Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4.   www.xtjurnali.zn.uz
kursini faol va chuqur bilishga asoslangan kasb mahorati asoslari, o‘quv fani sifatida 
matematikaga hamda o‘qituvchilik kasbiga ijobiy munosabat orqali o‘zlashtirilgan fan-
ning ilmiy asoslari hamda metodik ta’minoti maqsadga yo‘naltirilgan
3
.
J.O.Tolipovaning  doktorlik  disertatsiyasida  biologiya  o‘qituvchisi  ilmiy-metodik 
tayyorgarligini tarkib toptirish va mazkur tayyorgarlikni orttirishning konseptual asosla-
ri; ularni ilmiy tayyorgarlik darajasini orttirish mazmuni va metodik tizimini tashkil etish, 
boshqarish, samaradorlikka erishish yo‘llari; umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar 
ta’limi muassasalarida biologiya o‘qitish jarayonini takomillashtirishning nazariy-meto-
dik asoslari hamda biologiya o‘qitish jarayonida pedagogik va axborot-kommunikatsi-
ya texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari ishlab chiqilgan. 
O‘rganilgan tadqiqot ishlarida o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillash-
tirishga zaruriy darajaga erishilmaganligi quyidagicha keltiriladi: bo‘lajak o‘qituvchilar-
da metodik qarashlarni shakllantirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni o‘z fani vosita-
lari orqali amalga oshirish, ularga didaktika tamoyillari hamda pedagogik faoliyatning 
shakl, metod va vositalarini izchil o‘rgatish tizimi mavjud emasligi; matematika, ma-
tematika o‘qitish metodikasi o‘quv dasturlari mukammal emasligi, ularda yuklamalar 
ko‘pligi, biroq sifat jihatidan yuzaki va matematika o‘qituvchilarini tayyorlashga aniq 
yo‘naltirilmaganligi; fanlararo aloqa yo‘qligi; nazariya va amaliyot o‘rtasida aloqaning 
yo‘qligi; kasbga yo‘naltirilmaganligi; innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy eta olmas-
ligi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga “Matematika” fanini o‘qitishda masala materialla-
riga alohida e’tibor qaratiladi. Bir qator metodistlar tomonidan bo‘lajak boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga masalalar yechishni o‘rgatish bo‘yi-
cha tayyorgarligiga muayyan e’tibor qaratilishini tabiiy hol sifatida qabul qilish mumkin 
(M.Jumayev, M.Zayniddinova va boshqalar). kuzatish va tajribalar shuni ko‘rsatadiki, 
matematik masalani barcha boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ham to‘g‘ri tushuntirib bera 
olmaydi. 
Yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan  olimlar  o‘qituvchilar  tomonidan  masalalarning  maz-
mun-mohiyati,  ularni  yechish  jarayoni  haqida  nazariy  bilimlar  tizimi  o‘zlashtirilishi, 
o‘quvchilarda  masala  yechish  bo‘yicha  umumiy  bilim,  ko‘nikma  va  malaka  yetarli 
bo‘lishini ta’minlashi kerakligi haqida so‘z yuritgan. 
M.Zayniddinovaning  ilmiy  tadqiqot  ishlarida  og‘zaki  masala  va  misollar  orqali 
boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarini  hisoblash  malakalarini  shakllantirish  keltirib  o‘tilgan. 
Muallifning fikricha, “boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining hisoblash ko‘nikma va malaka-
larining shakllanganlik darajasi va sifatini oshirish uchun aniq hisoblash holatini o‘rga-
tish bosqichi juda muhimdir”. 
Shunday  qilib,  mavjud  tadqiqot  ishlarida  talabalarni  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchi-
lariga  “Matematika”  fanini  o‘qitishga  tayyorlashning  ko‘plab  jihatlari  ko‘rib  chiqilgan: 
oliy ta’lim muassasalari matematika kursining boshlang‘ich sinf matematika kursi bilan 
aloqasi; talabalarni metodik-matematik integratsiyalash yo‘llarini izlash; bo‘lajak bosh-
lang‘ich sinf o‘qituvchilarini boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga masalalar yechishni o‘rga-
tishga metodik tayyorlashni takomillashtirish; matematik tushunchalarni shakllantirish; 
o‘quvchilarning matematik fikrlashini rivojlantirish va boshqalar.
Talabani  matematika  o‘qitish  metodikasi  fanida  shaxsga  yo‘naltirilgan  metodik 
3
 тулаганов т.Р. Профеccиональная направленноcть математичеcкой подготовки учителей.: 
автореферат  диccертации  на  cоиcкание  ученой  cтепени  доктора  педагогичеcких  наук.  –  т., 
1990. – С. 38. 


39
tayyorlash quyidagilarda namoyon bo‘ladi: tayyorlashni tashkil qilishda “Matematika” 
fanini o‘qitish (maktabda va oliy ta’lim muassasalarida) jarayoni ishtirokchilari sifatida 
talabalarning o‘z tajribasini hisobga olish; muayyan kasb malakasiga erishish yo‘llarini 
tanlash  imkonini  berish;  bilish  faoliyatining  subyekti  sifatida  talabada  yangi  nuqtayi 
nazarni shakllantirish.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodkor shaxsni rivojlanti-
rishga tayyorlash – talabalarga boshlang‘ich ta’lim matematika kursida yetakchi ma-
tematik g‘oyalar ifodasini ko‘rishni, tevarak olamda matematik qonunlar amal qilishini, 
amaliy faoliyatda matematikaning qonunlari, dalillari, tushunchalari, munosabatlari va 
h.k.lardan foydalanishni o‘rgatish maqsadiga ega.
Metodik tayyorgarlikning maqsadi sifatida matematika o‘qitish jarayonida bosh-
lang‘ich sinf o‘quvchilarida shaxs rivojlanishini amalga oshirish uchun layoqatli bo‘lajak 
pedagog ijodkor shaxsini shakllantirish namoyon bo‘ladi.
Talabalarning  metodik  tayyorgarligini  takomillashtirish  –  an’anaviy  o‘qitiladigan 
kurslarni zamon talablariga mos ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion texno-
logiyalar orqali takomillashtirish hamda matematik ixtisoslashuvni ta’minlovchi yangi 
kurslar tizimini ishlab chiqish hisobiga ta’lim jarayonini mazmunan yangilashdir. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tash-
kil etiladigan darslar o‘zaro bog‘liq ikkita muammoni hal etadi: ixtiyoriy faoliyatning 
doimiy  tahlili  uchun  psixologik  ko‘rsatmalarni  shakllantirish  zaruriyati  va  uni  tako-
millashtirishdan to butunlay yangi texnologiyalar joriy etish yo‘llarini tizimli ravishda 
qidirish. 
Ta’lim jarayonida talabalar ilmiy yondashuvni amalga oshirish uchun zaruriy bo‘l-
gan asosiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaydi (masalani to‘g‘ri qo‘yish, berilgan 
jarayon, hodisalar, vaziyatlar va boshqalar bo‘yicha ma’lum miqdorlarni tahlil qilish va 
umumlashtirish, ushbu masalani yechish uchun mavjud uslubiyatlarni ko‘rib chiqish, 
farazni ilgari surish, uni sinov va tekshirishdan o‘tkazish, natijalarini tahlil qilish, umu-
miy xulosalarni shakllantirish). Tadqiqot mavzulari sifatida talabalarga ilmiy-metodik 
muammolarni taklif qilish mumkin.
Shunday  qilib,  tadqiqotlar  tahlili  shuni  ko‘rsatadiki,  bo‘lajak  boshlang‘ich  sinf 
o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligiga oid jahon standartlari metodik tayyorlash 
jarayonida faoliyatga oid jihatlarni shakllantirish, rivojlantirishga yo‘naltiriladi, bu kas-
biy tayyorgarlik nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega: talabalar yangi bilimlarni 
egallashi, tayyor matematik va metodik bilimlarni mustaqil o‘rganishi, fanning ichki 
va fanlararo aloqasini, matematika qonuniyatlarining umumiyligini tushunishi, mate-
matik ta’limni o‘zlashtirishi, har bir o‘quvchi o‘qituvchi bilimlaridan nusxa ko‘chirmay, 
shaxsiy qabul qilish va axborotlarni qayta ishlash xususiyatlariga qarab matematik 
bilimlar  haqida  o‘z  tasavvurini  shakllantirishi  lozim  ekanini  tushunishi,  o‘quvchilar 
tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining psixik xususiyatlari va qonuniyatlarini 
bilish, matematik bilimlarni o‘zlashtirish psixologiyasi masalalari, innovatsion peda-
gogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan zamonaviy metodi-
ka bilan tanishishi lozim.
Bo‘lajak  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilarini  metodik  tayyorlashni  takomillashtirish 
muammosi bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy ishlar tahlili quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
– bo‘lajak o‘qituvchilarning individual qobiliyatlari va imkoniyatlariga yo‘nalganlik 
hisobiga matematika o‘qitishning ijtimoiylashuv jihatlarini amalga oshirish
– ham mazmuni, ham faoliyat metodlariga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari ma-


40

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling