Ilmiy jurnal
№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya 1 son 2023
№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
58 darajasiga yetgan bolalar o'zlari yashayotgan dunyo haqida nazariy fikr yurita oladilar. Ular yaqin kelajakda nima bo'lishi mumkinligi haqida o'ylashadi va eng ko'p bo'lgan voqealarni kutishadi. Bolalarning tafakkur qilish qobiliyati faqat kuzatish va tekshirish uchun mavjud bo'lgan aniq ob'ektlar va ijtimoiy munosabatlarga taalluqlidir. Bolalar odatda 11-12 yoshda sodir bo'ladigan rasmiy operatsiyalar bosqichiga yetgunga qadar mavhum tushunchalar, niyatlar yoki munosabatlar haqida tafakkur qilishni boshlaydi. Natijalar. -kichik yoshdagi maktab o‗quvchilarining mental arifmetika mashg‘ulotlarini o‗rganish jarayonida intellektual rivojlanishi quyidagi psixologik-pedagogik sharoitlarni yaratish bilan ta‘minlandi. -kichik maktab yoshidagi bolalarga mental arifmetika mashg‘ulotlarini rivojlantirib o'qitish texnologiyasi ishlab chiqildi. - o‗quvchilarga ishlab chiqilgan texnologiyadan foydalangan holda mental arifmetika mashg‘ulotlarini o‗rgatish konvergent va divergent unumdorlikni rivojlantiruvchi ta‘sir ko‗rsatadi, o‘quvchilarda fanlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qobiliyatini rivojlantiradi. -mental arifmetika mashg‘ulotlari o‗quvchilarning ishchi xotirasini rivojlantirishga yordam beradi va tasviriy material bo'yicha o'quv materialining yuqori sifatli o'zlashtirilishini ta'minlaydi. Xulosa. Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, oʻquvchilarning intellektual rivojlanishiga ijobiy ta‘sir qiladigan asosiy determinantlarni aniqlash va shu asosda oʻquvchilarni maktab ta‘limidan boshlab aqliy rivojlantirish hozirgi kunning dolzarb vazifasidir. Shu ma‘noda mazkur tadqiqot ishimiz aynan oʻquvchilarni intellektual rivolatirishda mental arifmetika mashgʻulotlarining tutgan oʻrni va ahamiyatini alohida tadqiq qilish va shu tadqiqot natijalariga asoslanib muayyan ilmiy-amaliy tavsiyalarni taqdim etish mas‘uliyatini olganligi bilan boshqa tadqiqotlardan alohida ajralib turadi. Zero, har bir oʻquvchining oʻziga xos psixologik tabiatini bilish va shu asosda unga ta‘sir etish orqaligina uning intellektual muvaffaqiyatlarini ta‘minlash mumkin. Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling