Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

yod olingo‘qing”, “gaplarni ko‘chi-
ring va shunga o‘xshash tartibda berilgan, vaholanki, o‘quvchilarning tanqidiy fikrla-
shini shakllantirish uchun 
u yoki bu muammo bo‘yicha fikr bildiring”, “u yoki bu 
obyekt, masalani qiyoslang, taqqoslang”, “tahlil qiling”, “izohlang” tarzida beril-
gan topshiriqlar muhimdir.
Tadqiqot doirasida olib borilgan so‘rovnomalar natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, 
maktab o‘qituvchilarining asosiy qismi o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish 
jarayonini faqat dastur va darsliklarda belgilangan talablar va muayyan topshiriqlarni 
mavjud hollardagini amalga oshirishadi. Masalan, o‘quvchilarda innovatsion metod-
lar orqali tanqidiy fikrlashni shakllantirishda metodik ko‘rsatma sifatida faqat dastur 
va darsliklarda belgilangan talab va topshiriqlar yordam berishi mumkin deb – 61 
kishi, yoki 70,2 foiz o‘qituvchi javob berishdi. Respondentlarning 58 nafari, ya’ni 67,4 


47
foizi turli adabiyotlar, Internet, elektron pochtadan foydalanish mumkin, degan fikrni 
bildirishdi.
Shaxsiy tajriba va intuitsiyasi asosida ish yurituvchi o‘qituvchilar – 19 nafarni, ya’ni 
21,9 foizni tashkil etdi. 76 kishi, ya’ni 84,7 foiz respondent tanqidiy fikrlashni shakl-
lantirish uchun maxsus metodika ishlab chiqilmaganligini qayd etishdi va mazkur mu-
ammo bo‘yicha adabiyotlar kamligini, ular ham deyarli rus yoki ingliz tilida ekanligini 
ta’kidlashdi. 
Maktab o‘qituvchilarining 78 foizi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning tanqi-
diy  fikrlash  darajasini  oshirish  uchun,  avvalambor,  ularda  “o‘qish  qobiliyati”ni  shakl-
lantirish, intellektual va ruhiy rivojlanish o‘rtasida o‘zaro uzviylikning mavjud bo‘lishini 
ta’minlash lozim, deb o‘ylaydi. 
So‘rovnoma tahlillaridan shunday xulosaga kelindiki, birinchidan, zamonaviy ta’lim 
berishda asosiy urg‘u o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashlarini shakllantiradigan o‘quv ma-
teriallarni tanlashga qaratilishi lozim bo‘lsa, ikkinchidan, o‘qitish jarayonini didaktik loyi-
halashda o‘quvchilar intellektualligini oshiruvchi innovatsion metodlardan foydalanish 
lozim, uchinchidan, o‘quvchilarning eng muhim psixologik xislatlarining alohida ahami-
yatga ega ekanligini inobatga olish (chunki tanqidiy fikrlash aqliy faoliyatda, qiziqishda, 
munosabatda, xulq-atvorning tashqi shakllarida, ijtimoiy-axloqiy sohada o‘z ifodasini 
topishi muqarrardir) zarur.
Bugungi  kunda  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarida  tanqidiy  fikrlash  ko‘nikmalarini 
shakllantirishning samarali yo‘llarini topish, ularning tanqidiy fikrlash bilan bog‘liq xat-
ti-harakatlarini rag‘batlantirish uchun tanqidiy fikrlashga o‘rgatishga qaratilgan peda-
gogik tizimni ishlab chiqish va ilmiy jihatdan asoslash lozim. 
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  tanqidiy  fikrlashini  shakllantirish  orqali  ularni 
sog‘lom fikrli, dunyoqarashi keng, kuchli, bilimli bo‘lishlariga erishamiz. O‘quvchi agar 
tanqidiy fikrlay olsa, o‘ziga va olamga munosabat bildirishning turli usullariga ega, suh-
batdoshining  qarashlariga  faqat  mantiqqa  asoslanib  emas,  balki  unga  nisbatan  o‘z 
nuqtayi nazarini asoslay oladi. Bunday o‘quvchi turli axborotlar bilan ishlashda o‘ziga 
ishonchni his qiladi, ta’limning turli resurslaridan samarali foydalana oladi. Zero, tanqi-
diy fikrlashga o‘rgangan bola o‘ziga va tashqi olamga nisbatan talabchan va hodisalar-
ni adekvat baholay oladigan shaxs bo‘lib shakllanadi. 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling