“Kvadratlar” o‘yini (M.Sparks).
Birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyat va o‘zaro aloqador resurslar sharoitida o‘zining
individual vazifasini hal etishni talab etuvchi qisqa, biroq o‘ziga xos xususiyatga ega
o‘yin. Ishtirokchilar 5 kishidan iborat guruhlarga bo‘linishadi, guruhlarning maqbul soni 4
tani tashkil etadi. qolganlar kuzatuvchi sifatida ishtirok etishadi. Oldindan tayyorlangan
mahsulotlar har bir ishtirokchi kvadrat yasashi kerak. Ishtirokchida kvadratning barcha
qismlari mavjud, biroq bitta kamchiligi bor. Mazkur vaziyatda ishtirokchilarga kvadratning
qismlarini bir-birlari bilan almashtirish imkoniyati taqdim etiladi. Har bir ishtirokchi faqat
o‘zining vazifasini bajarish yoki umumiy yechimga kelish uchun o‘z natijalarini qurbon
qilish kerakmi? O‘yin tugagandan so‘ng, ishtirokchilarning xulq-atvor strategiyalari tahlil
qilinadi. O‘yin hamkorlikdagi faoliyatga qobiliyatlilikni rivojlantiradi. Fikrning egiluvchanligi
va fazoviy fikrlash qobiliyatini talab etadi. kerakli jihozlar: figuralar to‘plami, 4 ta stol va
20 ta stul.
Do'stlaringiz bilan baham: |