dik.
Bu baytdagi borsa bordik iborasi borsa borsin deb tushunilgan
4
.
Bu affiks hozirgi Tojikiston Respublikasi о‘zbek shevalarida biroz fonetik
о‘zgarish bilan qо‘llanishi davom etmoqda. T.Yо‘ldoshev bergan ma’lumotlarga kо‘ra,
u дəг/тəг/лəг ~ däg/täg/läg variantlarida qо‘llanmoqda: ishlasin ~ ъшлəдəг ~
išlädäg, pishirsin ~ бъ:шəртəг ~ bi:šärtäg, olsin ~ ɔллəг ~ ālläg. Bu affiks boshqa
shevalarda qayd qilinmadi. Bu fakt, albatta, yangi darslikdan о‘rin oldi.
Darslikda talabalarning tо‘liq ishonch hosil qilishi mumkin bо‘lgan faktlarni keltirib
borish zarurligi aksariyat ilmiy ishlarda ta’kidlanadi. Dialektologiya ham bundan
mustasno emas. N. Rajabov fe’l tuslanishida hali о‘zi tо‘liq tahlil qilmagan ba’zi
sheva faktlarini keltiradiki, uni e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas, ya’ni u birlik
va kо‘plikda boshqa-boshqa shakllarni bir paradigmada yanglish ravishda keltiradi.
Uningcha, Urgut shevasida бɔрɔммән, бɔрɔпсән, бɔрɔпту; бɔрɔтуммъз,
Do'stlaringiz bilan baham: |