Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/146
Sana08.01.2022
Hajmi1.2 Mb.
#250550
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   146
Bog'liq
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
6. Mustaqil, uzluksiz mediata’lim. (Bu yo‘nalish nazariy jihatdan insonning butun 
umri davomida amalga oshiriladi).
Bugungi  kunda  media,  ya’ni  ommaviy  axborot  vositalari,  kino,  teatr,  san’atning 
turlari, madaniyat sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har qanday ma’lumot 
inson ongiga o‘zining ma’lum bir ta’sirini o‘tkazib, uning dunyoqarashini o‘zgartirish-
ga sabab bo‘lmoqda. yuqorida tilga olingan tushunchalarning qo‘llanilishi va bugungi 
kunda mediata’lim, mediasavodxonlik, mediatanqid va mediani o‘rganishga bo‘lgan in-
tilishning asosiy maqsadi ham axborotning yaratilishi, uning tarqalish jarayonini tushu-
nib yetish, tijorat, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan 
axborotning mohiyatini anglagan holda uni baholay olishdir.
   ayni paytda mediata’lim asoslarini har bir ta’lim muassasa o‘quv dasturiga kiri-
tish, bolalarga maktabgacha ta’lim jarayonida uning asoslarini interaktiv, turli o‘yinlar 
shaklida tushintirish o‘sib kelayotgan avlod tomonidan shiddatli axborot oqimida zaru-
rini tanlash va unga tanqidiy yondashgan holda baholay olish imkonini beradi. Bu esa 
o‘z navbatida yoshlarning kelajakdagi fuqarolik holatini yanada mustahkamlanishi ga, 
jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalarni xolis baholab, to‘g‘ri qaror qabul qila olishi-
ga asos bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim sohasida “Mediata’lim”ni yanada rivojlantirish uchun 
qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv kurslarida, o‘quv rejalaridagi “informatika va 
axborot texnologiyalari” fanidagi mavzularni mediaga oid mavzular bilan boyitish, me-
diakompetentlik tushunchalarini yoritib beruvchi metodik qo‘llanmalar, yaratish hamda 
tinglovchilar va o‘quvchi-talabalarga yetkazish yo‘li bilan erishish mumkin bo‘ladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling