Ilmiy kengash chirchiq davlat pedagogika universiteti arziqulov zayniddin qo


Download 462.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/36
Sana11.10.2023
Hajmi462.04 Kb.
#1697464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Avtoreferat-Arziqulov Z.Q.

oliy 
ta‟lim 
muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog„liqligi Dissertatsiya ishi 
Chirchiq davlat pedagogika universitetining “Pedagogik ta‟lim innovatsion 
klasterining ilmiy-nazariy asoslarini yaratish va uni amaliyotga joriy etish 
mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihasi doirasida 
bajarilgan. 
Tadqiqotning maqsadi umumiy fizikaning optika bo„limini o„qitishda elektron 
ta‟lim resurslaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.



Tadqiqotning vazifalari
geometrik optikaning asosiy qonunlariga oid nazariy va amaliy ma‟lumotlar 
PhET platformasi asosida takomillashtirilgan dasturiy metodik ta‟minot ishlab 
chiqish; 
ikki muhitning sferik chegarasida yorug„likning sinishi tasvirini hosil qilishda 
elektron dasturiy vositalardan (Crocodile Physics va PhET) foydalanib o„qitish 
metodikasini ishlab chiqish; 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida umumiy fizikaning optika 
bo„limini o„qitishning metodik ta‟minotini takomillashtirish; 
optik asboblarning asosiy elementlariga doir mavzularni didaktik ilmiy bilish 
metodlarini qo„llashga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqish. 
Tadqiqot ob‟ekti: pedagogika oliy ta‟lim muassasalarida fizika fanini 
o„qitishda elektron ta‟lim resurslaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish 
jarayoni belgilanib, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Jizzax davlat pedagogika 
universiteti va Navoiy davlat pedagogika institutlaridan 306 nafar talabalar ishtirok 
etdi.
Tadqiqotning predmeti umumiy fizikaning optika bo„limini o„qitishda 
elektron ta‟lim resurslaridan foydalanish metodikasi mazmuni, shakl, metod va 
vositalari hisoblanadi. 
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda muammoga oid ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar 
va adabiyotlar tahlili, pedagogik, metodik, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnik 
ma‟lumotlarni nazariy tahlil qilish, anketa so„rovnomalari, kuzatish, suhbat, tajriba-
sinov ishlari, baholash, tadqiqot natijalarini umumlashtirish va matematik-statistik 
tahlil kabi usullardan foydalanildi. 

Download 462.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling