Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
tematika kursi bilan boshlang‘ich sinf matematika kursi o‘rtasida o‘zaro cham- barchas aloqani shakllantirish. Bu yerda masalalarning grafik, hajmiy, natural va erkin shakllari elementlarini, amaliy ishlar va boshqalar, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga e’tiborni kuchaytirish (ma- salan, masalalar yechish layoqati); alohida fanlar o‘rtasidagi fanlararo aloqalarni o‘rnatish, bu turli fanlar bo‘yicha talabalar bilimlarini birlashtirishga imkon beradi (integrativ yondashuv); – kompetentlik yondashuvi orqali talabalar ta’limi integratsiyasini amalga oshirish; bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha talabalarni metodik tayyorlashni takomillashtirish (di- daktika, psixologiya, matematika fanlari bilan aloqa hisobiga o‘qitish metodikasining nazariy darajasini yuksaltirish); – metodika kursining amaliy yo‘nalganligiga e’tiborni kuchaytirish; pedagogik va metodik amaliyotdagi aloqalar, qisman qidirish, qidirish va tadqiq qilish tusidagi top- shiriqlarni joriy qilish hisobiga bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining matematika o‘qitish metodikasini o‘rganish samaradorligini oshirish; – axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; boshlang‘ich sinf va o‘rta bo‘g‘in o‘quvchilarining matematikani o‘rganishida uzviylikni amalga oshirishga talaba- larni tayyorlash, bu boshlang‘ich matematika kursidagi masalalarni rivojlantirish istiq- bollarini ko‘rsatadi; – talabalarning matematik ta’limi differentsiallashuvi va individuallashuvi, bo‘lajak o‘qituvchilarni ixtisoslashgan maktablarda, litseylar va boshqalarda ishlashga tayyor- lash; – boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini matematika to‘garagi, olimpiadalar kabi faoliyat shakllarini yo‘lga qo‘yishga layoqatli shaxs darajasiga yetkazish, talabalarning umumiy madaniyatining asosiy komponentlarini shakllantirishni amalga oshirish. Ilgari surilgan masala doirasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyor- lashdagi joriy holat yangi tendensiyalar bilan qay darajada mutanosibligini ko‘rib chiqa- miz. Yaqin vaqtlargacha mavjud bo‘lgan an’anaviy ta’lim talabalar ongida “bilimlarni jamlash” hamda maktab o‘quvchilari tomonidan muayyan bilim, ko‘nikma va malaka- lar o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan edi, ya’ni ta’lim maqsadlari ustuvor sanalardi. Shun- ga muvofiq ravishda o‘quv faoliyati bilimlarni samarali qo‘llashga emas, balki aynan takrorlashga mo‘ljallangan jarayonlarni rivojlantirishga qaratilgan edi. Hozirgi vaqtda metodik tayyorlash tizimi nazariy bilim va uni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha amalga oshirilmoqda. Talabalar o‘zini o‘qitgan o‘qituvchidan o‘rnak olganligi bilan birgalikda shaxsiy va kasbiy shakllanishga kamroq e’tibor qaratishmoqda. kurs- larning aksariyati talabalar tomonidan tayyor bilimlar va etalonlarga javob beruvchi faoliyat metodlari o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan (to‘g‘ri, ijodiy, mustaqil, kurs va bitiruv malakaviy ishlari mavjud, lekin kurs ishlari asosan referativ tarzda bo‘ladi). Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorlash maqsadlarida sezi- larli o‘zgarishlar bo‘lganiga qaramay, talabalar zamonaviy ta’lim talablariga javob ber- maydigan eski o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanishni davom ettirmoqda. Yuqorida aytib o‘tilganidek, boshlang‘ich sinflarda rivojlantiruvchi ta’limni ro‘yob- ga chiqarish uchun bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash maqsadida yaratilgan N.B.Isto- minaning “Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi” (1999) o‘quv qo‘l- lanmasi va L.P.Stoylovaning “Matematika” o‘quv qo‘llanmasi (1998), M.E.Jumayev, Z.G.Tadjiyevaning “Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi” (2008) bi- 41 rinchi navbatda, pedagogika kollejlari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Shuning uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarni tayyorlash uchun maxsuc o‘quv qo‘llanmalari yaratish masalasi hanuzgacha dolzarbligicha qolmoqda. Pirovard maqsadlarni amalga oshirish uchun chuqur bilimlarni yuksak metodik mahorat bilan uyg‘unlashtira oluvchi, pedagogik faoliyatni nafaqat o‘quv-bilish faoliya- tini tashkil qilishning zamonaviy texnologiyalari, shakl va metodlarini, balki bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda rejalashtiruvchi o‘qituvchi talab qilinadi. Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishiga jiddiy e’tibor qaratgan holda mu- taxassislarni mutanosib darajada tayyorlash zarur bo‘ladi. Bizning fikrimizcha, pedagogika oliy ta’lim muassasalari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini differentsiallashgan ta’lim olib boriladigan maktablar sharoitida faoliyat yuritishga tayyorlashi, har bir maktab o‘quvchisining qiziqishlari va qobiliyatlari hisobga olingan holda maktab o‘quvchilarida shaxs rivojlanishini ta’minlovchi shaxsga yo‘nal- tirilgan ta’limni amalga oshirishning asosiy yo‘llaridan biri sifatida differentsiallashgan ta’limga ijobiy munosabatni shakllantirishi lozim. Shunday qilib, umumta’lim maktablarida matematika ta’limining rivojlanishida qayd qilingan tendensiya pedagogika oliy ta’lim muassasalari oldiga yangi vazifalarni qo‘yadi. Chunki o‘qituvchining kasbiy mahorati asoslari va mezonlari o‘zgarmoqda. Maktab taraqqiyotining hozirgi bosqichida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga “Mate- matika” fanini o‘qitishda o‘qituvchining kasbiy mahorati hamda metodik tayyorgarligini takomillashtirish asoslarini quyidagicha ta’riflash mumkin: – boshlang‘ich sinflarda muvaffaqiyatli ishlash uchun zaruriy matematik, peda- gogik, psixologik, metodik bilim, ko‘nikma va malakalar sintezi; – kasbiy mustaqil ta’limga, boshlang‘ich va ixtisoslashtirilgan maktablarda “Mate- matika” o‘qitishda o‘quv masalalarini to‘g‘ri tushunishga metodik tayyorgarlik; – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitish, o‘quv jarayonida ularni tarbiyalash va rivojlantirish ishlarini samarali amalga oshirishga qodirlik. Boshlang‘ich matematika kursi, bir tomondan, bilimlar boshqa sohalarida foydala- niladi va bolalar tafakkuri rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang‘ich bilimlar yagona majmuini yaratadi, ikkinchi tomondan zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikr- lashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 6–10 yoshli bolalarining fikrlash qobiliyatlarini shakllanishida mas’ul davr ekanli- gini psixologlar isbot qilishgan. Mana shu bolalikda shakllantirilmagan narsalarni ke- yinchalik to‘ldirish juda qiyin.Shu sababli boshlang‘ich ta’lim metodikasining, xususan, matematikadan boshlang‘ich ta’lim metodikasining markaziy vazifalaridan biri o‘qitish- ning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta’minlashda o‘qitishni bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta’sirlarini jadallashtirishdan iborat. Matematikadan boshlang‘ich ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etish mumkin. Bu ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matema- tikani o‘qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) o‘z ichiga oladi. Biroq birgina na- zariy bilimlarning o‘zi yetarli emas. O‘qitishning ma’lum mazmuni va o‘qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta’sirlanadigan u yoki bu o‘quv yo‘nalishi uchun eng yaroqli usullarini va qo‘llay bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o‘zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarur. Ayni shu boshlang‘ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun o‘quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish ayniqsa muhimdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling