Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4.   www.xtjurnali.zn.uz
rishi bilan bog‘liq; 3) integrativ jarayon mantiqiy mazmun asosiga ega; 4) integrativ 
jarayon  o‘zining  tuzilmasiga  ega;  5)  pedagogik  yo‘naltirilganlik  va  uning  nisbatan 
mustaqilligi.
Ta’lim  mazmunidagi  uyg‘unlikni  ta’minlash  uchun  mazmunga  integrativ  yonda-
shuv talab etiladi. Ta’lim mazmuniga integrativ yondashuv bu – davlat ta’lim standart-
lari, malaka talablari, o‘quv dasturlari mazmunini takomillashtirish hisoblanadi. Ta’lim 
mazmunini integratsiyalash asosida:
– bilishga qiziqish va faollikni oshirish;
– muqobil, dialektik va ijtimoiy-madaniy tafakkurni rivojlantirish;
– shaxsiy va kasbiy motivatsiyani kuchaytirish;
– tizimli va metabilimlarni uyg‘unlikda tarkib toptirishga erishiladi.
Integrativ  yondashuv  asosida  kasbiy  ta’lim  mazmunini  tanlab  olishda  me’yoriy 
asos malaka talablari va o‘quv dasturlari hisoblanadi. Malaka talablari va o‘quv das-
turlarini takomillashtirish, ta’lim bosqichlari o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizligini ta’min-
lashga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Ta’lim mazmuni tahlil qilinib, aniq masala 
yuzasidan o‘quv materiallarining xarakteri, mantiqiy bayoni, savol va topshiriqlar tizimi, 
chizma, jadvallar, rasmlar hamda boshqa qo‘shimcha manbalar o‘rganilib, bog‘lanishi 
mumkin bo‘lgan aloqalar aniqlanadi. 
Shuningdek, ta’lim mazmunini integratsiyalashning quyidagi omillari e’tiborga olin-
di:
– ta’lim jarayonida erishilgan natijalarni chuqur tahlil etib, malaka talablari va o‘quv 
dasturlari mazmuniga innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadidan kelib chiqqan 
holda zarur tuzatishlar kiritish;
– har bir mavzuning didaktik maqsad va vazifalarini aniq belgilab, unga mos ta’lim 
shakli, metodi va vositalarni tanlab olish uchun o‘quv materialini struktural tahlil etish;
– darsning didaktik maqsadini, ya’ni yangi o‘rganiladigan material hajmini, avval 
o‘rganilganlari bilan aloqadorligini aniqlash;
– yangidan o‘zlashtirish yoki o‘zlashtirilgan bilimlarning qanday yangi jihatlari, mu-
rakkablik darajasini aniqlashtirish, unga mos ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish va o‘tka-
zish sifatini takomillashtirish.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, integratsiya jarayonlari ikki yo‘nalishda amalga 
oshiriladi:
– vertikal integratsiya – bu turli bosqichda o‘rganiladigan kurslar mazmuni uzviy-
ligiga amal qilgan holda;
–  gorizontal  integratsiya  –  fanlararo  aloqani  amalga  oshirish,  tor  mutaxassislik 
doirasidagi alohida fanlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni yaxlit kasbiy bilim va ko‘nik-
malar tizimiga aylantiruvchi integratsiyalashdan iborat
4
.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kasbiy ta’lim mazmunini integratsiyalash da-
rajalari (didaktik sintez va integratsiyaning fanlararo bog‘liqligini ta’minlash darajasi), 
metodlari (reproduktiv, ijodiy, amaliy-kompetentli metodlar), amalga oshirish shakllari-
dan (dasturlar, maxsus kurslar, topshiriqlar) unumli foydalanish darkor.
Fanlar o‘rtasidagi integrativ bog‘liqlik quyidagi 3 darajada amalga oshirilishi ta’kid-
lab o‘tilgan:
I daraja. Yuqori – butun daraja, fanlar o‘rtasidagi integratsiya. 
4
  Габова  М.  а.  Проблема  интеграции  в  рамках  подготовки  специалистов  в  системе 
“педагогический колледж-педагогический институт”. // наука и школа, 2003. №1. – С. 58-60.


25
II daraja. Didaktik sintez, har bir fan saqlanib, integratsiya ularning birida qo‘llani-
ladi. Umumiy obyekt integratsiya shakli sifatida o‘rganiladi.
III  daraja.  Fanlararo  aloqadorlik,  integratsiya  shakli  bo‘lib,  fanlar  mazmunidagi 
umumiy unsurlar hisoblanadi
5
.
kasbiy  ta’lim  jarayonida  fanlararo  aloqadorlikning  bog‘lanishli  tarkibi  va  asosiy 
yo‘nalishlar  bo‘yicha  ta’minlanishida  integratsiya  jarayonlari  amalga  oshiriladi.  Maz-
kur jarayonlarda integrativ kurslar va darslarning namoyon bo‘lishi, o‘quv materialini 
ixchamlashtirilishi va mujassamlashtirish imkonini berib, tegishli mavzularini turli me-
todik shakl va usullar vositasida, kurslararo bog‘lash orqali o‘rganishga alohida e’tibor 
qaratiladi. 
Olimlarning fikricha, bog‘lanish tarkibi deganda o‘qitish jarayonida ma’lum qoida-
lar yoki belgilar bo‘yicha bir-biri bilan qiyoslanadigan o‘quv mavzulari va aniq masala-
larning majmui tushuniladi.
Bog‘lanish  yo‘nalishi  esa  biror-bir  ma’lumotning  bir  o‘quv  fanidan  boshqasiga 
o‘tishi tushuniladi, bir tomonlama hamda ikki yoki ko‘p tomonlama bog‘lanishlarni farq-
lash mumkin
6
.
Integrativ dars – bu integratsiyalangan-mavzuli yondashuv bo‘lib, ta’lim jarayoni 
birligi sifatida dars emas, balki o‘quv fanlaridagi mavzular olinadi. Bunda har bir mav-
zuning yetakchi qoidalari, bir tomondan, kursning yetakchi g‘oyalariga bo‘ysundiriladi, 
boshqa tomondan esa mavzuni o‘rganish davomida shu kursning yetakchi g‘oyalari 
ochib beriladi. O‘quv fanining yetakchi g‘oyalari – o‘rganilayotgan material mohiyatini 
ifodalaydigan,  unga  ichki  yaxlitlik  va  uyg‘unlik  baxsh  etadigan  qoidalar  (tushuncha, 
qonun, tamoyil, qonuniyat, nazariyalar) hisoblanadi. 
Shunday qilib, integrativ kurslar va darslarni tashkil etishni shartli ravishda uch 
bosqichga bo‘lish mumkin: 
– tanishtirish; 
– fanlararo bog‘lash mumkin bo‘lgan mantiqiy aloqalarni rejalashtirish
– mazkur aloqalarni dars va darsdan tashqari ishlarda ro‘yobga chiqarish.  
Fikrimizcha,  o‘quv-ishlab  chiqarish  majmualarida  integrativ  kurslar  tuzish  va 
o‘qitish tamoyillari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun kasbiy ta’limga mo‘l-
jallangan,  integratsiyalashtirilgan  o‘quv  qo‘llanmalar  va  darsliklar  yaratish  lozim 
bo‘ladi. 
O‘quv-ishlab chiqarish majmualarida ta’lim mazmunini tahlil etish natijalari shu-
ni  ko‘rsatadiki,  bugungi  kunda  ta’lim  mazmunini  integratsiyalash  hamda  amaliyotga 
tatbiq etishga alohida zaruriyat mavjud. Mazkur yondashuv quyidagi imkoniyatlarga 
erishishga yordam beradi:
– o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida kasbiy ta’lim mazmunini integratsiyalash, 
malaka talablari va o‘quv dasturlari mazmunini takomillashtirish, tayanch (1-9 sinflar) 
va o‘rta ta’lim (10-11 sinflar) bosqichlari o‘rtasida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash;
– mazmunan tutash aloqadorlikka ega, mantiqiy bir-birini taqozo etuvchi va bir-bi-
riga singib, chuqurlashtiruvchi va kengaytiruvchi o‘quv fanlarini integratsiyalash uchun 
qo‘llanilib, yaxlit mantiqiy, mukammal bilim, ish-harakat usullari va shaxsiy sifatlarni 
tarkib toptirish;
5
 Nishonaliyev U.N., Tolipov O‘.q., Sharipov Sh.S. kasbiy ta’lim pedagogikasi. O‘quv qo‘llanma. 
– T.: TDPU, 2007. 
6
 Haydarov Yo. O‘rta maxsus o‘quv yurtlarida umumiy va kasb ta’limi birligining didaktik asoslari. 
– T.: O‘qituvchi, 1990. 120-b.


26

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling