Ilmiy jurnal


№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL


Download 5.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/303
Sana17.08.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1667927
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   303
Bog'liq
psixologiya 1 son 2023

№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
 
138 
Tadqiqot obyekti va qo„llanilgan metodlar. Destruktiv axborot vositasida ta‘sir ko‗rsatish turli 
ko‗rinishda ifodalanib, separatistik qarashlar, o‗z jonini qandaydir ―g‗oya‖ uchun qurbon qilish, siyosiy 
radikalizm, diniy ekstremizm, turli ko‗rinishdagi terrorizm, ichkilikbozlik, kashandalik va giyohvandlikni 
―hayot mazmunini ta‘minlovchi‖ va ―tabiiy qiyinchiliklardan xalos qiluvchi yo‗l‖ tarzida targ‗ib etish, 
noan‘anaviy oilaviy hayot tarzini ommaviylashtirish kabi ko‗rinishlarda namoyon bo‗ladi. Agarda, 
sub‘ektni (axborot iste‘molchisini) tashqi ta‘sirlarga (qo‗zg‗aluvchilarga) nisbatan reaksiyasini tez yoki 
sustligini inobatga olsak, ―TikTok‖, ―Instagram‖ va ―Youtube‖ vositasida jamiyatda bir qator ijtimoiy-
madaniy, siyosiy-psixologik, maishiy-iqtisodiy kabi muammolar vujudga kelishi mumkin. Shunday 
vaziyatda harbiy xizmatchilarni mustaqil fikrlashga-axborotni saralashga o‗rgatish, kasbiy qadriyatlarga 
sodiq qolishga, mustahkam iroda sohibi etib tarbiyalash harbiy ta‘lim-tarbiyaning bosh g‗oyasi bo‗lib 
qolishi lozim. Bu o‗z navbatida harbiy boshqaruv amaliyotida ham, harbiy ta‘lim-tarbiya tizimida ham 
axborotning psixologik xavfsizligi masalasiga majmuaviy yondashishni talab etadi. 
Harbiy faoliyatning tinchlik davridagi, favqulodda vaziyatlar davridagi hamda aksilterror 
harakatlarda ishtirokini o‗ziga xos jihatlarini inobatga olib, axborotning psixologik xavfsizligini individual 
va guruhiy darajada samarali ta‘minlash uchun G.Lassuell tomonidan ilgari surilgan Kommunikatsiya 
modelini 
R.Samarov 
tomonidan 
takomillashtirilgan 
model 
variantidan 
foydalanish 
mumkin. 
―Xabar(axborot)ni kim yetkazmoqda (soha vakilimi? yoki faqatgina bu masala bo‗yicha tashqaridan 
xabardor vakilmi?) → Xabar(axborot) qaysi kanal vositasida yetkazmoqda (rasmiy tarzdami yoki razvedka 
kanallari orqalimi?) → Xabar(axborot) kimga yetkazmoqda (alohida shaxsgami? guruhgami? yoki 
barchagami?) → Xabar(axborot) qaysi ta‘sirchanlik darajasida (qo‗rqitish, yo‗naltirish, boshqarish uchun 
hayajon bilanmi? Qayg‗uribmi?, g‗azab bilanmi?) → Xabar(axborot) nima maqsadda yetkazmoqda (havas 
qilish uchunmi? qasd olish maqsadidami? namuna uchunmi?) → Xabarni qabul qilgach, xabar qabul 
qiluvchining galdagi harakatlar majmuasi qanday tarzda kechadi (axborot iste‘molchisining g‗azabi 
qo‗zg‗aydimi, nafrati oshadimi, mehri uyg‗onadimi?) → Harakatlar ketma-ketligi nimalarga olib keladi 
(agarda g‗azabi qo‗zg‗asa qanday holat, mehri oshsa qanday holat vujudga keladi?) → Qanday 
mazmundagi choralarni ko‗rish lozim‖ (g‗azabni, nafratni xavf sifatida zararsizlantirish uchun nima qilish 
kerak? Yoki mehrini yanada oshirish uchun, ishonchini shakllantirish uchun qanday yo‗l tutish kerak? 
Qaysi doira va darajada chora - tadbirlar ko‗rish lozim?) [2]. G.Lassuel-R.Samarovni axborotning 
psixologik xavfsizligini ta‘minlash modeli harbiy faoliyatni mazmundorligini, harbiy boshqaruvni aniq 
maqsadga yo‗naltirilganligini ta‘minlash uchun xizmat qiladi. 
Agarda, mazkur modelni bizning tadqiqotimiz nuqtayi nazaridan izohlaydigan bo‗lsak, harbiy 
xizmatchilarga xabarni kim yetkazayotganligiga, qaysi kanal vositasida yetkazayotganligiga, kimga 
yetkazayotganligiga (askar, serjant yoki ofitsergami?), qaysi effekt bilan yetkazayotganligiga (ya‘ni 
hayajonlanibmi, qayg‗u yoki g‗azab bilanmi?), nima maqsadda? yetkazayotganligiga e‘tibor qaratib, 
Axborotning psixolgik xavfsizligini ta‘minlashda psixologik himoyadan foydalanish ko‗nikmasini 
shakllantirish lozim. 
Manbalarning kontent tahlili shuni ko‗rsatadiki, destruktiv tushunchasiga (konseptiga) doir turli 
nazariy yondashuvlar mavjud. Ayrim manbalarda destruktiv so‗zi lotincha destructio-yo‗q qilish, biror 
narsaning normal tuzilishini buzish ma‘nosida ifodalanib, insonning tashqi ta‘sirga tushishi, obyektlarga 
yoki ichkariga, o‗z-o‗zidan va bu munosabatga mos keladigan xatti-harakatlarga salbiy munosabati [3] 
sifatida ta‘riflanadi. Destruktiv ta‘sirlanish jarayoni bu bevosita inson psixologik holatining buzilishi, ya‘ni 
bunyodkorlik faoliyatini, vayronkorlikka aylanishi bilan izohlanadi. Britaniya-ingliz tilida ―Destructive‖ 
so‗zi yo‗q qilishga olib keladigan yoki olib kelishga moyillik, salbiy, halokatli, zarar, shikast, qurollarining 
halokati, quvvatning ijodiy yoki halokatli tarzda [4] ishlatish sifatida ko‗rsatib o‗tilgan. Mazkur termin 
amerika-ingliz tilida vayron qilish, vayronagarchilikni keltirib chiqaradigan yoki ishlab chiqaradigan, yo‗q 
qilish, shunchaki salbiy, foydali emas, halokatli [4] singari ma‘nolarni ifoda etadi. Har ikkala holatda ham, 
destruktiv termini bir-biriga nisbatan semantik hisoblanib, negativ oqibatlar olib keluvchi holat va jarayon 
sifatida bayon etilgan. 
P.Korolenkoning fikricha, tashqi dunyo obyektlariga qaratilgan destruktiv xatti-harakatlarning 
maqsadi bor, ularni quyidagi atributlarini ajratib ko‗rsatish mumkin: 
tirik mavjudotlarni yo‗q qilish (qotillik, bezorilik, qiynoq, kannibalizm); 
jamoatchilik bilan aloqalarni qasddan buzish (terroristik harakatlar, davlat to‗ntarishlari, inqiloblar); 
tabiiy muhit obyektlariga yoki jonsiz narsalarga zarar yetkazish tushiniladi [5]. 
Destruktiv ta‘sir mohiyatan turli obyekt yoki tizimlarni vayron qilishga qaratilganligi bilan ajralib 
turib, uning oqibatini harbiy tizim namunasida quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin: 
harbiy xizmatchilarni ijtimoiy mavqeini noaniqlikka keltirishni
https://buxdu.uz



Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling