-ди+к tovushlar birikmasida
и(i) unlisi у(u) unlisiga о‘tadi. Bu esa -дүк/дуқ affiksining yaxlitligini kо‘rsatmaydi,
balki bu holat affiks qо‘shilishidagi fonetik jarayon - morfonologiya bilan bog‘lanadi.
Shuningdek, muallif -дүк/дуқ(dük/duq) sifatdosh affiкsini -dik/tik affiksi bilan ham
chalkashtiradi. III shaxs buyruq-istak maylida qо‘llanuvchi -dik/tik affiksi lablangan
variantlarda qо‘llanmaydi
3
hamda u faqat old qator va lablanmagan unlili bir
variantlidir.
Shuni ta’kidlash lozimki, darsliklarda sheva xususiyatlarini tushuntirishda til
tarixi faktlariga murojaat qilish mumkin, bu sheva faktlarini asoslash uchun zarur
bо‘ladi. N. Rajabov til tarixi faktlarini sheva materiallarini asoslash uchun emas, balki
о‘xshashlik yuz bergan holati uchun keltiradi. Yangi darslikda tarixiy
-dik/tik affiksini
alohida izohlar bilan keltirishni lozim deb topdik. Ma’lumki,
-dik/tik affiksi hozirgi
о‘zbek tilidagi buyruq-istak mayli III shaxsidagi
-sin affiksining о‘tmishdoshlaridan
biri bо‘lib, Alisher Navoiy va Husayniylar o‘z asarlarida -dik variantini ishlatgan.
Alisher Navoiyda:
Telba ko‘nglungni, Navoiy, zabt aylay olmading.
Emdi chek andin ilik har sori borsa bor
Do'stlaringiz bilan baham: |