“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
h
ar qanday kasbiy faoliyatda uchragani kabi pedagogik faoliyatda ham kas-
biy xatolar uchrab turadi. Xatolar – insonning mavjud barcha faoliyat soha-
larida uchraydigan tipik hodisadir. Shu bois har qanday pedagogik faoliyat
ham xatolardan holi emas, lekin bu sohada yo‘l qo‘yilgan xatolarning bahosi o‘zgalar
uchun juda qimmatga tushishi, og‘riqli kechishi kuzatiladi. Chunki pedagogik xatolar
butun boshli bir inson (bola) uchun fojiali oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Pedagogik xatoning murakkab va nozikligi aksariyat holatlarda o‘qituvchi tomoni-
dan anglanmagan holda amalga oshirilishi bilan xarakterlanadi. Aynan shu holat uning
oldini olish yoki undan to‘g‘ri xulosa chiqarish imkoniyatini qoldirmaydi. Xatoning nati-
jalari yuzaga chiqqan paytda tuzatishga kech bo‘ladi yoki undan hech qanday samara
chiqmasligi aniq bo‘lib qoladi.
kasbiy-pedagogik xatolarning xilma-xilligi bois ular pedagogik faoliyatning strate-
gik hamda taktik xatolari deb ataladigan ikki katta guruhga ajratiladi.
kasbiy-pedagogik xatolar, tadqiqotchi olimlar v.A.Mijerikov va T.A.Yu ze fauchis-
larning tasdiqlashicha, ta’lim jarayonini qurishda muhim bo‘lgan amallarning oldindan
puxta rejalashtirilmaganligi mazkur xatolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. E’tirof
Maqolada ta’lim-tarbiya jarayonida uchrab turadigan kasbiy-pedagogik xatolar va ular-
ning yuzaga kelish sabablari bayon etilgan. Muallif pedagogik-kasbiy xatolarning oldini olish
va ularni bartaraf etish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berib o‘tgan.
Kalit so‘zlar. Pedagogik faoliyat, kasbiy-pedagogik xato, pedagogik maqsad, taktik xato-
lar, o‘qituvchi, o‘quvchi.
в статье изложены профессионально-педагогические ошибки и причины их
возникновения в образовательном процессе. автор даёт свои рекомендации по
профилактике и ликвидации данных ошибок.
Do'stlaringiz bilan baham: |