Ilmiy jurnal
№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya 1 son 2023
№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
80 olish) kabi sifatlarni qamrab oladi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‗ra, «raqamli avlod»ning muammoli sohasi axborotning haddan tashqari yuklanishi bo‗lib, buning natijasida bilimlarni shakllantirish va u bilan ishlash qobiliyati pasayadi [2,74]. «EU kids online» global tadqiqoti natijalariga ko‗ra (loyihada Yevropaning 25 davlatidan 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‗lgan bolalar va o‗smirlar, shuningdek, ularning ota-onalari ishtirok etgan; umumiy tanlov 25142 kishini tashkil etgan) shuni aytish mumkinki, Internetdan foydalanish «individuallashtirilgan, xususiylashtirilgan va mobil bo‗lgan» [3, 54]. 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‗lgan bolalar va o‗smirlar har kuni internetda o‗rtacha 88 daqiqa vaqt o‗tkazadilar; 15-16 yoshda Internetdan foydalanish davomiyligi 118 daqiqaga yetadi: respondentlarning 87% uyda, 63% maktabda; 49%i internetdan do‗stlarinikida foydalanishini aytgan. Bu xavfli, travmatik, axloqsiz yoki ularning yoshiga mos kelmaydigan tarkibni o‗z ichiga olgan resurslarni iste‘mol qilishi mumkinligi sababli bolalarning Internetdan foydalanishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligini ko‗rsatadi [4,86]. Zamonaviy dunyoda jamiyatning texnik va iqtisodiy rivojlanishiga aloqador global o‗zgarishlar yangi turdagi xavfning paydo bo‗lishi bilan bog‗liq bo‗lib, uning harakati makon va vaqtdan tashqaridadir [5,63]. V.Bek uni quyidagicha tavsiflaydi: 1) xavf hozirgi vaziyatning vaqt chegaralaridan tashqariga chiqadi, chunki u kelajak avlodlarga ta‘sir qilishi mumkin; 2) xavf fazoviy chegaralarni yengib o‗tadi, ya‘ni har xil turdagi milliy chegaralardan tashqariga chiqadi; 3) xavfning ijtimoiy chegaralari yo‗q, u ko‗p sonli turli odamlarning taqdiriga ta‘sir qiladi [6, 103]. Shuni tan olish kerakki, zamonaviy jamiyatda nol xavf bilan bog‗liq vaziyatlar mavjud emas, xavf darajasini diagnostika qilish uchun ko‗nikma, salbiy ta‘sir va tahdidlarga qarshi turish va tegishli harakatlar strategiyasini ishlab chiqish uchun malaka zarur. Yuqoridagi xususiyatlar Internet foydalanuvchilari duch keladigan xavfga tegishlidir. Bolalar va o‗smirlarning Internetdan foydalanish xavfini tahlil qilishga qaratilgan tadqiqotlarga asoslanib, xavfning to‗rtta umumiy toifasini ajratish mumkin [7, 314]. Birinchidan, Internetda taqdim etilgan materiallarning mazmuni bilan bog‗liq xavf mavjud. Bolaning sog‗lig‗i va rivojlanishiga zarar yetkazadigan noqonuniy ma‘lumotlarga kirishi mumkin bo‗lgan holatlar (bu eng ko‗p zo‗ravonlik, jinsiy aloqa, ksenofobiya, o‗z joniga qasd qilish, antisotsial xatti-harakatlar, giyohvand moddalar va boshqalar). Ikkinchidan, bu kontaktlar bilan bog‗liq xavf. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, shuningdek, munozaralarda (chatlar, forumlar va h.k.) ishtirok etish orqali bolalar va o‗smirlar istalmagan tanishlar orttirishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda o‗smirlar targ‗ibot va manipulyatsiya obyektiga aylanib, radikallashuv va ekstremistik moyilliklarga duchor bo‗lib qoladilar, natijada ular hatto terrorchilik faoliyatiga ham jalb etilishi mumkin [8, 25]. Xulq-atvor uslubi va jargon (sleng)lar ko‗pincha bloglarda, chat va veb-forumlarda matnlarga sharh yozishda foydalanilanilishi odat tusiga kirib qolgan bo‗lib, juda xavfli hisoblanadi. Sleng ko‗plab stereotipli iboralar va Internet memlarini keltirib chiqardi, lekin ayni paytda juda ko‗p haqoratli so‗zlarni o‗z ichiga olgan va aniq antisosial, tajovuzkor va ksenofobik xarakterga ega. Bu jihat o‗smirlar va yoshlar o‗rtasida radikallashuv va ekstremizmning kuchayishi ko‗rsatkichlari bo‗lib, tahliliy jihatdan chuqur o‗rganilishni taqozo etadi [9, 16]. Uchinchidan, kontentni noqonuniy yuklab olish, o‗yinlar, reklama bilan bog‗liq tijorat xavfi ham mavjud. Nihoyat, shaxsiy ma‘lumotlardan foydalanish bilan bog‗liq xavf, chunki bolalar va o‗smirlar ko‗pincha o‗zlari, oila a‘zolari va atrof-muhit haqida shaxsiy ma‘lumotlarni osongina taqdim etadilar [10, 69]. Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling