Ilmiy jurnal
№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya 1 son 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olingan natijalar va ularning tahlili.
№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
139 harbiy xizmat insonni psixofiziologik holatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishini, ularni keyinchalik zaif qilib qo‗yishini; xohish-istaklar beqarorligi natijasida ko‗pchilik harbiy xizmatni tanlaganligini; harbiy jamoalarda madaniy me‘yor va salbiy ―ustanovka‖larni shakllantirishni; ofitser va askarlar orasida ―biz‖ va ―ular‖ kabi dilemalarni, ya‘ni psixologik qarama-qarshiliklar kabilarni vujudga keltiradi. Agarda, ayrim harbiy xizmatchilarni psixologik xarakteristikasi bo‗yicha qiziqqon, xavf-xatarga ―shaydo‖, o‗zining kimligini ko‗rsatib qo‗yish ishtiyoqini yuqori ifodalanganligi kabi jihatlarini inobatga olsak, harbiy xizmat davomida ularni destruktiv axborotning ta‘siriga tushganligi shaxsiy, guruhiy, tashkiliy-texnik kabi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, O‗zbekiston Respbulikasi Prezidentining 2022-yilning 3-fevralida qabul qilingan ―Internet tarmog‗ida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi O‗PQ-117-son Qarorida ―...kibermakonda huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish sohasiga zamonvaiy texnologiyalarni joriy etish, bu sohadagi huquqbuzarliklarni aniqlash, tergov qilish, barvaqt oldini olish uchun malakali mutaxassislar tayyorlash, aholining, jumladan o‗quvchi-yoshlar, talabalar va ota-onalarning Internet tarmog‗idan foydalanish borasida bilimlarini oshirish ehtiyoji toboro ortib bormoqda‖ [6] deb ko‗rsatilganligi, kibermakonda destruktiv axborotlar hajmi ortib borilayotganlgidan darak bermoqda. Olingan natijalar va ularning tahlili. Harbiy xizmatchilarni destruktiv axborotlar ta‘siridan samarali himoyalash mexanizmilarini ishlab chiqish, ularni amaliyotga tadbiq etish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri sanaladi. Shu boisdan bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini ta‘minlash maqsadida 2018-yil 4-avgustda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma‘naviy-ma‘rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‗g‗risida‖gi PQ-3898-sonli Qarori amaliy ahamiyat kasb etadi. Unda ―Harbiy xizmatchilarning ma‘naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlar va an‘analarimizga asoslangan dunyoqarashini shakllantirishga yo‗naltirilgan yagona tizimni yaratish‖ [7] alohida belgilangan. Bu qarorda ko‗rstilgan vazifalarni bajarishda harbiy-ma‘naviy omildan keng foydalanish maqsadga muvofiqdirki, uning tarkibida axloqiy- ruhiy tayyorgarlik, milliy harbiy meros, psixologik tayyorgarlik, harbiy fan va boshqa bir qator tarkiblar ifodalangandir. Professor, polkovnik R.Samarov va dotsent, kapitan S.Sadriddinovlarning ta‘kidlab o‗tishicha ―Yangi O‗zbekistonni mudofaasini ta‘minlash yo‗lida harbiy fan harbiy-tibbiy yo‗nalishda; harbiy-iqtisodiy yo‗nalishda; harbiy-texnik yo‗nalishda; harbiy-siyosiy yo‗nalishda; xususiy-harbiy yo‗nalishda; harbiy-tarixiy yo‗nalishlarda rivojlanib, dunyoqarashli; refliksiv; yo‗naltiruvchi; integrativ; diagnostik; prognostik kabi funksiyalarni bajarishi lozim [8]. Bizningcha, bugungi kunda harbiy-tarixiy yo‗nalish psixologik himoyani ta‘minlashda alohida ahamiyat kasb etib, harbiy xizmatchilarni destruktiv v axborotlar ta‘siriga tushmasliklarini ta‘minlash uchun profilatik manba bo‗lib xizmat qiladi. Professor A. Mo‗minov ―Bir guruhga o‗z maqsadlarini ko‗zlab, boshqalarga axborot-psixologik ta‘sir ko‗rsatishning turli usullaridan foydalanadigan, boshqalarning manfaatlarini hisobga olmaydigan, ularni chalkashtiradigan, boshqalarning manfaatlariga zid harakat qilgan holda ularga ziyon yetkazadigan odamlarning xatti-harakatlarini birlashtirish mumkin‖ deb yozgan [9], axborot vositasida destruktiv ta‘sir ko‗rsatib, siyosiy jarayonlar dinamikasini o‗zgartirish mumkinligini nazarda tutgan. Professor R.Samarovning fikricha, agarda, axborotda vayronkor g‗oya ifodalangan bo‗lsa, turli ko‗rinishdagi agressiv xulq namunalari ifodalanib, destruktiv ―Men‖, egotsentrizm, separatizm, milliy shovinizm kabi destruktiv xulq namunalarida namoyon bo‗ladi, jamiyat hayotining turli sohalaridagi muammolarda ifodalanadi. Shu sababli, axborotning psixologik xavfsizligi ochiq va yopiq sathlarda institutsional tarzda ta‘minlanadi [10]. Shuningdek ochiq sathda OAV yordamida uzatilayotgan axborotlar maqsadi, kechayotgan jarayonlardan insonlarni xabardor etib, ommaviy ongni shakllantirish uchun madaniylashtirish, ogohlantirish, maqsadni shakllantirish va qadriyatlarni mohiyatini anglash uchun ma‘rifiy asos yaratadi. Yopiq sathga esa, iqtisodiy- siyosiy masalalarga ta‘luqli bo‗lgan axborotlar kirib, ularda davlatning ichki va tashqi faoliyatiga, siyosiy yetakchilari shaxsi va faoliyatiga, siyosiy institutlarga ta‘luqli bo‗lgan axborotlar kiradi. Nazariy jihatdan, axborotning xavfsizligi texnik va psixologik jihatdan ta‘minlanadi [11]. Shunday ekan, doimiy tarzda harbiy xizmatchilarni destruktiv axborotlar ta‘siridan psixologik himoyasini ta‘minlash lozim bo‗ladi. Buning uchun, ―Harbiy xizmatchi – OAV – Harbiy jamoa – Harbiy xizmatchining oilasi – Harbiy psixolog – Komandir – Harbiy-psixologik ish‖ tarzida amaliy-psixologik faoliyat yuritish taklif etiladi. Bizningcha, bu jarayonda masalaning institutsionallashuvi ta‘minlanib, harbiy xizmatchilarning desturuktiv ta‘sirlardan himoyalash mexanizmi shakllanadi. https://buxdu.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling