Ilmiy pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari. Reja: Pedagogika fan sifatida: Pedagogika fanining pretmeti


Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi


Download 34.39 Kb.
bet7/8
Sana13.04.2023
Hajmi34.39 Kb.
#1355552
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ILMIY PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METODOLOGIYASI VA METODLARI.

Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi Pedagogika hodisalari va faktlarini tekshirishda maktab qujjatlarini mukammal va chuqur o‘rganmoq lozim. Maktab qujjatlarini tahlil qilishda ta'lim qonuniga amal qilinmog‘i lozim. Maktab qujjatlarini tahlil qilishda o‘quvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini, iqtidorliligini hamda ilg‘or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishini ko‘rsatgan taqdirdagina to‘liq qiymatga ega bo‘ladi.
Bolalar ijodini o‘rganish metodi Maktab o‘quvchilari ijodini hamda ularning turli tuman ishlarini o‘rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli o‘quvchilar aqliy qobiliyatlari, olijanob ahloqiy qiyofalari, estetik didlari, sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. Ta'lim qonunida va milliy dasturida pedagogika fani bolalar ijodining manbaalari va faktorlarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishning to‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib berishga qaratilgan.
Statistika ma'lumotlarini analiz va sintez qilish metodi Pedagogik tadqiqotga kerakli statistika ma'lumotlarini ma'lum bir maqsad bilan sistemali o‘rganish mustaqil O‘zbekistonda fan, madaniyat, ta'lim-tarbiyani taraqqiy etishiga salmoqli hissa qo‘shadi.
Anketa metodi O‘quvchilardan so‘rash usuli bo‘lib, u o‘quvchilar jamoasining ma'lumotlari to‘g‘risidagi kerakli ma'lumotlarni olish uchun ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun va kasbga yo‘llashni belgilash uchun maxsus formada ishlangan bo‘lmog‘i lozim. Anketada ko‘zlangan maqsadga muvofiq savollari bo‘lib, ularni javoblaridan pedagogik natijalar kelib chiqmog‘i lozim.
Hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari. Hozirgi zamon sanoat ishlab chiqarishi fani va texnikasining talab hamda manfaatlari turmushda sinalgan texnika vositalarini, hisoblash matematikasi va kibernetika usullarini maktab ishida va pedagogikada qo‘llanishini talab qiladi. Pedagogik kibernetika o‘quv protsesida o‘qitish, bilim berish jarayonini boshqarishning alohida formasi sifatida o‘ziga xos xususiyatga ega. Shuning uchun pedagogik jarayon bilan ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirish o‘rtasida katta farq bor.

Download 34.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling