Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4.   www.xtjurnali.zn.uz
1) o‘quvchilarni tanqidiy firklash ko‘nikmalarini egallashga ruhan tayyorlash;
2) o‘quvchilarning o‘z fikrlari qat’iyligiga bo‘lgan ishonchini barqarorlashtirish;
3)  muayyan  sinf  o‘quvchilarida  jamoaviy  tarzda  tanqidiy  fikr  yuritishga  yo‘nalti-
rilgan pedagogik vaziyatni vujudga keltirish amaliyotini tadbiq etish muhim ahamiyat 
kasb etadi.
Tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarining shakllanishi o‘quvchiga quyidagi imkoniyatlarni 
beradi:
fikrlash jarayoni jadallashadi;
– o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘ya boshlaydilar hamda ushbu maqsadga eri-
shish yo‘llarini izlaydilar;
– o‘zaro bir-birlari bilan faol muloqotga kirishish ko‘nikmasini egallay boshlaydilar;
bilim olish, yangi axborotlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish ortadi;
– o‘quv-biluv jarayonida o‘quvchilarda faollik ta’minlanadi;
– ular orasida vujudga kelgan rang-barang fikrlarni tinglash va mushohada qilish 
ishtiyoqi kuchayadi;
– o‘z fikrlarini dadil bayon qilish ehtiyoji vujudga keladi;
– egallagan bilim va tushunchalarini qayta ishlash, ular yordamida fikr ifodalash 
imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tanqidiy fikrlashga o‘rgatish 
jarayonini tizimli tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 
DTS va o‘quv dasturlarining tahlillari shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarda mustaqil fikr-
lash uchun talablar belgilab berilgan bo‘lsa-da, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakl-
lantirishga  oid  muayyan  ko‘nikmalarni  tarkib  toptirish  nazarda  tutilmagan. Amaldagi 
darsliklarda  ham  o‘quvchining  tanqidiy  fikrlash  ko‘nikmasini  shakllantirishga  xizmat 
qiladigan o‘quv materiallari kam uchraydi. O‘quvchilar turli o‘quv predmetlarini o‘zlash-
tirish  jarayonida  bir  tomondan  muayyan  bilimlarga  ega  bo‘lsalar,  ikkinchi  tomondan 
O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy hayoti va turli sohalarda bo‘layotgan o‘zgarishlardan 
xabardor bo‘lishadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quv dasturlari, darsliklari, chunonchi, O‘qish, Tabiatshunoslik, 
Ona tili darsliklarining tahliliy natijalari shuni ko‘rsatdiki, ularda o‘quvchilarning tanqidiy 
fikrlashini shakllantirish bilan bog‘liq talablar aniq ifodalanmagan. Amaldagi darsliklar 
(O‘qish, Ona tili)da 3-,4-sinf o‘quvchilari uchun taqdim qilinayotgan o‘quv materiali va 
ular bo‘yicha tuzilgan topshiriqlar ko‘p hollarda tahlil qilish, taqqoslash, izohlash, bahs-
lashish, yangi muammolarni hal qilish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilma-
gan, o‘quvchilarning fikrlash jarayonini baholashga alohida e’tibor berilmagan. 
Ta’limiy topshiriqlar aksariyat hollarda 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling