Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

Ijtimoiy-iqtisodiy soha:
Mehnat bozori talablariga mos kasbiy malakalarga egaligi.
Qayta aloqa
Ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlovchi yordamchi  resurslar: Grantlar
, stipendiyalar va homiylik
1-rasm. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvni joriy etishning 
tashkiliy-metodik tizimini boshqarish modeli


31
2.  Resurslarni  boshqarish  –  umumiy  o‘rta  ta’lim  tizimida  kompetensiyaviy  yon-
dashuvni  joriy  etishning  tashkiliy-metodik  tizimini  boshqarish  modelining  gorizontal 
proeksiyasi bo‘lib, tizim faoliyatining hayotiy sikli jarayonlarini quyidagi resurslar bilan 
ta’minlashdan iborat:
O‘quvchilarning individual xususiyatlari – maktabga kelayotgan bolalarning maktabga 
tayyorgarligi, ularning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyalari, qiziqishlari va ta’limiy ehtiyojlari.
Kadrlar ta’minoti – tizimning barcha darajalaridagi komponentlar faoliyati va ja-
rayonlarning natijaviyligini ta’minlash maqsadida rahbar kadrlar, fanlar va yo‘nalishlar 
bo‘yicha  o‘quv-tarbiya  jarayoniga  o‘qitishning  zamonaviy  ilg‘or  shakllarini,  yangi 
pedagogik va axborot texnologiyalarini, o‘quvchilarning o‘quv, psixologik va jismoniy 
yuklamasini optimallashtirishni hisobga olgan holda ta’lim-tarbiyaning samarali shakl-
lari va usullarini joriy etish, pedagog-o‘qituvchilar va ularga uzluksiz metodik xizmat 
ko‘rsatuvchi  metodistlar  hamda  davlat  ta’lim  standartlari  va  talablari  bajarilishining 
tizimli monitoringini olib boruvchi mutaxassislar bilan ta’minlash.
Infratuzilma, bino va jihozlar ta’minoti – ya’ni o‘quvchilar uchun xavfsiz, moddiy-
texnik  bazasi  barcha  zamonaviy  talablarga  javob  beradigan,  jumladan,  boshqaruv 
organlari, maktablar va alohida ehtiyojga ega bolalarning (shu jumladan inklyuziv) ijti-
moiy kafolatlarini ta’minlovchi, ularning ta’lim-tarbiya olishlari uchun moslashuv muhiti 
yaratilgan ta’lim muassasalari.
O‘quv­metodik ta’minot – mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob be-
radigan, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda 
yangilangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv va o‘quv-metodik 
adabiyotlar, o‘quvchilarda kognitiv, kreativ va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi elek-
tron axborot ta’lim resurslari.
Ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlovchi grantlar, stipendiyalar va homiylik kabi yordam-
chi resurslardan samarali foydalanish. 
3. Jarayonlarni boshqarish – umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kompetensiyaviy 
yon dashuvni joriy etishning tarmoqlararo, institutsional va o‘quv-metodik jarayonlarini 
tashkiliy-boshqarish, ya’ni har bir tashkilotning:
– o‘z metodik ishlarini to‘g‘ri rejalashtira olishi;
– faoliyatining har bir yoki alohida qadamlari sifatini baholashi;
– o‘zining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda metodik faoliyati strategiyasini tan-
lashi;
– o‘zining metodik faoliyatini ichki va tashqi baholash natijalari, hamkorlar fikrla-
rini inobatga olgan holda korreksiyalab borish ahamiyatini anglay olishiga asoslanadi.
Tarmoqlararo – umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kompetensiyaviy yondashuvni 
joriy  etishning  tashkiliy-metodik  tizimini  boshqarishda  barcha  yoki  aksariyat  masa-
lalarni hal etish, jumladan, tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish, tartib-
ga solish, metodik qo‘llab-quvvatlash va motivatsiyalashni amalga oshirishdan iborat 
bo‘lib, ular quyidagicha:
–  pedagogik  kadrlarni  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  mutaxassislarga  bo‘lgan 
ehtiyoj asosida maktablarni kadrlar bilan ta’minlash (ma’muriyat va boshqalar); 
– pedagogik kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirib borish;
– o‘quv-metodik resurslarni ishlab chiqish, takomillashtirish va ta’minlash;
– ta’lim mazmunini takomillashtirish va innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha ilmiy 
tadqiqotlar olib borish;


32

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling