Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
Annotatsiya
129 niy asoslari belgilab berildi. О‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-noyabrda qabul qilingan “Bola huquq- larining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunida “jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bo‘lgan bolalar” va “nogiron bola” tushunchalariga ta’rif berilgan: jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bola – nogironlikni belgilash uchun ye- tarli bo‘lmagan jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) va (yoki) ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bola; nogiron bola – jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) va (yoki) ruhiy nuqsonlari bo‘lganligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordamga, himoya- ga muhtoj hamda qonunda belgilangan tartibda nogiron deb topilgan bola 1 deb ta’rif berilgan. Mazkur qonun bilan nogiron bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuq- sonlari bo‘lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam va ta’lim olishga bo‘lgan huquqlari kafolatlangan. О‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentabrdagi “Im- koniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 256-son qarori asosida tasdiqlangan “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixti- soslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) to‘g‘risida”gi Nizom bilan jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bor bo‘lgan bolalarni o‘qitish tartiblari belgilab berilgan. О‘tmishda va bugungi kunda imkoniyati cheklangan va nogiron insonlar muam- mosi bilan to‘qnash kelmagan davlat va jamiyat yo‘q. Ma’lumotlarga qaraganda, bu- gungi kunda yer yuzida 450 million nafardan ortiq turli psixik va fiziologik nuqsonlar mavjud bo‘lgan insonlar istiqomat qilmoqda va ular jami aholining 11 dan bir qismini tashkil etadi. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 3 foiz bolalar intel- lekt yetishmasligi va 10 foizdan ortiq bolalar esa boshqa psixik va fiziologik nuqsonlar bilan dunyoga kelmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalar soni dunyo bo‘yicha 200 mln. nafardan ortib ketadi. Bugungi kunda “imkoniyati cheklanganlik” tushunchasiga nisbatan ijtimoiy yon- dashuv ahamiyatining oshib borishi bu toifadagi shasxlarning nafaqat o‘zgalar yorda- miga muhtoj bo‘lgan, jamiyatning alohida – nofaol toifasini tashkil etishidan qat’iy farqli o‘laroq, rivojlanishining dastlabki davrlaridanoq ulardagi nuqsonlarnigina emas, balki boshqalar kabi jamiyatga faol integratsiyalashuvi va ijtimoiylashuv imkoniyatlarini ham o‘rganish, korrektsion-pedagogik texnologiyalar va metodlar orqali o‘zining turli soha- lardagi ehtiyojlarini qondirishga qodir bo‘lgan shaxs darajasi tomon kamol topishiga ko‘maklashish zarurligi e’tirof etilmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalarda ijtimoiy tajribaning paydo bo‘lishi va takomilla- shuvi normal rivojlanishdagi bolalarga nisbatan murakkabroq kechadi. Chunki jismoniy va psixik nuqsonlar ularning yoshiga mutanosib ravishda hayotiy faoliyatning turli so- halaridagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari va ijtimoiy-madaniy munosabat- larga erkin kirisha olishlariga halal beradi. A.R.Maler inson ijtimoiylashuvini uning jamiyatning turli sohalarida o‘ziga xos rollarni bajarish qobiliyati nuqtayi nazaridan tadqiq etar ekan, imkoniyati cheklan- ganlikni u yoki bu ijtimoiy rolni bajarish yoki o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarda deb 1 O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 24-son, 487-modda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling