Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
Annotatsiya
37 Shunday ekan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash oliy ta’lim muassa- sasi o‘qituvchilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchisining faoliyati shaxsning o‘quv jarayonida ta’lim olishi uchun qo‘yilgan talab va qobiliyatlarini shakllantirishga sharoitlar yaratib berish- ga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur va puxta ilmiy bilimlarga asoslanib o‘quv jarayoniga kirishar ekan, pedagogik va psixologik bilimlarni ham mukammal bi- lishi, dars berish metodikasini hamda texnologiyasini egallagan bo‘lishi kerak. Mutaxassis tayyorlashda oliy ta’lim ijodiy kasb faoliyatiga, ijodiy fikrlovchi shaxs- ni shakllantirishga imkon beruvchi tegishli matematik madaniyatga, mutaxassislarda yetarlicha yuqori matematik tayyorgarlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Oliy ta’limning me’yoriy-huquqiy hujjatlarida qayd etilganidek, bu bosqich mustaqil ijodiy kasb faoliyati bo‘yicha metodik tayyorgarlikka ega mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Hozirgi kunda bitiruvchilarning metodik tayyorgarligiga qo‘yilgan Davlat ta’lim standarti talablari, ta’limning yangi konsepsiyalari, boshlang‘ich ta’limda sifat va sa- maradorlikni oshirish va boshqalar talabalarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ish- lash uchun metodik-matematik tayyorlashga jiddiy o‘zgartirish kiritishni taqozo etmoq- da. Matematika va matematika o‘qitish metodikasi fanlarini ta’lim-tarbiya jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodkor shaxsni rivojlantirish tendensiyasi bilan bog‘liq ravish da boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash ham jiddiy o‘zgarishlarni talab qi- ladi. So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda muayyan ishlar amalga oshirildi. Biz matematiklarning o‘qituvchilik kasbi ijodiy yondashuv talab qilishi va uning o‘zi ijodkorlikni shakllantirish bo‘yicha ulkan imkoniyatlarga ega ekanligi haqida qa- rashlariga qo‘shilamiz. Maktab o‘quvchilarida ijodkorlikni ijodiy fikrlovchi o‘qituvchi ri- vojlantirishi lozim. Biroq bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini o‘quvchilarda ijodkor shaxsni rivojlantirish bo‘yicha ishlari samarali kechishini ta’minlovchi metodik bilimlar bilan qurollantirish o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik tayyorlashning juda muhim va is- tiqbolli qismi sanaladi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligi bo‘yicha zamo- naviy tadqiqotlarda matematik ta’limning shaxsni rivojlantirishdagi imkoniyatlari, o‘qi- tish texnologiyalarini takomillashtirish ochib beriladi. quyida keltirilgan tadqiqot ish- larining metodik tavsiyalari oliy ta’lim muassasalari amaliyotida muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. N.L.Stefanovaning ilmiy izlanishlarida pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ma- tematika o‘qituvchisini metodik tayyorlash tizimini rivojlantirishning nazariy asoslari keltirilgan bo‘lib, muallif tomonidan kasb ta’limi tizimining kichik tizimi sifatida ko‘rib chiqiladi. Talabalarni o‘qitish mazmuni, uning fikriga ko‘ra, umumiy matematik ta’lim- ning zamonaviy tizimi va uning kelib chiqishi, fan sohasining tuzilishi va metodologiya- si, o‘quvchilarning bilish faoliyati jarayonidagi guruhga oid va individual xususiyatlar, o‘rta maktabda ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yish texnologiyasi va amalga oshirish texni- kasi haqida bilimlar sohasini o‘ziga qamrab oladi 2 . T.R.Tulaganov o‘z tadqiqot ishida kelgusida o‘rta maktab matematika o‘qituvchi- si sifatida faoliyat yuritadigan talabalarni matematik tayyorlashning kasbiy-pedagogik yo‘nalganligi muammosini tahlil qiladi. Ya’ni ta’limning talabalarda maktab matematika 2 Cтефанова н.Л. теоричеcкие оcновы развития cиcтемы методичеcкой подготовки учителя математики в педагогичеcком вузе. Диcc. на соиск. уч. степени доктора пед. наук, – СПб., 1996. – С. 307. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling