Ilmiy jurnal


Olingan natijalar va ularning tahlili


Download 5.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/303
Sana17.08.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1667927
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   303
Bog'liq
psixologiya 1 son 2023

Olingan natijalar va ularning tahlili. Bizning ilmiy tadqiqot ishimiz oilada yuridik tushunchalarni 
shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‗rganishga qaratilgan. Shu maqsadda tajriba-sinov 
ishlarida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri va G‗uzor tumani oilalarida yashovchi oila farzandlari 
(100 nafar) jalb etildi. Biz tajriba-sinov ishlarida o‗zbek oilalari farzandlarida yuridik tushunchalar 
shakllanishi qobiliyatlarini o‗rganishda ―Piktogramma‖ (A.R.Luriya), ―Murakkab analogiya‖, 
―Tushunchalarni taqqoslash‖, ―Muhim belgilarini ajratib ko‗rsatish‖, ―Mantiqiy tafakkur‖ metodikalaridan 
foydalandik.
―Piktogramma‖ metodikasidan tadqiqot maqsadida foydalanishimizning asosiy sababi, oilada 
farzandlarning esda olib qolish xususiyatlari va uning samaradorligi, assotsiativ fikrlash faoliyati xususiyati 
va tushunchali tafakkurni shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratildi. Metodikada foydalanilgan so‗zlar 
va so‗z birikmalari besh toifa belgilardan iboratdir: 1) abstrakt tasvirlar (A) – chiziqlar ko‗rinishidagi, 
ammo biror-bir ma‘noli timsolni ifodalamaganda; 2) belgili-simvolli (B) – simvollar yoki belgilar orqali 
ifodalanganda (geometrik figura, strelka va boshqalar); 3) konkret (K) – konkret predmetlarda ifodalangan; 
4) syujetli (S) – predmetlarni ifodalash biror bir vaziyat, syujet, biror bir faoliyat orqali ifodalanganda; 5) 
metaforik (M) – tasvirlar metafora shaklda ifodalanganda, masalan, ―quvonch‖ so‗zi osmonga parvoz 
qilayotgan odam qiyofasida tasvirlanganda.
Metodikani qo‗llashdan olingan qiymatlarni tahlil qilishda ikki xil tartibda yondashildi: birinchi 
holatda, respondentlar tasvirlarining so‗zlarni ifodalash klassifikatsiyasiga; ikkinchi holatda esa 
qatnashchilarning umumiy qiymatlari tarzda sharhlashga harakat qilindi. 
1-jadval 
Respondentlarning “Piktogramma” metodikasi bo„yicha qiymatlari (foiz hisobida ) 

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling