Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
-rasm. Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatishni
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
2-rasm. Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatishni
tashkil etish mexanizmi 34 “XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz − sinf rahbarlarining metodik birlashmalari; − tayanch maktablari; − tajriba-tadqiqot maydonchalari; − innovatsion maktablar; − mualliflik maktablari; − fan oyliklari; − pedagogik tajriba almashish va boshqalar. 3. Metodik ishlarni tashkil etishning individual shakli: − yosh o‘qituvchilarga tajribali o‘qituvchilarni ustoz etib belgilanishi; − stajirovkalar; − pedagogik faoliyatni o‘rganish va ommalashtirish; − pedagogning o‘z ustida ishlashi; − individual maslahatlar. Yuqorida sanab o‘tilgan faoliyat turlari xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini 2-rasm asosida tashkil etish, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim maktablarida metodik ishlarni kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etishni nazarda tutadi. Mazkur mexanizm komponentlari, ya’ni tuzilmalar faoliyatining yagona maqsa - d i – ta’lim sifatini ta’minlashga yo‘naltirilganligi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, har bir tuzilma resurslari, jumladan, kadrlar tarkibi sifatiga bevosita bog‘liq. Masalan, xalq ta’limi tizimi (barcha darajalar)da faoliyat olib borayotgan meto- distlarning umumiy o‘rta ta’lim maktablarida metodik ishlarni tashkil etishdagi faoliyat samaradorligi ularning kasbiy kompetentligi darajasiga bog‘liqdir. Uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish va metodistlar tarkibi sifatiga ta’sir etuvchi obyektiv va subyektiv omillar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kompetensiyaviy yon- dashuvni joriy etish bilan bog‘liq metodik ishlarni tashkil etish sifatiga bevosita ta’sir etadi. Shunday omillardan ayrimlarini keltirib o‘tish mumkin: Birinchidan, uzluksiz metodik xizmat tizimining metodistlar tarkibi yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘liq ta’minlanmagan bo‘lib, metodist lavozimiga o‘qituvchilar yoki boshqa mutaxassislik bo‘yicha faoliyat olib borgan pedagog xodimlar olinadi, sababi, oliy ta’lim muassasalarida “Metodist” mutaxassislar tayyorlanmaydi. Ikkinchidan, hududiy xalq ta’limi boshqaruv organlarida metodistlik lavozimida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning pedagogik amaliyotdan ajralib qolganligi sababi, ularning o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishini (shanba kunidan tashqari) tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjat ishlab chiqilmagan. Ammo bunday faoliyat amalda mavjud, masalan, qo‘shimcha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish Res- publika ta’lim markazi xodimlariga bir ish kuni hisobidan ruxsat etilgan 6 . Uchinchidan, metodistlar malakasi belgilangan davriylik va kurs oralig‘ida, ular- ning metodik ehtiyojlari asosida maqsadli amalga oshirib borilmasligi, o‘z ustida mus- taqil ishlamasligi natijasida axborot bilan ishlash kompetensiyalari hamda pedagogik innovatsiyalarni joriy etish ko‘nikmalarining yetarli emasligi kabi omillar mavjud. Xalq ta’limi vazirining 2018-yil 7-fevraldagi “Metodik xizmat ko‘rsatish sifatini yax- shilash, metodistlar faoliyati samaradorligini o‘rganish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha amaliy o‘quv seminarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 35-sonli buyrug‘iga ko‘ra hududlarda faoliyat olib borayotgan inspektor-metodistlar, fan metodistlarini qo‘llab- 6 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Pq-3304-son qarori, 6-ilova // qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2017-y. 35 quvvatlash, ularni rag‘batlantirish, faoliyati samaradorligini o‘rganish, metodik ehti- yojlarini aniqlash, uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida amalga oshirilayot- gan ishlar natijaviyligini tahlil qilish maqsadida onlayn diagnostika o‘tkazildi. Diagnostika natijalari tahlil qilinib, aniqlangan bo‘shliqlar va metodik ehtiyojlar asosida Respublika ta’lim markazi mutaxassislari tomonidan o‘quv-seminar dasturi, o‘quv-metodik materiallar ishlab chiqildi hamda ta’lim sifati monitoringi inspektor-meto- distlari, fan metodistlarining kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida zaruriy chora-tad- birlar belgilab olindi. Xulosa qilib aytganda, xalq ta’limi tizimida axborotlashgan jarayonlarni va turli vazifalarni markazlashtirilgan tarzda aniq vaqtda bajarish, pedagog kadrlarga sifatli metodik yordam berish, o‘quv-tarbiya jarayoniga innovatsiyalarni joriy etishning nati- javiyligi, ya’ni ta’lim sifatini ta’minlash umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kompetensi- yaviy yondashuvni joriy etishning tashkiliy-metodik tizimini samarali boshqarishga be- vosita bog‘liqdir. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling