Ilmiy jurnal
-jadval O„spirinlarning huquqiy savodxonlikni asosiy mezonlariga bo„lgan munosabati ko„rsatkichlari
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya 1 son 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- № 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
3-jadval
O„spirinlarning huquqiy savodxonlikni asosiy mezonlariga bo„lgan munosabati ko„rsatkichlari Baholash mezonlari O„spirinlar munosabat miqdori nafar Foiz Huquqni bilish, huquqiy faollik 315 51,10 Huquqiy ishonch, qonunni his etish 156 25,24 Xulq-atvorning qonunga muvofiqligi 78 12,62 Sotsial-huquqiy faollik 68 11,04 Shuningdek, o‗spirinlarning huquqiy savdxonlikni asosiy mezonlari bo‗yicha tajriba-sinov natijalari quyidagi empirik ko‗rsatkichlarga ega bo‗ldi. O‗spirinlar tomonidan huquqiy savodxonlikning asosiy mezonlari sifatida quyidagilar inobatga olingan. Buning uchun huquqiy savodxonlikning asosiy mezonlari to‗rta band bo‗yicha taqdim etildi: -huquqni bilish, huquqiy-bilish faollik; -huquqiy ishonch, qonunni his etish; -xulq-atvorni qonunga muvofiqligi; https://buxdu.uz № 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL 225 -sotsial-huquqiy faollik. O‗spirinlar ushbu mezonlarning huquqiy savodxonlikni belgilovchi asosiy mezonlar sifatida «huquqni bilish, huquqiy faollik» e‘tirof etilgan (315 nafar o‗spirinlar (51,10%)). Bundan ko‗rinadiki, o‗spirinlarning tadqiqotga ishtirok etganlarining yarmi huquqiy savodxonlikning asosiy mezoni sifatida huquqni bilish va huquqiy faollikni baholagan. Bundan ko‗rinadiki, huquqiy savodxonlikka munosabat to‗g‗ri munosabatni o‗zida aks ettira olgan, ya‘ni huquqni bilish va unga mos harakatni amalga oshirish bilan uyg‗unlashtirilgan holda munosabat aks etgan. Huquqiy savodxonlikning muhim mezon sifatida baholagan ikkinchi guruh respondentlar 156 nafar (25,24%)ni tashkil etdi. Ushbu respondentlarning fikricha huquqqa bo‗lgan ishonch, qonunni his etish huquqiy savodxonlikni belgilovchi sifatida baholangan. Bir jihatdan o‗spirinlarning munosabatiga ko‗ra huquqiy savodxonlik uchun huquqqa ishonch va qonunni his etish ham belgilangan. O‗z navbatida o‗spirinlar huquqiy savodxonlikning belgilovchi mezonlari sirasiga «xulq-atvorni qonunga muvofiqligi»ni kiritganlar. Ularning talqinicha, xulq-atvorning qonunga muvofiqligi 78 nafar respondent (12,62%) tomonidan e‘tirof etilgan. Bu esa o‗spirinlarning xulq-atvorni qonunga muvofiqlik bir jihatdan o‗spirinlar tomonidan me‘yoriy-hujjatlarni yaxshi bilishi va tushunishi hisoblanadi. O‗spirinlarning xulq-atvorni qonunga muvofiqligi ularning mantiqiy fiklashi, xulq-atvorga quyiladigan qonuniy va ijtimoiy talablarning yaxshi tahlil etishi bilan bog‗liqdir. O‗spirinlar tomonidan «sotsial-huquqiy faollik» mezoni huquqiy savodxonlikning asosiy baholash mezoni sifatida qayd qilingan (68 nafar (11,04%)). Ular aslida huquqiy savodxonlik masalasining mazmuniy xususiyatiga chuqur tus berganliklarini ifodalamoqda. Agar sotsial-huquqiy faoliyatni tavsiflaydigan bo‗lsak, u "qonunga qiziqish, qonunni hurmat qilish, huquqiy institutlar faoliyatining yuqori nufuzini tan olish, shaxsning o‗z vakolatlaridan foydalanish yoki fuqarolik burchlarini amalga oshirishning eng samarali usullarini izlash bilan bog‗liq bo‗lgan ixtiyoriy, ongli faoliyat tarzida tushuniladi. Demak, huquqiy savodxonlikka berilgan mazmuniy talqin kam son o‗spirinlar tomonidan e‘tirof etilmoqda. Shu sababli ham o‗spirinlarning huquqiy savodxonlik darajalarini subyektiv baholanishiga e‘tibor qaratildi. Xulosa. Ta‘lim tizimida huquqiy savodxonlikni shakllantirishga qaratilgan dars mashg‗ulotlarining mavjudligiga huquqiy profilaktikaning dastlabki bosqichi sifatida qarash mumkin. Huquqiy profilaktikaning mazkur bosqichida huquqbuzarlik, huquqiy javobgarlik, huquqiy mas‘uliyat va majburiyatlar bo‗yicha fundamental bilimlarni egallash imkoni mavjud bo‗lib, buning uchun to‗g‗ri pedagogik metodlarni tanlash yoki shakllantirish huquqiy ta‘limda muhim pedagogik vazifa sifatida amalga qiladi. Huquqshunoslik sohasida ham huquqiy savodxonlikni shakllantirish sohaning jamiyatni barqarorligini ta‘minlash kabi vazifasini to‗liq bajarishda asosiy vosita sifatida xizmt qiladi. Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling