Ilmiy kengash chirchiq davlat pedagogika universiteti arziqulov zayniddin qo


-rasm. Geometric Optics ishlanmasi


Download 462.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/36
Sana11.10.2023
Hajmi462.04 Kb.
#1697464
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
Avtoreferat-Arziqulov Z.Q.

2-rasm. Geometric Optics ishlanmasi 
Mashg„ulot davomida avval nazariy ma‟lumotlar bilan talabalar qisqacha 
tanishtirilib, virtual platforma va chizmalar orqali mavzuga oid ko„rsatilgan 
yo„riqnoma orqali laboratoriya mashg„ulotlari olib boriladi hamda natija olinadi. 
Dissertatsiyaning uchinchi bobi “Pedagogik tajriba sinovni tashkil etish, 
o„tkazish va uning natijalari deb nomlanib, unda oliy ta‟lim muassasalarida fizika 
fanining optika bo„limini elektron ta‟lim resurslaridan foydalanib o„qitishda 
talabalarning 
bilim, 
ko„nikma, 
malakalarini 
rivojlantirish 
metodikasini 
takomillashtirish uchun dastlab mavjud kamchiliklar o„rganildi. Maxsus reja asosida 
Oliy ta‟lim tizimidagi holatni baholash uchun ishlab chiqilgan pedagogik tajriba – 
sinov ishlari olib borildi. Talabalarda mavjud bilim, ko„nikma va malakalarni 
aniqlash uchun quyidagi vazifalar ilgari surildi: 
- talabalarda fizikaning dastlabki asosiy tushunchalarini o„zlashtirganlik holati; 
- uzluksiz ta‟lim tizimida talabalarning axborot bilan ishlash ko„nikmalarini 
shakllanganlik darajasi; 
- elektron ta‟lim resurslarini qo„llash uchun pedagogik shart-sharoitlarning 
mavjud ekanligini o„rganish va aniqlash; 
- talabalar elektron ta‟lim resurslarini qo„llay olishi uchun ular ishtirokida 
anketa so„rovnomalarini o„tkazish; 
- talabalarda axborot bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishga asos 
bo„ladigan tadbirlar majmuini: ma‟ruza, amaliy mashg„ulotlar, laboratoriya, suhbat, 
intelektual tanlovlar, ochiq darslar va o„yinlar ishlab chiqish;


15 
- bo„lajak fizika o„qituvchilarining axborot bilan ishlash ko„nikmalarini 
shakllanganlik darajasidan kelib chiqib, fizikaga oid bilimlarni amaliyotga qo„llay 
olishi; 
- tadqiqot muammosi doirasida olib borilgan tajriba-sinov ishlari natijalarini 
umumlashtirish va ularni matematik-statistik metodlar yordamida qayta tahlil qilish 
va xulosalash

Tajriba-sinovning birinchi (2019-2020 yy.) dastur tatbiq etishdan oldin 
talabalarning fizik tushunchalarni bilish, amaliyotga qo„llay olish darajasini 
rivojlantirishdagi mavjud holatni o„rganish, tahlil qilish va suhbatlar o„tkazish va 
so„rovnomalar orqali tajriba sinov ishlarida ishtirok etuvchi talabalarning dastlabki 
fizik bilimlari aniqlandi. Bunda tajriba sinov ishlarida Chirchiq davlat pedagogika 
universiteti, Jizzax davlat pedagogika universiteti va Navoiy davlat pedagogika 
institutining talabalari qatnashdi. 
Tadqiqotning keyingi bosqichida (2020-2021 yy.) tanlab olingan oliy ta‟lim 
muassasalarining talabalarida axborot kommunikatsion texnologiyalari qo„llash 
ko„nikmalarini rivojlantirishning nazariy va amaliy masalalarini hal etishda fizika 
fanini nazariy va amaliy mashg„ulotlar orqali o„rganish jarayonida shakllantiruvchi 
tajriba – sinov ishlarini amalga oshirish ishlari olib borildi. Bunda birinchi bosqichda 
tajribadan oldingi olingan natijalar tahlil qilinib turli innovatsion texnologiyalar 
orqali dars mashg„ulotlari olib borildi va talabalarning keyingi olingan natijalari tahlil 
qilindi.
Tadqiqotning keyingi bosqichida (2021-2022 yy.) tadqiqotning asosiy 
qoidalarini qayta ko„rib chiqish va shakllantiruvchi bosqichdagi yo„l qo„yilgan 
kamchiliklarni bartaraf etish va yangi usul hamda vositalar orqali dars mashg„ulotlari 
tashkil etilib yangi natijalar olindi va ushbu natijalar matematik statistik usullar orqali 
tahlil qilindi.
Olingan natijalarga ko„ra, variatsion qatorlar asosida statistik tahlil natijalarini 
keltiramiz (1-jadvalga qarang, 2-bosqich talabalari). 
1-jadval 

Download 462.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling