan voqelikni o’zlashtirishning bilish predmeti yoki ob’ektining ma’no mazmunini ochib berish va aks ettirishni nazarda tutadigan shaklidir. Tushunish tufayli insonni qurshagan predmetlar va hodisalar ma’no va mazmun kasb etadi.
Fanda nazariy bilish bilishning umumfalsafiy metodlari: induksiya va deduksiya, analiz va sintez, umumlashtirish va taqqoslash, abstraksiya, analogiya, modellashtirish bilan chambarchas bog’liqdir.

Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling