Ilmiy kengash chirchiq davlat pedagogika universiteti arziqulov zayniddin qo
Download 462.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Avtoreferat-Arziqulov Z.Q.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning amaliy natijalari
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fizika fanini o„qitishda elektron ta‟lim resurslaridan foydalanishning tashkiliy- metodik aspektlari ta‟lim vositalari integrasiyasiga asoslangan variativ yondashuvlarni fizik ma‟lumotlarni idrok etishga yo„naltirilgan muhitda differensial bosqichlarda qo„llash asosida aniqlashtirilgan; fizika fanini o„qitishda elektron ta‟lim resurslaridan foydalanish modeli yorug„lik sinishishini tasvirlashga oid akademik topshiriqlar bilan optik asboblarning asosiy elementlariga doir mavzularning differensial optimallashuvini barqaror ta‟minlash asosida takomillashtirilgan; elektron ta‟lim resurslaridan foydalanish asosida fizika o„qitish samaradorligini oshirish metodikasi fizik masalalarni tushunish va qisqa intervalda bajarilishini ta‟minlovchi ish turlarini talabalarning axborotli faoliyat trayektoriyasiga raqamli tahlil muhitida moslashuvchan takroriy intervalda qo„llash asosida takomillashtirilgan; fizika fanini o„qitishda elektron ta‟lim resurslaridan foydalanishning didaktik ta‟minoti fizik eksperimentlarni loyihalashga yo„naltirilgan kasbiy axborotlar bilan ishlashning topish, tahlil, qayta ishlash bosqichlarini Crocodile Physics va PhET dasturiy vositalardan foydalanish jarayoniga ochiqlik, moslashuvchanlik tamoyillarida kiritish asosida takomillashtirilgan. 8 Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: pedagogika oliy ta‟lim muassasalarida Maple, Matcad amaliy dasturlar asosida fizika fani mazmuni, uning mavzulari bayonini tahlil qilish asnosida, “Maksvell tenglamalari. Elektromagnit (yorug„lik) to„lqinlar. Yorug„lik bosimi va intensivligi” nomli elektron o„quv qo„llanma yaratilgan; pedagogika oliy ta‟lim muassasalarida fizika yo„nalishi bo„yicha bakalavr mutaxassislar tayyorlashda axborot kommunikatsion kompetensiyalarni hisobga olgan holda, talabalarning mustaqil o„quv faoliyat malakalarini rivojlantirishga yo„naltirilgan, amaliy masalalar hamda eksperimental ishlanmalar ishlab chiqilgan. Download 462.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling