Ilmiy maktab, metod va metodologiya muammolari ” mavzusi bo’yicha o’qituvchi tomonidan berilgan variantlardagi savollarga 50-70 so’z hajmida javob yoziladi. Javobni baholashda javobning to’liqligi va so’zlar soni e’tiborga olinadi
Download 17.58 Kb.
|
4-Ilmiy maktab. mustaqil ish
Ilmiy maktab, metod va metodologiya muammolari ” mavzusi bo’yicha o’qituvchi tomonidan berilgan variantlardagi savollarga 50-70 so’z hajmida javob yoziladi. Javobni baholashda javobning to’liqligi va so’zlar soni e’tiborga olinadi. Mavzu bo’yicha mustakil ish savollari Ilmiy maktablarning o’ziga xos xususiyatlarini yoriting Ilmiy maktablarning qanday darajalarini bilasiz. Metod,metodika va metologiya tushunchalarini izohlab bering Nazariya va metodning asosiy farqlarini yoriting: 1. Ilm fan ijtimoiy institut sifatida faqatgina ilmiy guruh, laboratoriya kafedra kabi rasmiy tuzilmalar sifatida shakllanib, rivojlanmaydi, balki ilm-fanning rivojlaanishida eng avvalo ilmiy maktablarning tutgan o’rni beqiyosdir. Ilmiy maktab bu – bir dastur asosida ishlovchi umumiy maqsad uchun birlashgan tadqiqotchilar jamoasi bo’lib, u taniqli va tan olingan, liderlik qobiliyatiga ega bo’lgan, yangi g’oyalar muallifi bo’lgan olim tadqiqodchi tomonidan boshqariladi. Ilmiy maktab har hil darajadagi turli mutaxassislikdagi olimlar jamoasi hisoblanadi. Maktabning har bir a’zosi ilmiy dasturlarining amalga oshirilishi uchun o’z xissasini qo’shadi va maktab manfaatlarini himoya qiladi. 3. Hozirgi davrda metodologiya faqat ilmiy bilish sohasi bilan cheklanishi mumkin emasligi ayon bo‘ldi va y albatta, bilish chegarasidan chiqishi va o‘z sohasida amaliyotda ham qo‘llanishi zarur. Bunda bilish va amaliyotning uzviy aloqadorligiga e'tibor qaratmoq kerak. Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta'minlovchi boshqa vositalarni ham o‘rganadi. Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar, shuningdek, kategoriya hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. Nomuvoziy, beqaror dunyo sharoitlarida voqyelikni metodologik o‘zlashtirishning o‘ziga xos vositalarini ajratish fan rivojlanishining «postnoklassik», deb nomlangan hozirgi bosqichida ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o‘rganadi. Shuningdek, metodologiya metodlar yig‘indisi va faoliyat turi haqidagi ta'limotdir. Metod u yoki bu shaklda ma'lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub'ektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma'lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan yetishishga yordam beradi. 4. Bilish M.lari voqelikni qamrab olishi jihatidan 3 turga boʻlinadi: yalpi umumiy bilish M.lari — hamma fanlarda va bilishning barcha bosqichlarida ham koʻllaniladigan umumiy va universal M.lar — metodologiya; umumiy bilish M.lari — bir qancha yoki barcha fanlarda qoʻllaniladigan va bilishning muayyan bosqichi (empirik, nazariy yoki empirik bosqichdan nazariy bosqichga oʻtish chegarasi)da qoʻllaniladigan bilish M.lari; xususiy yoki maxsus M.lar — ayrim fan doirasida qoʻllaniladigan bilish M.lari. Oʻrta Osiyo olimlaridan Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa fan M.larini rivojlantirganlar. Xorazmiy olimlarni uchga boʻlib, ularning bir qismi ilmiy kashfiyotlarni ochishda qullaniladigan yoʻl-yoʻriq va usullarni ishlab chiqib boshqa olimlarning ilmiy izlanishlarini osonlashtiradi, deb yozganida, aynan shu M.larni ishlab chikuvchi olimlarni nazarda Download 17.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling