Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4.   www.xtjurnali.zn.uz
Shu bois, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi shaxsining tanqidiy fikrlash faoliyatini 
shakllantirib,  muntazam  rivojlantirib  borish,  “subyekt-subyekt”  munosabatini  amalda 
ta’minlash natijasida ularning ijodiy faolligi, izlanuvchanligi, irodaviy sifatlari, ishchanli-
gi, e’tiqodini tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mustaqillik yillarida birinchi marta DTS doirasida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash 
ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan parametrlar va talablar belgilab berilgan-
ligi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlashni shakllantirish o‘z yechimini ku-
tayotgan dolzarb pedagogik muammo ekanligini ko‘rsatadi va uning muhim ahamiyati 
quyidagilarda o‘z aksini topadi:
1) jamiyatda bilimdonlik o‘rnining oshishi, bilishning cheksiz imkoniyatlarini ezgu-
lik tomon yo‘naltirish tendensiyasining paydo bo‘lishi;
2) tanqidiy fikrlashning zamonaviy pedagogik texnologiyalari, innovatsion yonda-
shuv asosida talqin qilinishiga ijtimoiy zaruratning tug‘ilishi; 
3) yoshlarning bilim egallashga bo‘lgan ehtiyojining umumbashariy ahamiyat kasb 
etishi;
4) ta’lim-tarbiya jarayonida komil insonni voyaga yetkazish uchun qo‘llanilayotgan 
samarali yo‘l, shakl, metodlarni tanlash yo‘nalishiga modernizatsiyalash nuqtayi naza-
ridan yondashish va h.k.
Ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘quvchini mustaqil, tanqidiy fikrlashga undaydigan stra-
tegiya va texnologiyalarni olib kirish, ularni tanqidiy fikrlashga undovchi ijodiy peda-
gogik muhitni qaror toptirish, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida ishchan muloqot, ham-
korlik vaziyatini vujudga keltirish o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish uchun 
nihoyatda  zarurdir.  Bu  borada  O‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti   Islom 
karimovning:  “Jamiyatda  mustaqil  fikrlovchi,  erkin  shaxsni  shakllantirsak,  o‘zining 
qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga 
ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz” deyishida chuqur nazariy va 
ilmiy ma’no bor.
Pedagogika,  psixologiya,  falsafa,  sotsiologiyaga  oid  ilmiy  manbalar,  DTSlari, 
o‘quv adabiyotlarining tahlili hamda tadqiqot doirasidagi mavjud pedagogik amaliyot-
ni  o‘rganish  natijalari  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  tanqidiy  fikrlash  darajalarini 
shakllantirishga yo‘naltirilgan didaktik tizimni aniqlash, uni nazariy jihatdan asoslash 
va ta’lim amaliyotida qo‘llashga ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatdi.
Mazkur muammoning yechimiga doir qarashlar, yondashuvlar boshlang‘ich ta’lim 
va pedagogika fani konsepsiyalarida, shu bilan bir qatorda, ko‘plab xorij olimlarining 
tadqiqotlarida aynan shu masalalar o‘z aksini topgan. Ular ta’lim tizimida o‘quvchilar-
ning o‘quv-anglash faoliyatini tashkil qilish, ularda fikrlash, tushunish va nazariy qobi-
liyatlarni rivojlantirish muammolarining yechimini topishga kognitiv ta’lim konsepsiyasi 
nuqtayi nazaridan yondashganlar.
Maktab ta’limida o‘quvchilar samarali o‘qish va tanqidiy fikrlashni o‘zlashtirib bo-
rishlari muhimdir.
Tanqidiy fikrlash – o‘rganish predmeti emas, balki o‘rgatish natijasidir. O‘quvchi-
larni tanqidiy fikrlashga o‘rgatishni o‘quv tajribasiga muntazam tarzda kiritish kerak. 
Tanqidiy fikrlash odamning fikrlash uchun tayanch nuqtasidir. Bu fikrlar bilan axborot 
hamkorlik qilishning tabiiy vositasi, o‘quvchilar axborotni inkor qilishlari, o‘zgartirishlari, 
qaytadan tuzishlari, moslashtirishlari yoki e’tiborga olmasliklari mumkin.
“Tanqidiy fikrlash” atamasi ilk bor XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lib, yangi, 


45
tushunib bo‘lingan g‘oyalar tekshirilayotganda, baholanayotganda, rivojlantirilayotgan-
da va qo‘llanayotganda sodir bo‘ladi”, – deb ta’kidlaydi o‘zbek olimi S.S. G‘ulomov. 
Bir  qator  pedagog-psixolog  olimlar  (I.S.kon,  L.S.Rubinshteyn,  S.S.G‘ulomov, 
      E  .G‘oziev)   tanqidiy fikrlash “yuqori tartibdagi” fikrlashni bildiradi (Benjamin Blum tizi-
miga ko‘ra o‘rganish qobiliyatlarining so‘nggi oliy pog‘onasi), degan g‘oyani ilgari su-
rishsa, faylasuf olimlar (Z. G‘ofurov, J.Tulenov, q.Nazarov) fikrlaricha – “tanqidiy fikr-
lash” deganda mantiqiy fikrlash va isbotlash ko‘nikmalari tushuniladi, uning yordamida 
o‘quvchilar diqqat bilan o‘qish, chuqur munozaralar yuritish va yozuvda o‘z fikrlarini 
aniq va o‘ylab ifoda etish imkonini oladilar”. 
Yoki amerikalik olim J.Dyuining fikricha: “O‘quvchilar muayyan muammo bilan 
shug‘ullana  boshlasalargina,  ularda  tanqidiy  fikrlash  paydo  bo‘ladi.  Shu  sababli, 
o‘quv jarayonining boshlang‘ich nuqtasi hisoblangan, biror vaziyat yoki hodisaga te-
gishli  bo‘lgan  eng  muhim  savol  bu  hodisa  qanday  muammoni  vujudga  keltirishini 
anglatadigan savoldir. Faqatgina muayyan muammo bilan kurashib, murakkab vazi-
yatdan chiqish uchun o‘zining shaxsiy yo‘lini izlagandagina, o‘quvchi haqiqatan ham 
fikrlaydi”. 
Darhaqiqat, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash darajasini 
aniqlash zaruriyati mavjud. Chunki, tanqidiy fikrlash mustaqil fikrlashning tarkibiy qis-
midir. 
O‘quvchilarning  tanqidiy  fikrlash  darajalari  bir  qator  pedagogik  metodlar  orqali 
aniqlanadi.  Masalan,  Ya.Yirasek,  A.kernlar  tomonidan  ishlab  chiqilgan  yoshlarning 
tanqidiy fikrlashga moyilliklarini aniqlovchi testlari, D.B.Elkoninning “Grafik diktant”lari, 
A.L.vengerning “Nuqtalar bo‘ylab chizish”, I.Shvansarning “Aqliy rivojlanishni diagnos-
tika qilish”, O.Hasanboyevaning “kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning qobiliyatlari-
ni tashxislash” kabi metodikalari shular jumlasidandir.
Bir qator olimlarlar har qanday fikrlash uchun xotira muhim ekanligini ta’kidlaydilar. 
O‘quvchining tanqidiy fikrlash jarayonini tadqiq etgan mutaxassislar tanqidiy fikrlash-
ning vujudga kelishi uchun aqliy faoliyatning murakkab turlarini hosil qilish zarurligini 
ko‘rsatib o‘tadilar.
Nemis olimi M.Mauermanning ta’kidlashicha: “Tanqidiy fikrlash – bu inson  uchun 
fikrlashning tayanch nuqtasi, g‘oyalar va axborotlar bilan o‘zaro munosabatga kirishish-
ning tabiiy usulidir. U dars va darsdan tashqari jarayonlarda sodir bo‘ladigan faoliyat 
bo‘lib, o‘quvchiga axborotlarni qat’iy nazorat qilish imkonini beradi”. Demak, bu jara-
yonda, o‘quvchi idrok etilayotgan ma’lumotni qayta ko‘rib chiqishi, uni o‘ziga moslash-
tirishiga imkoniyat yaratiladi.
Barcha  fikrlarni  umumlashtirib,  quyidagicha  xulosaga  kelindi:  tanqidiy  fikrlash
 
– bilimni o‘zlashtirish va mustaqil fikrlashning yuqori darajadagi tarkibiy qismi bo‘lib, 
shaxsning voqea, hodisa, borliqni obyektiv idrok etish imkoniyatini kengaytiruvchi aqliy 
hodisadir. Tanqidiy  fikrlashda  g‘oyalar  va  ularning  ahamiyati  ko‘pfikrlilik  nuqtayi  na-
zaridan ko‘rib chiqiladi hamda ular boshqa g‘oyalar bilan taqqoslanadi. Unda tahlil, 
taqqoslash, izohlash, yangilik kiritish, muammolarni hal qilishga alohida e’tibor beriladi 
hamda o‘quvchilarda bunyodkor g‘oyalarning yovuz g‘oyalar ustidan g‘alaba qozoni-
shiga ishonch paydo qilinadi.
Amalga oshirilgan tahlillar natijasi ushbu aqliy faoliyatda g‘oya va imkoniyatlar-
ni ijodkorlik bilan uyg‘unlashtirish, konsentratsiyalash hamda axborotlarni qayta tahlil 
etishga zamin yaratilishini ko‘rsatdi. 
Bunda: 


46

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling