“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
yechim larini aks ettirish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydala-
nish;
– pedagoglar va psixologlar malakasini oshirish uchun qisqa muddatli, masofadan
va boshqa zamonaviy usullardagi qisqa kurslar, seminarlar va treninglar tashkil etib
borish.
Ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy-profilaktik ish:
– imkoniyati cheklangan bolalar tarbiyalayotgan oilalarga tibbiy, huquqiy, ijtimoiy,
pedagogik va psixologik yordamni tashkil etish bo‘yicha loyiha va dasturlarni ishlab
chiqish va amalga oshirish;
– mazkur toifadagi bolalarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha ilmiy va amaliy
tadqiqotlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida grantlar ajratish, konferensiyalar
va tanlovlar tashkil etish orqali har jihatdan rag‘batlantirish;
– ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlash
bilan bog‘liq o‘quv jarayoni va darsdan tashqari tadbirlarni tashkil etishda, pedagoglar
va psixologlar malakasini oshirishda hamkorlik qilish.
Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, oilaviy hayotga tayyorlash ma’naviy-axloqiy,
huquqiy, jismoniy, iqtisodiy jihatlarni yaxlit aks ettirgandagina o‘zining ijobiy yechimla-
rini topadi.
Xulosa qilib aytganda, oilaviy hayotga ega bo‘lish imkoniyati cheklangan bo-
lalarning ham biologik, ham ijtimoiy haq-huquqlaridan kelib chiqib, boshqalar qatori
jamiyatning to‘laqonli a’zosiga aylanishining muhim omillaridan birini ifodalaydi. Ularni
oilaviy hayotga tayyorlash bir qarashda murakkab jarayonday ko‘rinadi, lekin ijtimoiy
institutlarning maqsadli va uzviy hamkorligi mazkur jarayonni har jihatdan qulay, to‘g‘ri
va samarali tashkil etish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |