Ilmiy jurnal


№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL


Download 5.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/303
Sana17.08.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1667927
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   303
Bog'liq
psixologiya 1 son 2023

№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
 
223 
Savodxonlikning umumiy tahlilini uzviy davomi sifatida huquqiy savodxonlikni fanlar tizimidagi 
o‗rganilganlik holatining nazariy jihatlari tahlil qilinadi. 
Olingan natijalar va ularning tahlili. O‗spirinlar yosh xususiyati va shaxs kamoloti jihatidan yangi 
davrga qadam qo‗yishlarini ko‗rsatadi. Ular jamiyatning o‗sib kelayotgan eng faol a‘zolari sifatida 
kelgusida turli sohalarda faoliyat olib boradilar. Faoliyat jarayonida turli xil ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va 
huquqiy masalalarga duch keladi. Mavjud hayotiy muammolarning yechimini topishda, shaxsning haq-
huquqlari va manfatlari to‗qnash kelishida ma‘lum darajada fuqarolik huquqlarini himoyalashga zarurat 
tug‗iladi. Ushbu holatni inobatga olgan holda o‗spirinlarning huquqiy savodxonligi, ularning istiqbolda o‗z 
xatti-harakatlarining qonun va huquqiy-me‘yorlarga muvofiq amalga oshirilishini ta‘minlash yuzasidan 
tadqiqot olib borildi. Buning uchun o‗spirinlarning yoshiga xos xususiyatlarida huquqiy savodxonlikni 
o‗rni bir qator psixologik jihatlarni inobatga olgan holda o‗rganildi. Quyida o‗spirinlarning huquqiy 
savodxonlikka bo‗lgan ehtiyojlari o‗rganilganligi natijalari aks etgan (1-jadval).
1-jadval 
O„spirinlarning huquqiy savodxonlikni tushunish to„g„risidagi munosabatlari 
Baholash mezonlari 
O„spirinlar munosabat miqdori 
nafar 
Foiz 
Davlatning huquqiy asoslarini bilish 
138 
22,40 
Huquq turlari va me‘yorlarini bilish 
115 
18,61 
Qonun asosida insonlarning munosabatlarini 
tartibga solish 
25 
4,1 
Insonning kundalik turmushi va hayot 
faoliyati uchun zarur bo‗lgan huquqiy 
me‘yoriy hujjatlarni bilish 
200 
32,49 
Shaxsning qonun asosida o‗zini tartibga 
solishini bilish 
86 
13,88 
Huquqshunoslik fanini o‗qiganligi 
53 
8,52 
Bunga ko‗ra o‗spirinlarning huquqiy savodxonligi to‗g‗risidagi munosabatlarining umumiy 
xarakteristikasi taqdim etildi. O‗spirinlar tomonidan baholash mezonlaridan bittasi huquqiy 
savodxonlikning to‗liq ma‘nosini ifodalaydi mazmunida taqdim etildi. Huquqiy savodxonlik tushunchasi 
to‗g‗risidagi o‗spirinlarning munosabatlari oltita mezon bo‗yicha baholandi. Mezonlar bo‗yicha 
o‗spirinlarning munosabatlari orasida «insonning kundalik turmushi va hayot faoliyati uchun zarur bo‗lgan 
huquqiy me‘yoriy hujjatlarni bilish» huquqiy savodxonlikning asosiy belgilovchisi sifatida e‘tirof etilgan 
(200 nafar (32,49%)). Bu esa o‗spirinlar huquqiy savodxonlikning kundalik turmush va faoliyatini 
belgilangan me‘yorlarda amalga oshirilishini tavsiflash nuqtayi nazardan izohlangan. Huquqiy 
savodxonlikni tavsiflovchi ustuvor izoh sifatida «davlatning huquqiy asoslarini bilish» e‘tirof etilgan (138 
nafar (22,40 %)). Aslida davlatning huquqiy asoslari me‘yoriy –huquqiy asoslarning barchasi uchun mas‘ul 
va uning ta‘minotchisi hisoblanadi. Ushbu o‗rinda huquqiy savodxonlikning ta‘minlanishini hokimiyat 
bilan fuqaro munosabatlarini to‗laqonli tavsifini ifoda etgan holatlar belgilashi nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, o‗spirinlar huquqiy savodxonlik deganda «huquq turlari va me‘yorlarni bilish» (115 
nafar (18,61%)), «shaxsning qonun asosida o‗zini tartibga solishini bilish‖ degan javob berilgan (86 nafar 
(13,88%)), «huquqshunoslik fanini o‗qiganlik» (53 nafar (8,52%)) va «qonun asosida insonlarning 
munosabatlarini tartibga solish» (25 nafar (4,1%)) tarzda munosabat bildirganlar. O‗spirinlarning huquqiy 
savodxonlik tushunchasiga bildirgan munosabatlari o‗z navbatida respondentlarning ushbu yo‗nalishdagi 
da‘vogarlik darajasini ham belgilab beradi.
O‗spirinlarning huquqiy savodxonlik darajasini baholashga xizmat qiluvchi komponentlardan biri 
«Huquqiy savodxonlikni shaxsni jamiyat va fuqarolik manfatlarini anglashiga imkon beruvchi holatlari‖
yuzasidan empirik tahlil natijalari quyidagi 3.2.2–jadvalda keltirilgan. Huquqiy savodxonlikni shaxsning 
jamiyat va fuqarolik manfatlarini anglashiga imkon beruvchi holatlari o‗spirinlar tomonidan 269 nafari 
(43,53 %) «huquqiy bilimlar»ni e‘tirof etishgan. Ular jamiyat va fuqarolik manfatlarining anglashda 
huquqiy bilimlarni ahamiyati ijobiy tarzda e‘tirof etilmoqda. Bundan ko‗rinadiki, jamiyat rivojlanishi va 
o‗z navbati fuqarolik faoliyatiga qo‗yiladigan talablarning o‗zgarishi o‗spirinlar tomonidan huquqiy 
bilimlarni o‗zlashtirish muhimligini anglashgan. Shuningdek, o‗spirinlar tomonidan «o‗zining haq-
huquqini bilishi»ni baholash mezoni bo‗yicha 187 nafar (30,28%) o‗spirinlar ijobiy baholadilar. 
O‗spirinlar hayotning yangi bosqichiga qadam qo‗ygan ontogenetik taraqqiyotning o‗ziga xos bosqichidir. 
https://buxdu.uz



Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling