Ilmiy jurnal
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya 1 son 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0,33 Жами: 100
- № 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
So„zlarning tasviriy ifodalanish turlari Umumiy 1 Abstrakt tasvirlar (A) 7,27 2 Belgili-simvolli (B) 15,67 3 Konkret (K) 72,43 4 Syujetli (S) 4,30 5 Metaforik (M) 0,33 Жами: 100 Tajriba davomida sinaluvchilarning metodika qiymatlarini birinchi yo‗nalish bo‗yicha ko‗rib chiqilganda, farq qiluvchi qiymatlarni kuzatishga erishiladi. Ishtirokchilarning metodika bo‗yicha miqdoriy ko‗rsatkichlarida eng muhim o‗rin so‗zlarning konkret tasvirlarda (72,43) ifodalanishidir. Metodikaning normasiga ko‗ra, respondentlarda konkret tasvirlarning ustuvorligi ularning konkret-harakatli tafakkur yetakchilik qilganligini ko‗rsatadi. Ikkinchi o‗rinda shaxslarda so‗zlarning belgili-simvolli (15,67 foiz) https://buxdu.uz № 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL 147 tasvirlovchilar joy olgan. Metodikaning xususiyatiga ko‗ra, ishtirokchilarda so‗zlarning ―abstrakt‖ va belgili-simvolli ifodalash yetakchilik qilganda, ularda fikrlovchi tip va aqliy faoliyatda axborotlarni sintezlash va umumlashtirishga intilish, yuqori abstrakt-mantiqiy tafakkur xos deb xulosalanadi. Respondentlar so‗zlarni esda olib qolishida, esga tushirishida syujetli (4,30) va metaforik (0,33) tasvirlash boshqa turlardan ancha farq qilmoqda. Ishtirokchilarning qiymatlaridagi bu holat boshqa tafakkur turlariga nisbatan tushunchali tafakkurni shakllanganlik holati obrazli tafakkurdan dalolat beradi. Bu ularda badiiy qobiliyati va badiiy ijodiyotga qiziqishlarini anglatadi. Tadqiqotning miqdoriy qiymatlari ishtirokchilarda tushunchali tafakkur shakllanganlik darajasini mavhum tushunchalar va tasvirlar o‗rtasida erkin munosabatni ifodalay olganligi belgilaydi. Ushbu metodika sinaluvchilarda tushunchali tafakkur shakllanganli-gini emas, balki uning proyektiv ahamiyati shaxslilik xususiyatlarini tavsiflashga xizmat qiladi. Masalan, sinaluvchilarning tasvirida odam surati ko‗p uchraydigan holatlar, ularning og‗zaki ma‘lumotlarni mohirona ifodalashlari va muloqotmandliklaridan xabar beradi. Bundan ko‗rinadiki, bu borada ham qiymatlarni ifodalash sinaluvchilarning kichik mutaxassis sifatida shakllanishlari va tanlagan kasb-hunar sohasiga mos kelishlarini ifodalashga xizmat qiladi. Ammo yuqorida tushunchalarning shakllanishiga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar haqida so‗z yuritilganda, boshqa psixik jarayonlarning ahamiyati muhimligi e‘tirof etilgandi. ―Piktogramma‖ metodikasini qo‗llashdan maqsadning bir jihati ham xotira bilan tushuncha shakllanishini o‗zaro bog‗lashdan iborat edi. Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling