Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
– Davlat ta’lim standartlari talablarining bajarilish darajasi va ta’lim sifatini baho- lashning maqbul tizimini ishlab chiqish va joriy etish. Institutsional tuzilma – rahbarlarning ish rejalarini ishlab chiqish, maq sadlarni shakllantirish, tashkilotning turli o‘zgarishlarga moslashuvchanligi, tashkilot va tashqi muhit o‘rtasidagi munosabatlarni boshqarish, shuningdek, mavjud resurslar, kadrlar- dan samarali foydalanish nazarda tutilgan va bunda: – xalq ta’lim tizimi boshqaruv organlari hamda ta’lim muassasalarini tizimli va sa- marali boshqarish; – pedagog kadrlar va o‘quvchilarni rag‘batlantirish va o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish; – ta’lim muassasasini boshqarishda o‘quvchi, o‘qituvchining ehtiyojlariga mos- lashuvchan yondashuvni ta’minlash; – ta’lim muassasalarida ijobiy ijtimoiy-emotsional va do‘stona muhitni yaratish; – ta’lim muassasasini boshqarishda o‘quvchi va ota-onalarning ishtirokini ta’minlash; – moliyaviy va boshqa resurslarni boshqarishda adolat, shaffoflik va sifat mezon- lariga rioya qilish; – kadrlarni boshqarish; – mehnat bozori va ishlab chiqarish tarmoqlarining turli sohalar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish orqali kutilayotgan natijaga erishish mumkin. 4. Natijalarni boshqarish – o‘quvchilarda kognitiv va ijtimoiy-emotsional ko‘nik- malarning rivojlanganligi; bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarning shakl lan- ganligi; o‘quvchilar (jumladan, turli ehtiyojlar va sharoitdagi) o‘z-o‘zini rivojlantirishi; fuqarolik burchi va jamiyatning taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga va ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishga tayyorligi; mehnat bozoriga kirish va kasbiy faoliyat olib borishga tayyorligini ta’minlash. Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji va mehnat bozori talablari- ga mos kasbiy malakalarga egaligi. 5. Ta’lim sifatini milliy yoki xalqaro baholash natijalari – umumiy o‘rta ta’lim mak- tablarida kompetensiyaviy yondashuvni joriy etishning tashkiliy-metodik tizimining alo- hida har bir komponenti sifati, faoliyati samaradorligi va yaxlit tizimning sifati hamda hamkorlikdagi faoliyati samaradorligini ta’minlagandagina erishiladigan ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning asosiy sharti 5 bo‘lgan ta’lim sifatini aniq mezonlar asosida baholash orqali olinadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish jara- yoni bosqichma-bosqichli, uzoq muddatli va murakkab bo‘lib, zamonaviy talablar va innovatsiyalarga muvofiq ravishda tashkiliy-metodik boshqarishni nazarda tutadi. Хalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish (2-rasm)ni hamkorlikda olib borish va jarayon ishtirokchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, metodik ta’minlash va ko‘maklashish, yo‘naltirish, boshqarish va albatta tizimli motivatsiyalash juda muhimdir. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida metodik ishlar pedagogik va rahbar xodimlar- ning kasbiy mahorati, kompetentligi va ijodiy salohiyatini har tomonlama oshirishga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘liqlikdagi tuzilmalar, ishtirokchilar, shart-sharoitlar va jarayon- 5 R. Safarova va boshqalar. O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi. – T.: Fan va texnologiya, 2014. 13-b. 33 lar, shuningdek, yo‘nalishlar, tamoyillar, fuksiyalar, uslublar, metodlar, chora-tadbirlar- dan iborat tizim bo‘lib, natijada har bir muassasada ta’lim sifati oshadi. Erishiladigan natijaning sifati tizimning har bir tuzilmasi faoliyatini yagona maqsad sari yo‘naltirilganligi, har birining o‘z funksiya va vazifalari asosida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatishning uzviyligini ta’minlashga qaratilganligi hamda o‘zaro hamjihatlikda respublika, viloyat, tuman (shahar) va muassasa miqyosida innovatsion metodik faoli- yatning samarali tashkil etilganligiga bog‘liq. Innovatsion metodik faoliyatni shartli ravishda uchta guruhga ajratish mumkin: 1. Metodik ishlarni tashkil etishning jamoaviy shakli: − kengashlar (hay’at, ilmiy-metodik, metodik, pedagogik); − konferensiyalar (ilmiy-amaliy, pedagogik); − ko‘rik-tanlovlar (yilning eng yaxshi o‘qituvchisi, metodisti va boshqalar); − seminarlar (muammoli-mavzuli, metodologik, o‘quv-amaliy va onlayn). 2. Metodik ishlarni tashkil etishning guruhlarda ishlash shakli: − o‘qituvchilarning fanlar, fanlararo metodik birlashmalari; − kafedralar; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xalq ta’limi xodimlariga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini muvofiqlashtirish kengashi (rais: vazirning birinchi o‘rinbosari) qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar Xalq ta’limi boshqar malari huzuridagi muvofiqlashtirish kengashi Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari Ta’lim muassasalari A. Avloniy nomidagi XTrXMQTMoMi Ta’lim markazi Multimedia markazi таshxis markazi Hududiy ХтХqтМОМ Fanlar va yo‘nalishlar bo‘yicha Tayanch maktablari Pedagogik kengash hududiy Tayanch maktablari Metodik xizmat ko‘rsatish tuzilmasi Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi metodika kengashi Metodik birlashmalar Barkamol avlod markazi Hamkor tashkilotlar (vazirliklar , ja - moatchilik va xalqaro tashkilotlar) Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling