Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

Axmet ALLAMBЕRGЕNOV,
Berdaq nomidagi qoraqalpoq Davlat universiteti 
mustaqil izlanuvchisi
O‘qUv-ISHLAB CHIqARISH MAJMUALARIDA 
kASBIY TA’LIM MAZMUNINING FANLARARO 
BOG‘LIqLIGI
U
mumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilari ta’lim olish-
lari  bilan  birgalikda  ularga  kasb-hunar  o‘rgatish,  o‘quvchilarning  qiziqish 
va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ularning ta’limni davom 
ettirishlari yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga 
shart-sharoitlar yaratish, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni za-
rur jihozlar bilan ta’minlash maqsadida vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10–11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim be-
rishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 868-son qarori qabul qilindi
1
.

O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim 
muassasalarining  10–11-sinflari  o‘quvchilariga  kasbiy  ta’lim  berishga  ixtisoslashgan  o‘quv-ishlab 
chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 868-son qarori. www.lex.uz


23
2017–2018-o‘quv yilidan boshlab 10-sinf o‘quvchilari o‘quv-ishlab chiqarish maj-
mualarida 50 dan ortiq kasb-hunar sirlarini o‘rganib kelishmoqda. O‘quv-ishlab chiqa-
rish majmualari – o‘quvchilarga maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab et-
maydigan kasb-hunar o‘rgatish, tanlangan kasb bo‘yicha ijodiy fikrlaydigan, tashkilot-
chilik hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash hamda o‘quv-
chilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kasb tanlashga ko‘makla-
shadigan kasbiy ta’lim berish shakli hisoblanadi.
Xususan, ularda o‘quvchilarning kasb-hunarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, “us-
ta-shogird”  an’analaridan  foydalanish,  kasb  o‘rganishda  milliy  va  xorijiy  taj ribalarni 
o‘rgangan  holda  eng  maqbullarini  qo‘llash,  kasbiy  ta’limning  metodik  ta’minotini  ta-
komillashtirish, kasb-hunar o‘rganishda innovatsiyalardan va axborot-kommunikatsiya 
vositalaridan foydalanish, o‘quvchilarning kelajakda mehnat faoliyati bilan faol shug‘ul-
lanishlari uchun kasb egasi bo‘lishlarini ta’minlash, eng muhimi, jamiyatga raqobatbar-
dosh kadrlar tayyorlab berish kabi masalalarni ro‘yobga chiqarish, qisqa qilib aytgan-
da, o‘quvchilarga kasbiy bilimlar berish, tadbirkorlik, ishbilarmonlik asoslarini, mehnat 
va kasb ko‘nikmalarini egallashlari, shuningdek, ularning o‘ziga xos kasbiy qobiliyatlari 
va sifatlari rivojlantirilishi ta’minlanadi. 
Shuningdek, kasbiy ta’lim mazmunini yanada takomillashtirish, umumta’lim fanla-
rini o‘zaro aloqadorlikda uzviylik asosida o‘qitish o‘quvchilarda kasbiy bilim va ko‘nik-
malarni tizimli shakllantirish va rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. 
Ta’lim  mazmuni  o‘quvchilar  egallashi  lozim  bo‘lgan  bilim,  ko‘nikma,  malaka  va 
kompetensiyalarning  aniq  belgilangan  hajmini  o‘zida  aks  ettiradi.  Belgilangan  maq-
sadga muvofiq yo‘nalish va hajmga ega bo‘ladi. U tegishli me’yoriy hujjatlar: malaka 
talablari, o‘quv dasturlari shaklida rasmiylashtirilib, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.
Ta’lim  mazmunida  aks  etgan  o‘quv  materiallarini  o‘zlashtirish  natijasida  ijtimoiy 
maqsadlarga erishiladi. O‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ijtimoiy-madaniy tajribaning tavsifi 
va hajmi aniq shart-sharoit, makon, zamon, shuningdek, ta’lim muassasasining turi va 
darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Integratsiya (lotincha integeratio – tiklash, to‘ldirish ma’nosini anglatib, integer - 
bir butun, alohida qismlarni bir butun holatga keltirish so‘zidan olingan) tushunchasi 
alohida tabaqalashtirilgan tizim, organizmning qismlari va funksiyalari holatini hamda 
shunday holatga olib keluvchi jarayon tushunchasini anglatadi.
Integratsiya – qanday bo‘lmasin elementlarni yagona bir butunga birlashtirish va 
qandaydir yaxlitlikni tiklashdir
2

Integratsiya – bu, ayrim bo‘lak, qismlarning birlashishi, bir butun bo‘lishidir. Ilmiy 
tadqiqotda integratsiya o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan turli elementlarni bir-butun yaxlit hol-
da qarash deb tushuniladi. Integratsiya –obyektiv sabablarga ko‘ra turli elementlarni 
birlashtirish va ularni bir-butun holda qarash natijasida sodir etilayotgan tizim sifatida 
e’tirof etiladi
3

Manbalarni tahlil etish asosida integratsiya tushunchasiga xos quyidagi belgilar-
ni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) integratsiya o‘zaro aloqada bo‘lgan turli elementlar 
asosida quriladi; 2) integratsiya o‘zaro aloqadagi elementlarning sifat va son o‘zga-

Беляева  а.П.  Интегративно-модульная  педагогическая  система  профессионального 
образования. – СПб.: Радом, 1997. – С.43.

авазбаев а.И. Совершенствование подготовки учителей трудового и профес сионального 
обучения на основе интеграции содержания учебных предметов: автореф. дисс… канд.пед.
наук. – т.: 2001.


24

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling