Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4.   www.xtjurnali.zn.uz
– didaktik sintez, integratsiyaning fanlararo aloqadorlikni ta’minlash darajalariga 
amal qilish;
– ta’lim mazmunini integratsiyalash komponentlarini belgilashda ta’lim mazmuni-
ning an’anaviy va noan’anaviy shakllarini birlashtirish;
– ta’lim jarayonida, integrativ jarayonlar (kurs, dars)ning qo‘llanishi, o‘rganilayot-
gan obyektlarning turli muhim jihat va xususiyatlarini mumkin qadar kengroq anglab 
yetilishiga imkon beruvchi integrativ bilimlarni chuqur o‘zlashtirish va h.k.
O‘quv-ishlab chiqarish ta’limining o‘ziga xos jihati avvalo shundan iboratki, bunda 
o‘quv  jarayoni  o‘quvchilarning  unumli  mehnati  davomida  amalga  oshiriladi.  Bu  esa 
o‘quv jarayonining o‘ziga xosligini, ya’ni uning mazmuni, o‘quvchilarning o‘quv faoli-
yati, ta’lim vositalari, uning barcha asosiy tarkibiy qismlarini keltirib chiqaradi. O‘quv 
jarayoni o‘quv laboratoriyalari va ustaxonalarida tashkil etilib, ularda o‘quvchilar ilk bor 
kasbiy mahorat sirlarini egallaydilar.
korxonalarda  tashkil  etilgan  ishlab  chiqarish  mashg‘ulotlari  o‘quvchilarda  o‘zla-
ri  tanlagan  mutaxassislik  bo‘yicha  kasbiy  bilim  va  ish  harakat  usullarini  zamonaviy 
asbob-uskunalar, moslamalar va ish qurollaridan foydalanilgan holda tarkib topishiga 
sharoit yaratadi.
Bunday mashg‘ulotlar haqiqiy amaliyotga mumkin qadar yaqin sharoitda tashkil 
etilganligi sababli o‘quvchilarni tanlagan kasbiy mehnatini ijtimoiy-iqtisodiy hayot bilan 
yaqindan tanishtiradi, mustaqillik darajasi va ijodiy faolligini oshiradi.
O‘quv-ishlab chiqarish ta’limi mashg‘ulotlari tuzilmasida ko‘rsatma (instruktaj) be-
rish muhim bo‘lib,ularga boshlang‘ich, joriy va yakuniy ko‘rsatmalar kiradi.
Boshlang‘ich ko‘rsatma berish quyidagi vazifalarni o‘zida mujassamlashtirgan: 
–  talabalar  oldida  turgan  ishlar  mazmuni  bilan  va  uni  bajarish  mumkin  bo‘lgan 
vositalar bilan tanishtirish
–  butun  ishni,  uning  alohida  qismlarini  bajarish  qoidalari  va  ketma-ketligini  tu-
shuntirish; 
– mehnatning yakuniy natijasiga bo‘lgan talablar, texnik hujjatlar bilan tanishtirish; 
– mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar, xatolar haqida talabalarni ogohlantirish
– zarur hollarda operatsiyalarning bajarilishi ustidan o‘z-o‘zini nazorat qilish usu-
lini namoyish etish.
Joriy ko‘rsatma berish talabalar tomonidan amaliy ishlar bajarilayotganda o‘tkazi-
ladi. U odatda, yakka tartibda va guruh bo‘yicha o‘tkaziladi. ko‘rsatma berishda usta 
o‘quv guruhi diqqatini o‘rganilayotgan operatsiyani bajarishning eng samarali usullari-
ga qaratadi, topshiriqni bajarishga sust tayyorlangan talabalarga yordam beradi va h.k. 
Usta faoliyatining yutug‘i ko‘pincha butun guruh va har bir talaba ishi ustidan maqsad-
ga yo‘naltirilgan kuzatuvni tashkil etish mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.
Yakuniy ko‘rsatma berish bir necha didaktik va tarbiyaviy maqsadlarga ega: gu-
ruhga jamoaviy va yakka tartibdagi mehnat natijalarini obyektiv baholash, ilg‘or tala-
balarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish, u yoki bu mehnat operatsiyalarini bajarishda 
umumiy va yakka tartibdagi xatoliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini izlash 
va h.k. Yakuniy ko‘rsatmalarni to‘g‘ri berish talabalarga katta tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi, 
ularda o‘z mehnati natijasi uchun javobgarlik, jamoaga birikish, bajarilgan ishdan qo-
niqish hosil qilish, mehnatga bo‘lgan estetik munosabat hissiyotini uyg‘otadi va shakl-
lantirishga ko‘maklashadi.
O‘quv-ishlab chiqarish ta’limida o‘quvchilarning mustaqil ishlari yoki mashg‘ulot-
lari pedagogik jihatdan ilmiy asoslangan, didaktik qonun-qoidalarga binoan tuzilgan 


27
tizim bo‘lib, texnologik jihatdan ma’lum ketma-ketlikda ko‘zlangan bilim va ish-harakat 
usullarini egallaydilar. 
Yuqoridagi  aytib  o‘tilgan  mulohazalardan  xulosa  qilish  mumkinki,  o‘quv-ishlab 
chiqarish  majmualarida  kasbiy  ta’lim  mazmunini  integratsiyalash  malaka  talablari 
bo‘yicha muvofiqlashtirish va uyg‘unlashtirishni talab etadi. Mazmunan aloqador o‘quv 
predmetlarini integrativ kurslar va darslar asosida o‘rganish, integrativ bilimlarga ega 
shaxsni shakllantirish va kasbiy ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, o‘quvchilarning innovatsion g‘oya va texnologiyalarni o‘zlashtirishga 
bo‘lgan  intilishini  tarkib  toptirish,  fanlararo  aloqani  mustahkamlash,  vaqtdan  unumli 
foydalanish, olingan kasbiy bilim, ko‘nikma, malaka hamda kompetensiyalarni hayot-
da, amaliyotda keng tatbiq etishga ko‘maklashadi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling