Ilmiy maqola va uning til xususiyatlari. Rejasi


Download 27.75 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi27.75 Kb.
#1588030
1   2   3   4
Bog'liq
Презентация 2 akademik yozuv fanidan

Ilmiy ma’ruza qilish. Ilmiy ma’ruza asosan ilmiy amaliy konferentsiyalar. anjumanlar hamda davra suhbatlarida ilmiy tadqiqotchi tomonidan amalga oshiriladi. ilmiy ma’ruza muayyan bir muammo yuzasidan kelib chiqadigan ijtimoiy munosabatlar tahlili bo‘lib, bunda muammoni hal qilish chora-tadbirlari ko‘rsatiladi. ushbu muammolar xususida boshqa qatnashchilar ham o‘z nuqtai nazarini bildirishi, taklif va mulohazalar bilan qatnashishi mumkin. ilmiy ma’ruzalar o‘quv jarayonida, seminar. konferentsiyalarda, ilmiy kengashlarda kilinadi. ilmiy ma’ruzaning mavzusi tashkillashtirilgan forumning yo‘nalishiga mos bo‘lishi shart. ilmiy ma’ruza prezentatsiya slayd, kodoskop, multimediadan foydalanib keng auditoriyaga tanishtirishni ham o‘z ichiga oladi.
Taqdimot (prezentatsiya) — tanishtiruv degan ma’noni anglatadi. Ilmiy ma’ruzani taqdimot kilish tartibi kuyidagicha:
1. Reglamentga qathiy rioya kilish kerak bo‘ladi.
2. Kirish kismida ko‘rilayotgan muammoning dolzarbligi.
3. Asosiy qismda o‘rganilganlik darajasi, muammoning yechimlari, iqtisodiy samaradorligi, ijtimoiy ahamiyatiga to‘xtalib o‘tiladi.
4. Xulosa qismida erishilgan natijalar va xulosalar beriladi. Ma’ruza tinglovchilarning savollariga javob berish bilan yakunlanadi.
3.Ilmiy maqolaning xususiyatlari
 
Ilmiy maqolani yozishda muallif ikki narsaga ehtiborini karatishi lozim:
- maqolada aks etayotgan mavzuning dolzarbligi va axamiyatliligi, ilmiy maqolada ko‘tarilgan muammoni o‘rganish zaruriyati;
- maqolaning maqsadi, ko‘tarilgan masalaning ilmiy yechimi, takliflar, muallifning fikr va mulohazalari asosida aniq yoritilishi lozim.
Muallif maqola yozishda rejaga muvofiq ishlashi lozim, aks holda, maqolaning maqsadi va vazifalari, ko‘tarilgan masalaning yechimi maqolada o‘z ifodasini topa olmaydi. Maqolaning nomlanishi maqola mazmuniga mos kelishi, qisqa va aniq ifodalangan bo‘lishi lozim. Maqolada tadqiqot mavzusining biror bir tomoni ko‘rib chiqiladi, muammo nimadaligi va uning yechimi haqida taklif-tavsiyalar berilgan bo‘ladi. Maqola annotatsiya, kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan tashkil topishi, iqtibos va havolalar, mualliflik qisqartmalari, shartli belgilar, jadvallar, chizmalar to‘g‘ri joylashtirilishi lozim. Ilmiy maqola odatda kafedrada professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rib chikiladi va muhokama qilinib, kafedra majlisi yoki ilmiy seminar qarori bilan chop etishga tavsiya qilinadi.
Ilmiy maqola bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo’lib, u dolzarb muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qiladi. Ilmiy maqola vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish o’quvchining intellektual saviyasini oshirishdan iborat. Ilmiy maqola yozishdan oldin maqola nima uchun yoziladi, ish mazmuni nimadan iborat bo’ladi, maqoladan qanday xulosa chiqarish kerak, degan sayollarga javjb o’ylash lozim va maqola yozishdan aniq bir maqsadni ko’zlash kerak bo’ladi. Ilmiy maqola yozishda birinchi bo’lib, mavzuni belgilash, uning tahlili, reja, tezislarni tuzish kerak. Maqolalar ilmiy uslubda yozilishi lozim. Maqola faqat uchinchi shaxs tomonidan yozilishi shart. Maqola bayoni o’quvchi uchun qulay bo’lgan ketma-ketlikda olib borilishi, bu quyidagicha bo’lishi kerak: umumiydan xususiyga, soddadan murakkabga qarab fikrlar bildiriladi. Maqolaning mantiqiy tuzilmasi kirish, asosiy qism va xulosadan iborat bo’ladi. Kirish qismida mavzu asoslanishi, ilmiy nazariy jihatdan uning istiqboli (perespektivligi) berilishi, bugungi kun talablari asosida ko’rib chiqilishi kerak. Asosiy qismda dalillar, ilgari surilgan ilmiy xabarni tasdiqlaydigan faktlar bo’lishi, bunda induksiya va deduksiyadan foydalanish, ya’ni aniqdan umumlashtirishga, umumiydan batafsil ko’rib chiqishga o’tish lozim bo’ladi. Xulosada asosiy fikrni ixchamlab tezislar shaklida bayon qilinishi, ilgari surilgan tezisni tasdiqlaydigan umumlashmalar berilishi va muammoning davomiyligini ko’rsatish kerak.
Maqola mazmuni mavzuga muvofiq bo’lishi maqolaning asosiy tezisi aniq, lo’nda bo’lishi va ishning hamma qismlari unga bo’ysundirilgan bo’lishi, maqolaning qismlari bir-biriga nisbatan mutanosib (proporsional) bo’lishi, mantiqlikning buzilishlari bo’lmasligi, ish ilmiy uslub talablariga javob berishi, nutqiy xatolar bo’lmasligi lozimdir va bular maqola yozishning asosiy talablaridir. Masalan, Qo’qon DPI BTM kafedrasi dotsenti Zokirjon Isaqovning “SHe’rning lisoniy tahlili xususida” maqolasida (Ilmiy to’plam. Т., .2014), Qo’qon DPI katta o’qiluvchisi Dilorom Saliyevaning “O’quvchilarda o’zini o’zi anglash orqali o’quv mustaqilligini ta’minlash” (“Xalq ta’limi” j.2014 yil 5-son), TDPU dotsenti Nargiz Nishonovaning “Farzand tarbiyasida mutaffakrlarimiz merosidan foydalanish yo’llari” (“Xalq ta’limi” j. 2014 vil 5-son) maqolalari bunga misol bo’la oladi.
Ўзбекистон Республикаси миллий истиқлолга эришган биринчи кунлардан бошлабоқ тарихимизга, маънавий қадриятларимизга юксак ҳурмат ва эҳтиром билан муносабатда бўлиш, ўзлигимизни англаш бош вазифа бўлиб келмоқда. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёев таъкидлаганидек: «Адабиёт ва санъатга, маданиятга эътибор – бу энг аввало халқимизга эътибор, келажагимизга эътибор эканлиги, адабиёт, маданият яшаса, миллат яшаши мумкинлигини унутишга бизнинг асло ҳаққимиз йўқ»[6] деган сўзи миллий қадриятларимизни тиклашда катта аҳамиятли вазифани қўйди.
Дарҳақиқат, асрлар оша сақланиб келаётган маданий ва маънавий меросимиз халқимизнинг туганмас миллий бойлиги, дурдоналари бўлиб, унинг миллат сифатидаги ўзига хослигини, бошқа халқлар орасида тутган тарихий ўрнини аниқлаш фольклоршунослик фанида долзарб муаммолардан ҳисобланади.
Қорақалпоқ халқининг авлоддан-авлодга ўтиб келаётган халқ оғзаки намуналари бўлган достонлари умуммиллий маданий меросининг ажралмас бир бўлагидир. Жумладан, «Жаҳонша» достони воқеаларининг мураккаблиги, қаҳрамонларининг ранг-баранглиги, халқимизга хос урф-одат, анъаналарининг турли-туманлиги, тасвир услубининг гўзаллиги ва рангларга бойлиги билан ажралиб туради. Достонда халқимизнинг босиб ўтган тарихий ўтмиши, ватанни севиши, халқ ҳамжиҳатлигини сақлаш ва эл тинчлиги каби масалаларнинг акс этиши ҳозирги авлодга ибрат мактаби бўлиб хизмат қилиши шубҳасиздир. Шу маънода у мустақил Ўзбекистоннинг миллий мафкураси ва миллий ғоясининг шаклланишига, ривожланишига катта ҳисса қўшувчи достон сифатида кўзга ташланади.
Бу достоннинг миллий характери, жанр хусусиятлари, ундаги лирик қаторларнинг ранг-баранглиги қорақалпоқ халқ оғзаки ижодида алоҳида ўринни эгаллайди. Биз «Жаҳонша» достонининг 1956 йили Қурбанбой жиров Тажибаевдан ёзиб олинган варианти ҳақида сўз этмоқчимиз. Достон ҳажми 8000 қатор бўлиб, мазмуни бўйича қаҳрамон образлари асосида касб-ҳўнар, илм-билим ўрганиш каби ғояларни ўзида акс эттирган ва ягона нусха ҳисобланади.
«Жаҳонша» достони қорақалпоқ халқининг бошқа достонларидан ғоявий йўналиши, бадиий хусусиятлари, ижровий маҳорати билан фарқланиб туради. Унда халқ оғзаки ижоди намуналарига хос бўлган анъанавий мотивлар бўлиб, достоннинг шакл ва мазмунини бойитади. Достон туркий қавмлар бир маконда яшаган даврларда қорақалпоқ халқи орасида бўлиб ўтган воқеаларга асосланади. Воқеа қазаяқли уруғидан чиққан иккита тўғишган Сангилбой билан Қорабойнинг фарзандсизлиги билан бошланган. Дунёвий адабиётга хос анъанавий сюжет мотивларидан бири-фарзандсизлик бошқа қорақалпоқ достонларида ҳам бўлган. «Жаҳонша» достонида иккита қориндош худодан фарзанд тилаб, йиллар ўтиб улар фарзанд кўришади. Достонда Сангилбой ўғил фарзандли бўлиб, исмини Жаҳонша, Қорабой қиз фарзанд кўриб, исмини Ширинжон қўяди. Бошқа қорақалпоқ достонларида бўлгани каби бу достондаги воқеалар ҳам изчиллик билан ривожлантирилади.
«Жаҳонша» достонидаги асосий ғоялар - касб-ҳўнар, илм-билим ўрганиш бўлиб, достон қаҳрамони Жаҳоншанинг илмга бўлган иштиёқидан бошланади. У уч ёшга тўлганда бошқалар билан эркин мулоқат қиладиган, тўрт ёшида Тангри таалога салом берган, беш ёшида дўст-душманнинг фарқига борган, тўққиз ёшида мактаб илмини эгаллаб, он бир ёшида фаҳм-фаросат илмидан сабоқ олиб, ўн икки ёшида от саралаб минадиган довюрак, ботир даражасига етган. Қорақалпоқ достонларидаги бу каби қаҳрамон образининг яратилиши олим Н.Даўқараев таъкидлаганидек: «Қорақалпоқ халқининг эпосларидаги асосий қаҳрамонлар бошидан то охиригача ботир, қўрқмас, ўжар, уруш қоидаларини етук биладиган мард ва жасур бўлиб тасвирланади. Ботирлар қандай ҳолатда бўлса ҳам олдига қўйган мақсадидан қайтмайди» [4:197] деб кўрсатилади.

Download 27.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling