Ilmiy maqola va uning til xususiyatlari. Rejasi


Download 27.75 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi27.75 Kb.
#1588030
  1   2   3   4
Bog'liq
Презентация 2 akademik yozuv fanidan


Ilmiy maqola va uning til xususiyatlari.
Rejasi:
1.Maqola tushunchasi
2. Talabalarning ilmiy tadqiqiy ishini tashkil qilishning asosiy yo‘nalishlari
3.Ilmiy maqolaning xususiyatlari
Maqola publitsistik yoki ilmiy mazmunda bo‘lib, hajm jihatidan ancha katta bo‘ladi. Maqola hayotning muhim va dolzarb masalalariga bag‘ishlanishi yoki ilm-fanning biror sohasini yoritishi mumkin. Shunga ko‘ra maqolalar ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo‘linadi. Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:
  • Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.
  • Asosiy qism – muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi.
  • Xulosa – mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.

  • Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
    Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin e’tiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha ma’lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.

 2.Talabalarning ilmiy tadqiqiy ishini tashkil qilishning asosiy yo‘nalishlari
 
Talabalarning ilmiy tadqiqot ishi oliy ta’lim muassasasida mutaxassislarni tayyorlashning majburiy ajralmas qismi bo‘lishi hamda o‘quv va ilmiy jarayonlar yaxlitligi asosida hal qilinadigan asosiy vazifalar qatoriga kirishi lozim. Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yuqori malakali yaxshi ta’lim olgan ijodiy fikrlovchi mutaxassislarga ehtiyoj katta.
Talabalarning ilmiy tadqiqiy ishi tizimini tashkil qilish va rivojlantirishning asosiy maqsadi ilmiy texnik progress, iqtisodiy tafakkur va madaniy rivojlanishning eng yangi yutuqlari asosida oliy kasbiy ta'limga ega mutaxassislarni ilmiy tayyorgarligi darajasini oshirish hamda OTM, mamlakatning boshqa muassasa va tashkilotlarini pedagogik va ilmiy kadrlarni to‘ldirish uchun iste’dodlarni aniqlashdir.
Talabalar ilmiy tadqiqot ishlar tizimini tashkil qilish va rivojlantirishning asosiy vazifalari quyidagilardir:
1. Talabalar ilmiy tadqiqot va o‘quv mashg‘ulotlarining integratsiyasini ta'minlash.
2. Talabalarni ijodiy, ilmiy va pedagogik faoliyatga o‘qitish va tayyorlashning yaxlitligini amalga oshirish.
3. Talaba yoshlarning shaxsiy ijodiy qobiliyatlarini ochib berish, rivojlantirish va amalga oshirish uchun shart sharoitlarni yaratish.
4. Talabalarni ilmiy faoliyatda ommaviyligini kengaytirish hamda ishtirokining natijaviyligini oshirish.
5. Ilmiy va pedagogik faoliyatga bo‘lgan intilishi va o‘z qobiliyatlarini namoyon etgan iste’dodli yoshlarni tanlash.
6. Talabalarda ilmiy pedagogik va ilmiy xodim sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish.
7. Universitetda lmiy tadqiqotning ommaviyligi va samaradorligini talabalarni jamiyat va davlatning zamonaviy ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan fanning eng ustuvor yo‘nalishlarida tadqiqot olib borishga jalb qilish;
8. Ham mamlakat ichida, ham yaqin va uzoq xorijiy mamlakat bilan ilmiy OTMlararo aloqalarni rivojlantirish.
9. Moliyalashtirish manbalarini izlash va topish, jumladan, OTMlarning byudjetdan tashqari manba va innovatsion faoliyatidan olinadigan mablag‘lar hisobiga, Ilmiy tadqiqotlarga mablag‘larni jalb etish shakl va metodlarini takomillashtirish.

Download 27.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling