“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
qayd qilish kerakki, ko‘plab pedagogika oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari
hamda o‘qituvchi-amaliyotchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari yetarlicha kasbga
yo‘naltirilmagan, ya’ni: oliy ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan matematika fanlari-
ning fanlararo aloqasini to‘liq tushunishmaydi, maktab matematika kursini tuzishda
buning o‘rni va ahamiyatini chuqur anglashmaydi, turli ixtisoslashgan maktablarda
matematika o‘qitish maqsadlarini aniq va ravshan anglab yetishmaydi, matematikani
o‘rganishga differentsiallashgan yondashuv mohiyatini to‘g‘ri tushunish shakllanma-
gan, o‘qitishning samarali texnologiyalarini qo‘llay olmaydilar.
Xulosa qilib aytganda, talabalarni kasbiy (metodik va psixologik-pedagogik) tay-
yorlash borasida qator tadqiqotlar olib borilmoqda; boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining
professiogrammasi ishlab chiqilgan, o‘qituvchilar faoliyati o‘zining tabiatiga ko‘ra ijodiy
xarakter kasb etishi qayd qilingan; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining “Mate-
matika o‘qitish metodikasi” fanidan metodik tayyorgarlik ularda yangi, ilgari ma’lum
bo‘lmagan bilimlarni hosil qilish yoki bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish hamda
takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari metodik tayyorgarligi hozirgi holatining tah-
lili shuni ko‘rsatadiki, integrativ bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni oliy pedagogik ta’limni
amalga oshirishning innovatsion tamoyillariga to‘la mos kelmaydi, boshlang‘ich ta’lim
rivojlanishidagi o‘zgarishlar va istiqbollar unda yetarlicha aks etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |