Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: abdalova z
-rasm. Yorug’likning parallel, tarqaluvchi va yig’iluvchi dastalari
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdalova Z 2-G fizika optika kurs ishi
10-rasm. Yorug’likning parallel, tarqaluvchi va yig’iluvchi dastalari.
Diafragmalar yordami bilan yorug’lik dastasi toraytirilishi mumkin, ammo uni xohlagancha toraytirib bo’lmaydi nurlar dastasi o’tayotgan diafragmaning teshigi kichraytirila borsa, nurlarning to’g’ri chiziq bo’ylab ketishi tobora buziladi - yorug’lik soya sohasiga o’ta boshlaydi. Biror jismga yorug’lik oqimi tushganda, birinchidan, bu tushuayotgan yorug’likning bir qismi jism sirtidan qaytadi. Bunday hodisa yorug’likning qaytishi deb ataladi. Ikkinchidan, yorug’likning yana bir qismi jismga kirib, uning ichida tarqalishni davom ettirishi mumkin. Bunda, yorug’likning bu qismi jism sirtida o’zining boshlang’ich yo’nalishini o’zgartirishi va jism ichida boshqa yo’nalishda tarqalishi mumkin. Bu hodisa yorug’likning sinishi deb ataladi [13]. Agar tushayotgan va singan yorug’lik oqimlari qo’shilsa, ularning yig’indisi jismga tushayotgan to’la yorug’lik oqitmiga miqdor jihatidan teng bo’ladi. Lekin yorug’likning jism ichida tarqalish jarayonida, u muhitga yutiladi, shuning uchun uning intensivligi tobora kamaya boradi. Bunda yorug’lik energiyasi energiyaning boshqa turlariga, xususan, jismning ichki energiyasiga aylanishi mumkin. Yorug’lik ta’siri ostida jismlarning isishi hammaga yaxshi ma’lum. Qaytgan va singan yorug’likning nisbiy kattaligi bir qator faktorlar: jismning moddasi, jism sirtining holati, yorug’likning tarkibi, tushish burchagi va boshqalar bilan belgilanadi. Yutilish jismni tashkil etgan moddaga va yorug’likning tarkibiga ham bog’liqdir. Shunday qilib, jism sirtiga yorug’lik tushgganda qaytish va sinish hodisalarini, yorug’likning jismdan o’tishda esa yorug’likning yutilish va sochilish hodisasini kuzatish mumkin. Yorug’likning qaytish qonuni. Yorug’likning qaytish qonuni bilan tajribada tanishib chiqaylik. Graduslarga bo’lingan doiraviy disk markaziga yassi ko’zgu PP ni shunday joylashtiraylikki, natijada, nurlar ko’zgu tekisligiga o’tkazilgan SN perpendikulyarning asosiga tushsin (11-rasm). SS ni tushuvchi nur, CS 1 ni esa qaytgan nur deb faraz qilaylik. S nuqta – nurning tushish nuqtasi. Tushuvchi nur SS bilan perpendikulyar SN orasidagi burchak SCN tushish burchagi deb ataladi. Qaytgan nur SS 1 , bilan o’sha perpendikulyar S 1 N orasidagi burchak S 1 CN qaytish burchagi deb ataladi. Tushuvchi va qaytgan nurlar nurning tushish nuqtasidan ko’zguga o’tkazilgan perpendikulyar bilan bir tekislikda yotishi tajribadan yaqqol ko’rinib turibdi. Diskni aylantirib, ko’zguga tushuvchi nurning tushish burchagini o’zgartiramiz, u holda qaytish burchagining ham o’zgarishini ko’ramiz mumkin. Tushish burchagini ham unga muvofiq keladigan qaytish burchagini har safar o’lchab ko’rib, ularning bir- biriga teng ekanligini bilish mumkin [14]. Shunday qilib, yorug’likning qaytishi quyidagi qonunlar asosida yuz beradi: Tushuvchi nur va nurning tushish nuqtasida qaytaruvchi sirtga o’tkazilgan perpendikulyar qaysi tekislikda yotsa, qaytgan nur ham shu tekislikda yotadi. Qaytish burchagi tushish burchagiga teng Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling