Ilmiy kengash chirchiq davlat pedagogika universiteti arziqulov zayniddin qo


KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)


Download 462.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/36
Sana11.10.2023
Hajmi462.04 Kb.
#1697464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Avtoreferat-Arziqulov Z.Q.

KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) 
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Dunyoda sodir 
bo„layotgan bugungi jadal ilmiy-texnik taraqqiyot ta‟lim jarayonida yangilikka 
bo„lgan ehtiyojni va ta‟limni modernizatsiyalash hamda zamonaviy ta‟limni joriy 
etish zaruriyatini yaratdi. Turli xalqaro tashkilotlar, jumladan, Janubiy-Sharqiy Osiyo 
ta‟lim vazirlari tashkiloti (SEAMEO), ta‟limda aniq va tabiiy fanlarni axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o„qitish orqali rivojlantirish hamda 
foydalanish salohiyatini yuksaltirish, shu orqali barcha sohalarda raqamli iqtisodiyot 
talab qilayotgan zamonaviy raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda muhim 
ahamiyatga egaligini ilgari surishmoqda. Xususan, pedagogika oliy ta‟lim 
muassasalarida fizika fanining amaliy jihatlariga ustuvorlik berish asosida o„qitish 
bo„lajak o„qituvchilarning amaliy tayyorgarligini kuchaytirish, YUNESKO 
tomonidan “ta‟lim konsepsiyasini hayot davomida amalga oshirish” tamoyillari 
alohida ahamiyat kasb etadi. 
Jahonda oliy ta‟lim sifatini yaxshilash, tabiiy-gumanitar integratsiyalarni 
kengaytirish, raqamli texnologiyalarni chuqur tadqiq etish, fan va raqamli 
texnologiyalar sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni 
yaratish, ta‟lim tizimlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o„rtasidagi 
aloqalarni izchil kengaytirish bo„yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ta‟lim 
muhitida o„z-o„zini ish bilan ta‟minlash va ijodkorlik, turli xil bilim va 
innovatsiyalarni o„rganish va mustahkamlash, talaba shaxsini rivojlantirish, ijodiy 
izlanish va talabalar bilan birgalikdagi ishlarni tashkil qilishni qo„llab-quvvatlash 
bo„yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e‟tibor berilmoqda. Shu bois pedagogika oliy 
ta‟lim muassasalarida talabalarining zaruriy kasbiy ko„nikmalarini shakllantirish 
orqali didaktik tamoyillarini boyitish bugungi kundagi dolzarb masalalardan 
hisoblanadi. 
Respublikamizda oliy ta‟lim muassasalarida ta‟lim sifatini tubdan 
takomillashtirish, talabalarning fanlarni o„zlashtirishlarining axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalar 
orqali 
rivojlantirishning 
me‟yoriy 
asoslari 
yaratilmoqda. 
“Mamlakatimizda ta‟lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko„tarish, pedagog kadrlar 
tayyorlash sifatini ilg„or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, pedagogik 
kasbga qiziqishi yuqori bo„lgan yoshlarni aniqlash hamda ularni maqsadli tayyorlab 
va tarbiyalab borishning uzluksiz tizimini joriy qilish, sohada ta‟lim, ilm-fan va 
ishlab chiqarish uyg„unligini ta‟minlash orqali ta‟lim sifatini yaxshilash, 
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil 
etish”
1
ustuvor vazifalar etib belgilandi. Bu esa talabalarda fizika bo„yicha maxsus va 
metakompetentlikni rivojlantirishda aniq fanlarning imkoniyatlarini kengaytirish, 
refleksiv pedagogik usullar vositasida fanga oid tayanch kompetentlikni 
rivojlantirishning mazmuni va imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. 
1
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik ta‟lim sohasini yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-4623-son qarori // Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi. – T., 2020. – 28 
fevral. 



O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son 
“O„zbekiston Respublikasi oliy ta‟limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to„g„risida” farmoni, 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son 
“Oliy ta‟lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida”, 2018-yil 5-
iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta‟lim muassasalarida ta‟lim sifatini oshirish va ularning 
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini 
ta‟minlash bo„yicha qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”, 2021-yil 19-martdagi 
PQ-5032-son “Fizika sohasidagi ta‟lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni 
rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida”
Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli 
boshqa me‟yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosini ta‟minlashda 
mazkur dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. 

Download 462.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling