Ilmiy kengash chirchiq davlat pedagogika universiteti arziqulov zayniddin qo
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi
Download 462.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Avtoreferat-Arziqulov Z.Q.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fizika fanini axborot ta‟lim resurs vositalari asosida o„qitishning nazariy asoslari
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 2 ta xalqaro
va 4 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarda muhokamadan o„tkazilgan. Tadqiqot natijalarining e‟lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo„yicha jami 20 ta ilmiy-uslubiy ish, jumladan, O„zbekiston Respublikasi Oliy ta‟lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 7 ta maqola, jumladan, 5 tasi Respublika va 2 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati va ilovadan iborat. Ishning umumiy hajmi 136 sahifani tashkil etadi. DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning O„zbekiston respublika fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo„nalishlariga mosligi, muammoning o„rganilganlik darajasi, tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta‟lim muassasasi ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog„liqligi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, shuningdek, ob‟ekti va predmeti aniqlangan hamda ilmiy-amaliy ahamiyati, natijalarning ishonchliligi, amaliyotga joriy qilinishi, tadqiqot ishining aprobatsiyasi, tuzilishi va hajmiga oid ma‟lumotlar keltirilgan. Dissertatsiyaning “Fizika fanini axborot ta‟lim resurs vositalari asosida o„qitishning nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida fizika fanini elektron ta‟lim resurslari vositasida o„qitishning ilmiy-metodik ta‟minotini takomillashtirish masalalari, fizika fanini AKT asosida o„qitish nazariyasiga oid tadqiqotlar sharhi, fizika fanini AKT asosida o„qitish amaliyotidagi muammolar kabi masalalar yoritilgan. So„ngi yillarda fizika faniga bo„lgan talabalarning qiziqishini susayishi natijasida bilim darajasining pasayishi kuzatilmoqda. Ushbu muammo mavzuning murakkabligi, ko„rgazmali materiallarning kamligi, jihozlarning ovozsizligi va ilmiy hamda qo„shimcha adabiyotlarning yetishmasligi bilan izohlanadi. Bugungi kunda 10 zamonaviy talabani odatiy o„qitish metodikasi usullari bilan ajablantirish murakkab. O„quv jarayonida talabalarga topshiriqlarni ortiqcha yuklamasdan, to„g„ridan-to„g„ri mashg„ulotda o„rganadigan qilib tashkillashtirish, o„quv xonada psixologik qulaylik muhiti, muvaffaqiyat holatini yaratish bo„yicha maqsadga muvofiq ish olib borish ham professor-o„qituvchining asosiy vazifasiga aylanmoqda. Turli xil tuzilmalar va shakllardagi mashg„ulotlardan foydalanish, ularni o„spirinlarning psixologik xususiyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularning ichki dunyosini idrok etishga, psixologik holatni his qilishga harakat qildirish kerak. OTMlarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish zamonaviy OTMning maqsad va vazifalariga javob berishi lozim. Tadqiqot ishida aks etgan tajriba shuni ko„rsatadiki, fizika mashg„ulotlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish professor-o„qituvchilarning ham, talabalarning ham ijodiy imkoniyatlarini kengaytiradi, mavzuga qiziqishni oshiradi. Nafaqat fizika mashg„ulotlarida, balki umuman OTMda qo„llaniladigan axborot kompyuter texnologiyalari tufayli professor-o„qituvchi talabalarning xayoliy va ijodiy tafakkurini rivojlantiradi. O„qitishning amaliy innovatsion usullari shaxsning individual kognitiv ehtiyojlariga yo„naltirilgan bo„lib, talabalarning birgalikdagi kompyuter loyihalarini almashish va qayta ishlash jarayonida kognitiv qiziqishini, kommunikativligini tarbiyalaydi. Tajribalar shuni ko„rsatadiki, fizika mashg„ulotlarida o„quv vazifalari va o„quv faoliyatining asosiy turlariga mos keladigan elektron ta‟lim resurslaridan (ETR) foydalanish noan‟anaviy ta‟lim modellari va hamkorlik asosida professor-o„qituvchi va talabalar o„rtasidagi o„zaro ta‟sir shakllarining tarqalishiga yordam beradi. Shuningdek, talabalarning faol mustaqil faoliyatiga asoslangan yangi o„quv modellarining paydo bo„lishi, bu asosiy ta‟lim dasturini o„zlashtirish natijalariga qo„yiladigan talablarning meta-predmet qismi hisoblanadi. Ta‟lim jarayonini elektron resurslar asosida tashkil etish ta‟lim jarayoniga ommaviy ravishda kompyuter texnologiyalari va aloqa vositalari kirib kelishiga sabab bo„ldi. Bu esa o„z navbatida barcha fanlar qatori fizika o„qitishda yangi istiqbollarni ochdi. So„nggi yillarda dunyo miqyosida fizika o„qitishda elektron resurslardan foydalanish, kompyuter dasturlari, dasturiy ta‟minotlar, ma‟lumotlar bazalari kabilarni ta‟lim jarayoniga qo„llash borasida ko„plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Oliy ta‟limda o„qitiladigan fizika mashg„ulotlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish muammosiga bag„ishlangan tadqiqotlardan M.V.Alekseev, E.V.Demin, L.S.Konovales, A.A.Laktionov, L.V.Mironova, D.P.Muravlev va boshqalarning ishlari omma tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Pedagogika oliy o„quv yurtlarida kvant fizikasini o„qitish jarayonida elektron ta‟lim resurslaridan foydalanish metodikasi E.V.Demin tomonidan yozilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ko„rib chiqilgan. G.N.Yunusova esa monografiyasida o„zlashtirish qiyin bo„lgan mavzularni fizika o„qitish jarayonidan ajratib olib, animatsiyalar, kompyuterlar, onlayn va saytlar muhitida kompyuterlar vositasida o„qitish masalalarini ko„rib chiqqan. B.N.Xushvaqtov o„zining “Fizikaning «Optika» bo„limini noan‟anaviy o„qitish metodikasini takomillashtirish” mavzusida yozgan 11 dissertatsiya ishida Optika bo„limini o„qitishga yangicha yondashuv, usul va vositalarni kiritdi. Bu esa bilimlarni aktuallashtirish talabaning psixologik tayyorgarligini anglatadi: diqqatni jamlash, bo„lajak faoliyatning ahamiyatini anglash, mashg„ulotga qiziqishni uyg„otish (motivatsiya tuzilishi qanday amalga oshirilayotganligini anglash oson). Fizika o„qitish metodologiyasi O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonuni, «O„zbekiston Respublikasi Oliy ta‟lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to„g„risida»gi 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta‟lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida»gi 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli, «Oliy ma‟lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to„g„risida»gi 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli, 2021 yil 19 martdagi PQ-5032-sonli “Fizika sohasidagi ta‟lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida” qarorlari hamda mazkur sohaga oid me‟yoriy-huquqiy hujjatlar tashkil etadi. Shuningdek, fizika fani o„qitishda Davlat ta‟lim standartlari orqali tartibga solinadi. Asosiy maqsad - axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil ravishda qarorlar qabul qilishga qodir, hamkorlikka tayyor, zamonaviy tez o„zgaruvchan dunyoda, o„z shaxsiyati uchun javobgarlik hissi bilan muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashishga qodir bo„lgan shaxsni shakllantirish. Amaliy mashg„ulotlarning tashkiliy-metodik ta‟minotini zamonaviy ilmiy tadqiqot natijalari va pedagogik texnologiyalar yordamida takomillashtirishning innovatsion yondashuvida talabalarda fizikani axborot ta‟lim resurs vositalari asosida o„qitishga qiziqishlarining yanada kuchayishi, fanga doir bilimlarni yanada to„liq va chuqur egallashlarini hamda egallagan bilimlarni ilmiy hamda pedagogik faoliyatda mustaqil qo„llay olish ko„nikmalarini rivojlantirishga e‟tibor qaratilgan. Talabalarda axborot kommunikatsion texnologiyalarning fanlar integratsiyasi orqali shakllantirilishi va pedagogika oliy ta‟lim muassasalarida joriy etilishi, fanning ma‟ruza va amaliyot mashg„ulotlarini o„tkazish hamda mustaqil ta‟limda talabalarni ijodiy faollikka yo„naltirib, erishilgan bilim, ko„nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qo„llay olish, fizik hodisa va jarayonlar orasidagi o„zaro bog„lanish qonuniyatlarini bilishi, ularda kurs ishi, loyiha ishlarini bajarishda eng maqbul usullarni taklif qilish ko„nikmalarining shakllanishiga imkon beradi. Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Fizika fanining “Optika” bo„limini elektron Download 462.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling