Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4.   www.xtjurnali.zn.uz
talqin  qiladi.  Bolaning  turli  ijtimoiy  rollarni  bajarishdagi  ojizligi  uning  sotsium  bilan 
bo‘ladigan munosabatlarini ham chegaralaydi. Imkoniyati cheklanganlik o‘z navba-
tida ijtimoiy moslashmaganlik (dezazaptatsiya)ning asosiy sabablaridan biri sifatida 
namoyon bo‘ladi. 
Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiylashuvining yakuniy natijasi sifatida “mus-
taqil hayot” tamoyili ham ilgari surilmoqda. Unga ko‘ra mazkur toifadagi bolalar jami-
yatda yashashlari lozim va aslo undan ajralib qolishlari kerak emas. 
Aqli  zaif  bolalarning  aksariyat  qismi  ijtimoiy  tajribani  yetarlicha  o‘zlashtirishi  va 
voyaga yetgach o‘z-o‘zini boshqara olishi hamda mustaqil hayot kechira olishi zamo-
naviy psixologiya va defektologiyada amalda o‘z tasdig‘ini topgan. 
Oilaviy hayot inson, shu jumladan, imkoniyati cheklangan insonlar ijtimoiylashuvi-
ning murakkab bosqichi va ayni paytda avvalgi bosqichlarning hosilasi hamdir. 
Mutaxassislar ijtimoiylashuvni faoliyat va institutsional bosqichlariga ko‘ra bir qa-
tor darajaga tasniflaydilar. Bu kabi tasniflarga asoslanadigan bo‘lsak, insonning nav-
qironlik
 
(18-23  yosh),  yoshlik  (23-33  yosh),  yetuklik  (34-50  yosh),  keksalik  (50-60 
yosh), qarilik (60-70 yosh) va uzoq umr ko‘rish (70 yoshdan ortiq) davrlari oilaviy hayot 
bilan bog‘liq holda kechadi. Bu o‘z navbatida imkoniyati cheklangan insonlarga ham 
tegishlidir. 
Zamonaviy tadqiqotchilar imkoniyati cheklangan insonlar hayoti bilan bog‘liq “af-
sonaviy” – “mifologik”, ya’ni ko‘proq real voqelikka to‘g‘ri kelmaydigan qarashlar va 
tasavvurlarni uch toifaga ajratadilar:
Birinchi – ularning hayoti boshqa oddiy insonlar hayotiga qaraganda tubdan farq-
lanadi.
Ikkinchi – ular intim munosabatlarga kirisha olishmaydi va ota-ona vazifalarini ba-
jara olmaydilar.
Uchinchi – ular boshqalarning ko‘magisiz hayot kechira olmaydi va doim boshqa-
lar yordamiga muhtoj bo‘ladilar. 
Aslida imkoniyati cheklangan insonlar hayoti boshqalar hayotidan tubdan farqlan-
masa-da, ular oila qura olishi, farzand ko‘rishi va tarbiya qila olishi mumkin, bu kabi 
“afsonalar” ota-onalarning qarashlarida ham aks etadi. 
Ma’lumki,  oila  imkoniyati  cheklangan  bolalarning  ijtimoiylashuvida  dastlabki 
bo‘g‘inni  tashkil  etadi.  kuzatishlar  bunday  oilalarda,  garchi,  ularda  bolaga  nisbatan 
konstruktiv  munosabat  (boladagi  muammolarni  to‘g‘ri  qabul  qilish  orqali  unda  zarur 
ko‘nikmalarni  shakllantirish  va  rivojlantirishga  intilish)  mavjud  bo‘lsa-da,  farzandlari-
ni  oilaviy  hayotga  tayyorlash  bo‘yicha  zarur  bilim  va  ko‘nikmalarning  yetishmasligi-
dan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Xalqimiz mentalitetiga xos bo‘lgan “o‘z tengini topib ketish” 
tushunchasi ota-onalarning farzandlarining oilali bo‘lishiga moyilligini rag‘batlantirishi 
bilan birga ularga konsultativ va metodik yordam ko‘rsatishni takomillashtirishni ham 
taqozo etadi.
Hozirga
 
vaqtda imkoniyati cheklangan bolalarni oilaviy hayotga tayyorlashda qu-
yidagi muammolar mavjud: 
– imkoniyati cheklangan bolalar tarbiyalanayotgan oilalarga xos ijtimoiy-psixologik 
muammolar, ayniqsa, ularda ota-onalar va boshqa a’zolarning boladagi nuqsonlar bi-
lan bog‘liq holda uning shaxs sifatida, jumladan, oila bunyodkori – ona-ona vazifalarini 
bajaruvchi shaxs shakllanishiga ta’sirining yetarlicha tadqiq etilmaganligi;
– imkoniyati cheklangan o‘smirlar va yoshlarning oilaviy hayotga bo‘lgan munosa-
batlari, qiziqishlari, oila qurish motivlari va qadriyatlarining o‘rganilmaganligi, imkoniya-


131
ti cheklangan yosh oilalar monitoringining olib borilmasligi
– imkoniyati cheklangan o‘quvchilar tahsil oladigan maxsus ta’lim muassasalarida 
oilaviy  hayotga  tayyorlash  bilan  bog‘liq  o‘quv  va  tarbiyaviy  dasturlarning  tizimli  olib 
borilmasligi, bu jarayonda boshqa ijtimoiy institutlar va mazkur toifadagi bolalar tarbi-
yalanayotgan oilalar bilan hamkorlikning talab darajasida yo‘lga qo‘yilmaganligi; 
– rivojlanish nuqsonlarining turlariga qarab (ko‘rishida, eshitishida, intellektida va 
boshqa nuqsonlar) o‘quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha umumiy va indivi-
dual o‘quv va tarbiya dasturlari, texnologiya va metodlarining yaratilmaganligi, buning 
uchun avvalo, turli toifadagi bolalarda oilaviy hayotga oid ijtimoiy tajribalarning shaklla-
nishidagi spesifik muammolarning alohida o‘rganilmaganligi; 
– imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan qurilgan yosh oilalarga tizimli ijtimoiy 
va psixologik xizmatlar ko‘rsatishni yanada takomillashtirish zarurligi;
– inklyuziv ta’lim sharoitida imkoniyati cheklangan bolalarni oilaviy hayotga tay-
yorlash bilan bog‘liq samarali modellar va metodlarning ishlab chiqilmaganligi va bosh-
qalar. 
Imkoniyati cheklangan bolalarni oilaviy hayotga tayyorlash orqali quyidagi natija-
larga erishish mumkin: 
– ularda oilaning yuksak qadriyatlardan biri ekanligi, oilaning jamiyatimiz tayanchi 
sifatida har tomonlama e’zozlanishi va huquqiy jihatdan muhofaza qilinishi to‘g‘risidagi 
tasavvurlar va oilaga bo‘lgan hurmat tuyg‘usi tarkib topadi
– sog‘lom bolalar kabi oilaviy hayot va uning turli sohalaridagi faoliyat bilan bog‘liq 
bilim, malaka, ko‘nikma, yaxlit olganda ijtimoiy tajribani rivojlanishning ilk davrlarida-
noq o‘zlashtirib boradi;
– reproduktiv madaniyatning shakllanishi natijasida sog‘lom farzandlar dunyoga 
kelishi va mazkur toifadagi oilalarda dunyoga kelgan bolalarning sog‘lom voyaga ye-
tishi uchun imkoniyatlari kengayadi;
– oilaviy hayot bilan bog‘liq turli huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldi 
olinadi; 
– pirovardida imkoniyati cheklangan oilalar mustahkamligi natijasida jamiyat bar-
qarorligi yanada mustahkamlanadi. 
Imkoniyati  cheklangan  bolalarni  oilaviy  hayotga  bosqichma-bosqich  amalga 
 oshirilishi hamda oila, ta’lim muassasasi va ijtimoiy institutlarning o‘zaro hamkorligiga 
asoslanishi lozim.
Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik vazifalar: 
– imkoniyati cheklangan bolalarning oila qurish imkoniyatlarini tibbiy va psixologik 
tashxisning samarali usullaridan foydalangan holda erta aniqlash;
– oilalarning imkoniyati cheklangan bolalarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha 
bilimlari va madaniy saviyasini oshirib borish (konsultativ, metodik yordam).
Ta’lim muassasasida amalga oshiriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat:
– ixtisoslashuviga ko‘ra sakkiz turdagi ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatadi, ular-
ning har biri imkoniyati cheklangan bolalarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha max-
sus dasturlariga ega bo‘lishi; 
– olib boriladigan tadbirlar shakli va mazmunini belgilashda ularni o‘quv jarayo-
nida va darsdan tashqari paytlarda amalga oshirilishida o‘zaro muvofiqligiga alohida 
ahamiyat qaratish
– o‘quvchilar, pedagoglar va psixologlar uchun o‘quv va metodik qo‘llanmalarning 
yangi turkumlarini yaratish, bunda mavzu bilan bog‘liq yangi muammolar va ularning 


132

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling